Avtomatik boshqarish tizimlarini


TJABT larni boshqarish obyektlarini murakkabliligi bo‘yicha sinflarga ajratish



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə26/37
tarix08.06.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#61001
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Avtomatik boshqarish tizimlarini

TJABT larni boshqarish obyektlarini murakkabliligi bo‘yicha sinflarga ajratish.
1-jadval


Funksional-algoritmik belgilar bo‘yicha (16.2-jadval), TJABT ning sinflariga binoan, ko‘rilayotgan tizimlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: 1) mantiqiy dasturli boshqarish tizimlari; 2) optimal boshqarish tizimlari; 3) kompleks boshqarish tizimlari. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, TJABT yordamida texnologik jarayonlami avtomatik va avtomatlashtirilgan (odam ishtirokida) ravishda tashkil etish mumkin, uning ishlab chiqarishning ABT sidan prinsipial farqi ham shudir, odam bunda korxonaning iqtisodiy faoliyatini boshqarish zanjirida ishtirok etadi.

Texnologik jarayonlar darajasidagi boshqarish tizimlari real vaqt masshtabida, ya’ni texnologik jarayonlar bilan bir vaqtda ishlashi lozim. Bu holda boshqaruvchi hisoblash mashinasiga (BHM) axborotlar hajmi cheklangan massivlar shaklida emas, balki amalda cheksiz tasodifiy ketmaketliklar shaklida beriladi. Axborotlarni qayta ishlash esa cheklangan vaqt birligida bajariladi, ularning qiymati boshqarish vazifasi va obyektlarning dinamik xususiyatlariga bog‘liq. Bundan TJABT larni algoritmik ta’minlashda qo‘shimcha talablar vujudga keladi: ular o ‘zlarini iqtisodiy jihatdan oqlashlari lozim, ya’ni birinchidan, axborotni qayta ishlashga ketgan vaqt b o‘yicha, ikkinchidan esa BHM ning xotirasidan foydalanish hajmi bo‘yicha, boshqacha qilib aytganda kelayotgan axborotni o ‘z vaqtida ,,ko‘rib chiqish“ kerak. Bu talablarga iterativ siklik hisoblash (staxostik approksimatsiya yo‘li bilan hisoblash, rekursiv regressiya yo‘li va shu kabilar) usuli javob beradi. Ulardan quyidagi masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin: 1) texnologik nazorat va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash vazifalarini o‘rganganda kerakli foydali signalni ajratib olish; 2) ko‘p o‘lchashli, raqamli boshqirishda; 3) identifikatsiyalash va adaptatsiyalashda; 4) optimallash va koordinatlashda. Texnik darajasi va murakkabligining ortishiga qarab TJABT ni lokal, kompleks va integrallangan tizimlarga ajratish mumkin. Lokal TJABT — kam sonli bir turli asosiy yoki yordamchi amallar texnologik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (apparat, qurilma, agregat). Bu oraliq bosqich bo‘lib, u yanada murakkab tizimga o‘tishi lozim. Bunday tizimlar avtomatik ravishda bajargan vazifalarining kamligi bilan xarakterlanadi va bunda TJABT ning 0, 1,2- sinflarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Kompleks TJABT. Bular asosiy va yordamchi texnologik jarayonlaming lokal avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining birligidir, ular o ‘zaro yagona agregatli va umumiy simvol bilan bog‘langan (masalan, bo‘lim, ishlab chiqarish, qismlarning ABT). Mezonlar, odatda texnologik yoki texnik-iqtisodiy xarakterga ega. Bu tizimlarni qandaydir tayyor mahsulot ishlab chiqarishda 3 va 4- sinf TJABT larini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Integrallangan TJABT. Bular murakkab va turli xil asosiy hamda yordamchi jarayonlaming avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari bo‘lib, bunda, asosan, 4 va 5- sinf TJABT larini qo‘llash maqsadga muvofiq. Shuningdek, EHM larda tizimning matematik ta’minotini yaratganda, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda va texnologik jarayon hamda texnologik komplekslarni to ‘la optimallashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar ishlab chiqarish bo‘limlarining ishini tahlil qilib, uning kelgusidagi rivojlanishini belgilaydi.
TJABT lar murakkab, ko‘p funksiyali tizimlar turiga kiradi. Bu sinfning ko‘p funksiyaliligi qator omillar bilan ifodalanadi, ya’ni: identifikatsiyalash, nazorat, himoya va blokirovka, rostlash va boshqarish kabi ayrim funksional yordamchi tizimlarning borligi; lokal, ayrim boshqarish masalalarining umumiy, global maqsadga bo‘ysunishining natijasi; yordamchi tizimlar orasidagi (ko‘p sonli aloqalarning borligi; ayrim obyektlarni boshqarishning markazlashuvi va, nihoyat, turli funksiyalarni bajarishda bir xil texnik vositalardan foydalanish imkoniyati mavjudligidir. TJABT lar bajargan funksiyalarni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin: axborot, boshqaruv va yordamchi. TJABT laming axborot funksiyalari ishlab chiqarish xodimlariga (operatorlar, dispetcherlarga) texnologik jarayonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o ‘z vaqtida bilishga imkoniyat yaratadi, texnologik jarayonlarning ketishi aniq axborotlar ishlab chiqishda keraksiz mahsulotlar kamayishiga olib keladi. TJABT ladling axborot funksiyalari quyidagicha: 1) texnik va texnologik axborotlarni to‘plash, dastlabki ishlash va saqlash; 2) jarayon va texnologik uskunalar holatining parametrlarini bilvosita o ‘lchash; 3) texnologik jarayon va uskunalar parametrlarining holatini belgilash hamda signal berish; 4) texnologik jarayon va texnologik uskunalarning ishlashi haqida texnik-iqtisodiy va foydalanish ko‘rsatkichlarini hisoblash; 5) yuqori va qo‘shni tizimlarga hamda boshqarish bosqichlariga axborotni tayyorlab berish; 6) texnologik jarayon parametrlari, texnologik uskunaning holati va natijalarni qayd qilish; 7) jarayon parametrlari va uskunalar holatida berilgan qiymatdan farqlarini nazorat qilish; 8) texnologik uskunalarning himoya va blokirovka vositalari ishini tahlil etish; 9) texnik vositalar komplekslari holatini diagnoz qilish va oldindan aytish; 10) texnologik jarayonlarni olib borish, shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun axborot va ko‘rsatmalarni operativ ravishda tayyorlash; 11) yuqori bosqichli va qo‘shni boshqarish tizimlari bilan axborotning avtomatik almashinishini ta’minlash. Texnologik jarayonni bevosita boshqarish masalasi TJABT larning boshqarish funksiyasini tashkil qiladi. Bunda boshqarish ta ’sirlari operatorning ishtirokisiz avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin, yoki operatorga ma’lum bir ko‘rsatmalar ko‘rinishida berilishi (bularni operator qabul qilishi yoki rad etishi mumkin), yoxud operator ko‘rib chiqqandan so‘ng avtomatik tarzda ta’sir etishi mumkin. TJABT laming boshqarish funksiyalari quyidagilardan iborat: 1) texnologik jarayonning ayrim parametrlarini rostlash; 2) bir marotaba mantiqiy boshqarish (himoya, blokirovka qilish); 3) kaskadli rostlash; 4) ko‘p aloqali rostlash; 5) diskret boshqarishda dasturli va mantiqiy amallarni bajarish; 6) texnologik jarayonning turg‘un holatini optimal boshqarish; 7) texnologik jarayonning noturg‘un holati va uskunalar ishini optimal boshqarish; 8) boshqarish tizimini moslashtirgan holda butun texnologik obyektni optimal boshqarish. TJABT larning yordamchi funksiyalari quyidagilardan iborat: 1) tayyor mahsulot ishlab chiqarishda smena va kunlik vazifalarga operativ o ‘zgarishlar kiritish; 2) hisoblash masalalarini hal etish; 3) texnologik uskunalarning to ia ishlashini nazorat qilish; 4) tizimdagi g‘ayritabiiy vositalarni oldindan ko‘rsatish; 5) yuqori bosqich tizimlar bilan aloqani ta’minlab berish; 6) tizimning texnologik vositalar buzilishini oldindan ko‘rsatish.



Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin