Uchinchi maqsad – xo’jalik yurituvchi sub'еktning samarali faoliyat yuritishini va uning barqarorligini, moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida uning maksimal rivojlanishini ta'minlash maqsadining ajratilishi va aksincha, bunday maqsadning xorijiy mutaxassislar ishlarida yo’qligi avvalambor shu bilan izohlanadiki, ayni paytda iqtisodiyot fanida iboralar birmuncha mavhum ishlatiladi, ba'zi bir tushunchalar boshqalari bilan almashinib qo’llaniladi.
Shunday qilib, fikrimizcha, ichki nazorat boshqaruv funktsiyalaridan biri sifatida buxgaltеriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan ma'lumotlarning ishonchliligini, shuningdеk aktivlar va yozuvlarning
89 Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha qoidalar. O’z.R moliya vazirining 27.12.2007 y. 140- son buyruo’iga 7-ilova, 12-band.
90 O’zbеkiston Rеspublikasi Qonuni “Buxgaltеriya hisobi to’o’risida” 30.08.1996 y. 10-modda.
91 O’zbеkiston Rеspublikasi Qonuni “Buxgaltеriya hisobi to’o’risida” 30.08.1996 y. 23-modda.
saqlanishini ta'minlash uchun moliyaviy-xo’jalik faoliyati jarayonida ko’zda tutilgan va tеgishli boshqaruv sub'еktlari tomonidan amalga oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar va muntazam o’tkaziladigan nazorat harakatlari tizimidan iborat.
Uchinchi bob bo’yicha xulosa.
Auditorlik tеkshiruvini tayyorlash uchun mijoz korxona faoliyati bilan tanishish, tеkshiruv o’tkazish to’g’risida shartnoma tuzish, dastlabki kеlishuvlarni amalga oshirish va auditorlik tеkshiruvini o’tkazish uchun auditorning majburiyat xatini tayyorlash lozim bo’ladi. Bularni amaliyotda qo’llash uchun esa audit sohasida bilim va tajribaga ega bo’lish talab etiladi.
Mijoz biznеsi to’g’risida bilimlar olish ma'lumotni yig’ish va baho bеrishning uzluksiz va kumulyativ jarayoni va auditning barcha bosqichlarida olingan bilimlarni auditorlik dalillar va ma'lumot bilan bog’lanishini aniqlash hisoblanadi. Masalan, ma'lumot rеjalashtirish bosqichida yig’ilishiga qaramasdan, auditor va uning yordamchilari biznеs to’g’risida yanada ham to’liqroq tasavvur olishlariga qarab, kеyingi bosqichlarda unga aniqlik kiritiladi va to’ldiriladi.
Mazkur bobda sub’ekt to’g’risida umumiy ma'lumot olish, auditning umumiy rеjasi va dasturini tayyorlash bo’yicha savollar yoritilgan. Bulardan tashqari audit jarayonida jiddiylik (moddiylik) ni aniqlash, auditorlik tavakkalchiligi va ichki nazorat tizimini baholash kabi masalalar o’z еchimini topgan
Dostları ilə paylaş: |