Bu metodda shug‘ullanuvchilarning faoliyati qat’iy tarkiblashtirilgan holda tashkil etilib, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- Jismoniy yuklamani qat’iy normallashtirish mashq jarayonida uning dinamikasini to‘la boshqarish, shuningdek, dam olish oraliq vaqtini qat’iy tartibga solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklama bilan almashtirish.
- Qat’iy belgilangan harakat dasturi (harakat tarkibi, ularning o‘zgarishini, takrorlanish va bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishligi). Shug‘ullanuvchilarning faoliyatini boshqarishni yengillashtiruvchi tashqi sharoitlarni, yaratish yoki ulardan foydalanish, mashg‘ulot joyla-rida guruhlarni tuzish va taqsimlash, o‘quv vazifalarini bajarishga, yuklamani miqdorlash, ularning ta’sirini nazorat qilishga imkon beruvchi yordamchi sport anjomlari va boshqa texnik qurilmalardan foydalanish.
Harakatlarga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan mashq metodlari 2 xil bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) bo’lingan - konstruktiv mashq (mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish va keyinchalik yaxlit bajarishga erishish):
2) yaxlit mashq metodi (vaqtincha ayrim detallarni chiqarib tashlab bajarish).
Bo‘lingan konstruktiv mashq metodiga, masalan suvda suzishni o‘rgatish, akrobatik mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish kiradi. Hamma-mizga ma’lumki, mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi. Yaxlit mashq metodida shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish lozim bo‘lgan mashqlar yaxlit o‘rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi soddalashtiriladi. Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: bo‘lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - o‘zgarilishi lozim bo‘lgan mashqlarni oz vaqt ichida shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish mumkin. Salbiy xususiyatlari - qismlab o‘rgatilgan mashqlar yaxlit bajarilishiga erishish uchun qo‘shimcha vaqt sarf qilinadi, yoki bo‘lmasa, ayrim akrobatik mashqlar yaxlit bajarilishiga erishishda qismlar orasida pauza bo‘lishi mumkin. Yaxlit mashq metodining ijobiy xususiyati shuki qo‘shimcha vaqt sarf qilinmaydi. Salbiy xususiyati esa o‘rgatishi lozim bo‘lgan mashqlar oldingi metodga nisbatan ko‘p vaqt talab qiladi. Qismlarga bo‘lingan mashq metodidan harakat uncha buzilmay nisbatan mustaqil elementlarga bo‘linishi mumkin bo‘lgandagina foydalaniladi. Masalan: Erkin usulda suzish texnikasini o‘rganishda bo‘lib tashlash va keyin elementlarni yaxlit qilib birlashtirish quyidagicha sodir bo‘lishi mumkin.
1. suv ustida sirpanish;
2. hovuz qirg‘oqlarida oyoq harakatlarini o‘rganish;
3. sirpanish bilan oyoq harakatlarini qo‘shib bajarish;
4. sayoz joyda tik turib qo‘l harakatlarini o‘rganish;
5. shuning o‘zini nafas olish bilan qo‘shib bajarish;
6. barcha elementlarni birgalikda bajarish.
Yaxlit mashqni bo‘lib bajarish butun harakatlar mohiyatini o‘zgartirishda va ularning tuzilishida jadal foydalanilmoqda.Yaxlit mashq tuzilishi, oldin, odatda, ayrim detallarni chiqarib
tashlash hisobiga soddalashadi, bu detallar keyin o‘rganilayotgan mashqning asosiy mexanizmi bilan asta-sekin birlashadi va uni yaxlit bajarish ko‘rinishida takomillashadi. Masalan, yugurib kelib «qaychi» usulida uzunlikka sakrash texnikasi quyidagi tartibda o‘rganiladi:
1. Qisqa masofadan qadamlab sakrash;
2. Shuning o‘zi, lekin eng baland nuqtaga chiqqan oyoqni qaychi-simon
harakat qilib sakrash;
3. Sakrashga yordamlashadigan taxta yoki tramplindan foydalanib, ko‘tarilish fazasida diqqatni qo‘l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilishiga qaratilgan holda sakrash;
4. O‘rtacha tezlikda yugurib kelib, to‘la usulda sakrash;
5. Yerga tushishga tayyorlanish harakatlariga e’tibor bergan holda sakrash (oyoq oshirib tashlash, qo‘llarni orqaga qilib qaychisimon usulida sakrash).
Harakatga o‘rgatishda asosiy metodlar bilan birga bir qator yordamchi metodik usullardan foydalaniladi. Qoida bo‘yicha agar murakkab harakat butunligicha o‘rganayotgan bo‘lsa, "yaqinlashtirish" deb atalgan mashqlar keng qo‘llanilib, ular asosiy harakatni o‘zlashtirishga, ularni butunlay immitatsiyalash yoki soddalashtirilgan shaklda o‘rganish yo‘lidan foydalaniladi. Harakat faoliyatlarini takomillashtirish bosqichlarida ularning sifatlaridagi o‘ziga xos shakllarni bir paytda yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Bunda asosiy rolni jismoniy sifatlarni harakat tarkibini o‘zgartir-masdan rivojlantiruvchi qo‘shimcha jismoniy yuklamalar sharoitida yaxlit bajariluvchi harakatlar bilan tasniflanuvchi metodlarning ahamiyati katta.