«Аudit» fаnidаn kursish I mаvzu: Ichki va tashqi audit


-chizma. Mikrodarajadagi nazorat tizimi5



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə5/7
tarix20.12.2022
ölçüsü1,34 Mb.
#76493
1   2   3   4   5   6   7
«Аudit» fаnidаn kursish I mаvzu Ichki va tashqi audit

2-chizma. Mikrodarajadagi nazorat tizimi5
Bizga ma`lumki, ichki audit- xo`jalik yurituvchi sub`ektning kuzatuvchi kengashi qarori bilan tashkil etilgan ichki audit xizmati (xo`jalik yurituvchi sub`ekt tarkibiy bo linmasi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki auditni amalga oshirishning muhim sharti- bu buxgalteriya hisobi, statistika va tezkor hisobotlardagi moliyaviy axborot, shuningdek xo`jalik faoliyatining turli tomonlarini aks ettiruvchi, umumlashgan moliyaviy ko`rsatkich larning mavjudligi va qonunga muvofiq yuritilishidir.
Moliyaviy axborot boshqaruv hisobi uchun axborot bazasi bo lib xizmat qilsada, lekin ayonki, faqat u bilan chegaralanib qolmaydi. Shunday qilib, ichki audit quyidagi tarzda o`tkaziladi
Aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv tizimi uchun ichki audit faoliyatini takomillashtirishning zarurligi va afzallik jihatlari quyidagilar bilan izohlanadi;
1) tashqi auditga nisbatan kam xarajatligi;
2) qonunchilikka doimiy rioya qilinishining kafolatlanishi;
3) ichki auditorlar xizmatidan muntazam foydalanish imkoniyati;
4) ichki auditorlarning aksiyadorlik jamiyatidagi vaziyatdan, ish va boshqaruv uslubidan, aksiyadorlik jamiyatida qabul qilingan siyosatdan xabardorligi;
5) auditorlar orqali bo`limlardagi yuqori malakali mutaxassislarning tekshiruvlarga jalb qilinishi;
6) ilg`or texnologiyalar va ish uslubini joriy etishning rag`batlantirilishiga ko`mak beruvchi tizim ekanligi.
Tahlillar ko`rsatishicha, retrospektiv xususiyatga ega bo lgan , auditorlik faoliyati moliyaviy va xo`jalik operatsiyalarini me`yoriy hujjatlarga muvofiq to`g` ri aks ettirilganini tekshirishga qaratilgan bo lib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun etarli emas. Bugungi kunda axborotdan foydalanuvchilar auditorlardan iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun asos bo`la oladigan, aktsiyadorlik jamiyatining holatini aks ettiradigan ma`lumot olishga umid qiladilar. Fikrimcha, bozor munosabatlariga o`tish sharoitida audit jarayoni, yo`nalishi va usuliga ko`ra ikki yo`nalishdagi vazifalarni o`zida mujassam etishi lozim.
Demak , ichki audit xizmatining faoliyati ikki yo`n alishda iborat bo lib, ularning birinchisi, aktsiyadorlik jamiyati faoliyati natijalarini, ikkinchisi, faoliyat samaradorligini baholashdan iborat.
Ichki auditning asosiy vazifasi, aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy hisobotlarning haqqoniylik darajasi hamda risklarni daromadlili darajasi bilan o`zaro bog`liq holda tahlil qilish, aktsiyadorlik jamiyati samaradorligini oshirish maqsadida dasturiy mahsulotlar sifatini huquqiy jihatdan tekshirish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflarni aktsiyadorlik jamiyati boshqaruviga taqdim etishdan iborat.

Ichki audit faoliyatini tashkil qilishning ayrim qirralari xorijiy va respublika olimlari A.K.Makalskaya, V.D.Andreev, A.D.Sheremet va V.P.Suyts, X.N.Musaev, B.Hamdamov, S.Norqobilov, O.Abdusalomov, A.Abdullaev, B.Xasanov va boshqalarning6 ilmiy ishlarida tadqiq qilingan
Aksiyadorlik jamiyatlarida auditorlik faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirishning tegishli tartib-tamoyillari va uslubiyotini takomillashtirish, ichki auditni amalga oshirish shakllari, yo`nalishlari i aniqlash, hamda uning boshqa belgilariga ko`ra tasniflashni taqozo etadi. Tadqiqot ishida aksiyadorlik jamiyatlarida ichki auditning bosqichlaridan kelib chiqqan holda tasniflash belgilari va mezonlari aniqlashtirilgan7.

Ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish, eng avvalo, uning kontseptual asosini yaratish, baholash mezonlarini ishlab chiqish, ichki nazorat tizimi va usulini shakllantirishni taqozo qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ichki audit faoliyati samaradorligini oshirishga audit qo`mitasi, tashqi auditorlar, xodimlar mustaqilligi va malakasiga bo`lgan talablar kabi omillar ta sir ko` rsatadi. Dissertatsiyada ichki audit faoliyatini yuritish majburiy bo`lgan Buyuk Britaniya, Frantsiya va Shveytsariya davlatlari tajribasini o rga ish 7 asosida prof. M.To laxod aeva auditning uslubiyotiga ta`sir qiluvchi omillar guruhini to`g `ri shakllantirilganligi qayd etilgan. Ammo ushbu omillarni amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilmagan. Vaholanki, ularni amaliyotga tatbiq etilishi ichki audit xizmati faoliyatini samaradorligini oshirishga bevosita ijobiy ta sir o rsatadi. Xususan , ichki auditorlik faoliyati standartlarining joriy etilishi ushbu tizimning sifat tamoyillarini takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish va tashqi auditorlarning ish hajmini kamaytirish imkoniyatini yaratadi.


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin