«Аudit» fаnidаn kursish I mаvzu: Ichki va tashqi audit


Ichki auditni tashkil etishning huquqiy asoslari



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə3/7
tarix20.12.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#76493
1   2   3   4   5   6   7
«Аudit» fаnidаn kursish I mаvzu Ichki va tashqi audit

Ichki auditni tashkil etishning huquqiy asoslari

Ma`lumki, har bir korxona, umuman tadbirkorlik sub`ekti o`zining moliyaviy xo`jalik faoliyatini vaqti-vaqti bilan o`rganib, tahlil qilib, unga baho berishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo`llarini aniqlab, kelgusi ish rejalarini belgilab olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirishda auditorlik xizmatlarining o`rni alohida ahamiyat kasb etadi. Audit auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchilar nuqtai-nazariga ko`ra quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Tashqi audit.
2. Ichki audit.
Tashqi audit- xo`jalik yurituvchi sub`ekt xati va shartnoma asosida boshqa yuridik shaxs, auditorlik firmasi xodimi auditor, yoki auditorlar guruhi tomonidan o`tkaziladi.
Ichki audit - xo`jalik yurituvchi sub`ekt shtat birligida ro`yxatida turuvchi xodim tomonidan audit tekshiruvi o`tkazilishidir.
Xalqaro Ichki Auditorlar Instituti keltirgan ta`rifga ko`ra, “ichki audit - korxona tomonidan uning o z faoliyatini tekshirish va baholash maqsadida tashkil etilgan xizmatdir” 2
«Ichki audit – korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo`linmalari tomonidan O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo`li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma`lumotlarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to liqliligi va ishonchliligini ta`minlash, xo`jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tamoyilari, aktivlarning saqlanishi hamda korparativ boshqarish printsiplari joriy etilishi bo`yicha korxona tarkibiy bo`linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati;
ichki audit xizmati - mazkur Nizom talablari hisobga olingan holda korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo li asi»3
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta i lashga va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo yi ha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funktsiyalari hisoblanadi:
har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq ko`rsatilgan yo`nalishlar bo`yicha tegishli tekshirishlar o`tkazish yo`li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlar bo` yicha);
tuziladigan xo`jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o`tkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda, korxonaning tarkibiy bo`linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo`yicha maslahatlar berish;
texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik, tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o`takazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko`maklashish.


4 Tashqi va ichki audit o`rtasidagi farq, avvalo, ularni amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy va uslubiy shakllarida namoyon bo ladi. Bundan ichki audit doirasida aktivlar saqlanishining to`la nazoratini o`tkazish va mulk egasining mulkiy manfaatlarini himoya qilishdan tashqari, moliyaviy menejment sifati va siyosati ham nazorat qilinadi. Ichki audit tizimi (o`z-o`zini nazorat qilish) shakli AQShda XX asrning 30 yillarida yuzaga kelib, keyinchalik G arbiy Evropa va Yaponiyada tarqalgan. Ichki audit tizimining vujudga kelishiga ishlab chiqarish jarayonida texnologiya yangiliklarining keng ko`lamda qo`llanilishi, ishlab chiqarish samaradorligini ta`minlash maqsadida korxonani boshqaruv vazifasi rahbardan menejer zimmasiga o`tishi, xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi korporatsiyalarning vujudga kelishi va jahon bozorining tashkil topishi kabi omillar asos bo`ldi. Hozirga vaqtga kelib ko`p hollarda ichki auditorlarning funktsiyalari, hatto o`z kompaniyasi tarkibiy bo`linmalari buxgalteriya hisobotlarini tekshirish doirasidan ham chetga chiqadi. Ichki auditorlar korxonaning iqtisodiy siyosati va boshqaruv masalalarida ko`proq ishtirok etmoqdalar. Ichki auditorlar yuqori malakali mutaxassislar bo lib, o`z maqomiga
ko`ra katta vakolatlarga ega. Ularning majburiyatlari doirasiga ko`proq quyidagilar kiradi:

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin