TJABT ning axborot bilan ta’minlanishi
Avtomatik yoki avtomatlashtirilgan rejimda texnologik jarayonlarni boshqarishda axborotni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va foydalanishni tashkil qilmasdan iloji yo‘q. TJABT ning funksional vazifasi axborot tarkibini va yordamchi tizim lar orasidagi axborotli bogianishlarning xarakterini belgilaydi. 16.3- rasmda TJABTning axborot tarkibini ifodalovchi soddalashtirilgan sxemasi berilgan. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, TJABT tarkibida boshqaruvchi yordamchi tizim, texnologik jarayon operatorlari va texnik vositalar bilan birgalikda ishlaydigan mustaqil yordamchi axborot tizimi ham bor. Texnologik jarayonning ketishi haqida axborot o‘lchov o‘zgartkichlari orqali yordamchi axborot tizimiga kiradi, u esa o ‘z navbatida operatorlarga va boshqaruvchi yordamchi tizimlarga uzatiladi. Ular o‘zlaridagi boshqarish algoritmlari asosida tegishli boshqarish ta ’sirlarini ishlab chiqadi. Avtomatlashtirilgan boshqarish rejimi operatorlar orqali oshiriladi. TJABT ni axborot bilan ta’minlash muammosi quyidagi masalalarni yechishga bogiiq: 1) boshqarish obyektlarini bir xil ko‘rinishga keltirish maqsadida axborotning yetarli hajmini aniqlash; 2) axborotning ishonchliligini ta’minlash va uni yechish usullarini isbotlash;
8- rasm. TJABT ning axborot tarkibini ifodalovchi soddalashtirilgan sxemasi.
3) inson — mashina tizimida axborot almashishni tashkil etishda vazifalarni taqsimlash; 4) axborotni yig‘ish, saqlash va berish. Agar axborot turlari faqat bir avtomatlashtirilgan qayta ishlash tizimi bilan bogiangan boisa, boshqarish jarayoni ratsional boiadi. Zarur boigan birlamchi axborotning hajmi ko‘p emas, lekin u TJABT lar uchun yetarli boigan ikkilamchi ko‘rsatkichlar tizimi uchun kifoya boiishi lozim. Bu usul bir marta yaratib va axborot massivlaridan ko‘p marotaba foydalanish prinsipi sifatida ma’lum; boshqacha qilib aytganda, bir marta qayd qilingan axborot turli boshqarish vazifalarida foydalanilishi mumkin. Zarur boigan axborot hajmini aniqlash kerak boiganda texnologik jarayon matematik ifodasining qabul qilingan tarkibini bilish lozim. Obyekt holatini bir xil ko‘rinishga keltirish va zarur boigan axborot hajmini aniqlash uchun axborot statistik usullarni yoki hozirgi zam on boshqarish nazariyasida qoilaniladigan kuzatish va boshqarish tushunchalarini ishlatish asosida hal etiladi. TJABT ning normal ishlashi hisoblash mashinalari va boshqarish masalalaridan foydalanishdagi axborotning ko‘rinishiga bogiiq. Boshqarish obyekti haqida EHM xotirasida saqlanayotgan birlamchi axborotning to ‘g‘riligi birinchi navbatda texnologik jarayon fizik parametrlarining oichash xatoliklariga bogiiq. Hozirgi paytda aniqlik masalasini hal etishda ikki yo‘nalish mavjud: 1) oichov chizmalarida fizika, kimyo va boshqa fan yutuqlari asosida ishlab chiqilgan yuqori aniqlikka ega boigan elem entlarni ishlatish, shuningdek, oichaydigan qurilma tavsiflarini stabillash usullari tarkibini mukammallashtirish; 2) tizimlar doirasida m a’lumotlar ishonchliligini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish (filtrlash, ishonchlilik ustidan nazorat o‘rnatish, asboblar xizmatini optimallash, modellarni to‘g‘rilash va boshqalar). Birinchi yo‘nalish sezilarli darajada mablag‘ va mehnat talab qiladi. TJABT larda hisoblash m ashinalarining borligi ikkinchi yo‘nalishni tanlashga sharoit yaratib beradi. Bunda, aniqlikni oshirish axborot-oichov tizimiga yangi qurilmalar kiritish yoki xizmatdagi yangi usullarni qoilash hisobiga emas, balki axborotni qayta ishlovchi yangi algoritmlar hisobiga erishiladi. Nazoratning unifikatsiyalashgan algoritmi va birlamchi axborotning aniqligini tiklash usulini qoilash keng axborot tizimini, TJABTning m aium algoritmlarini tuzishni sezilarli darajada tezlashtiradi. Algoritmda avtomatlashtirilgan nazoratni qoilash xatolarni dastlabki m aium otlarda, shuningdek, EHMga kiritilganda (masalan, perforatsiyalashda) aniqlashga imkon beradi. Shuning uchun ham bu usul ancha samarali boiib, m aium otlarni qayta ishlashga ketadigan mehnat xarajatlarini kamaytiradi. Dastlabki axborotning ishonchlilik masalasi shovqinli filtrlash, oichash xatolarini topish kabi statistik usullar bilan hal etiladi. Bu muammolarni muvaffaqiyatli yechish nazorat testlarining to ia kompleksini yaratish va tekshirish, profilaktika ishlarining reglamentini tuzishga bog‘liq. Operatorga berilayotgan ma’lumotning hajmi va xarakteri avtomatlashtirish darajasi va inson bilan avtomatik vositalar orasida vazifalarning taqsimlanishi bilan belgilanadi. M a’lumot tizimining operatoriga taxmin va qaror chiqarish uchun yetarli bo‘lgan texnologik jarayonning borishi haqida hamma ma’lumotlar beriladi. Avtomatlashtirilgan tizimlarda operator dastlabki ma’lumotni qayta ishlash vazifasidan ozod etiladi, buni hisoblash mashinasi bajaradi. Boshqarish tizimida operatorga faqat texnologik jarayonning yoki ABT texnik vositalarining anomal holati haqida ma’lumot beriladi. Operator olingan m a’lumotni taxmin qiladi, anomal vaziyat sabablarini aniqlaydi va avtomatik tizimning ishini nazorat qiladi. Operator va hisoblash mashinasi o‘rtasidagi aloqa boshqarish tizimida eng samarali bog‘lanish bo‘lib, u elektron-nur trubkali ekran pultlari orqali amalga oshiriladi va bunda m a’lumotni kodlashning barcha usullaridan (harf-raqamli belgilar, shakl, rang, yorug‘lik, o‘lcham) foydalanishga imkon bo‘ladi. Operator bilan avtomatik qurilmalar o‘rtasida m a’lumot almashishni tashkil etishda m a’lumotni taqsimlash, mashinaga kiritilgan ma’lumot samarali shakllarini qidirish kabi masalalarni hal etish kerak. 16.6-§. TJABT NING MATEMATIK TA’M INOTI TJABT ni joriy etish boshqarish-hisoblash mashinalarini ishlatishni nazarda tutib, ularning konkret rusumlariga qarab mashina algoritmlari, dasturlar va ularning ifodalari yaratiladi. TJABT ni loyihalashning muhim bosqichlaridan biri texnologik jarayonlarni algoritmlash, ya’ni tizimning matematik ifodasini bir necha bosqichda yaratishdir. Bu quyidagilardan iborat: 1) texnologik jarayon va uning borishini ta ’minlovchi omillarni o ‘rganish; 2) texnologik jarayonning avtomatlashtirilgan boshqarish masalasini qo‘yish; 3) texnologik jarayonning matematik modelini, boshqarish algoritmini m a’lum BHM ga tatbiqan yaratish. TJABT ning matematik ta’minotini ifodalovchi quyidagi o‘zaro bog‘- langan texnik hujjatlarning komplektini olish lozim: 1) boshqaruv obyektining matematik modeli; 2) boshqaruv algoritmining blok-sxemasi; 3) masala yechimiga qaratilgan matematik va mantiqiy amallar ketmaketligini ifodalovchi algoritmning umumiy ko‘rinishi; 4) konkret BHM ning xususiyatlarini e’tiborga oluvchi mashinaning algoritmi; 5) algoritm tilida, avtokoda yoki shartli adresdagi dasturlar; 6) real adresli mashina kodida ishchi dasturlar va dasturlarning bayoni. TJABT larning m atem atik ta ’m inotini ishlab chiqish iqtisodiy m a’lumotni qayta ishlovchi dasturlar to‘plamini ham o ‘z ichiga oladi. Kelajakda dasturlar kompleksining universal turlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Masalaga bunday yondashish dasturlash xarajatlarini kamaytiradi. TJABT ni ishlab chiqish va joriy etishni tezlatish hamda matematik ta’minotdan foydalanish tizimini oshiradi. TJABT ning matematik ta’minotini ikki guruhga bo‘lish mumkin: tashqi matematik (funksional dasturli) va ichki matem atik (standart dasturli) ta’minot. Ichki matematik ta’minot standart hisobli algoritmik va dasturlar to‘plamidan iborat bo‘lib, boshqaruv-hisoblash kompleksining faoliyatini ta’minlaydi. Ular har bir mashinalar sinfi uchun markazlashgan tarzda yaratiladi va konkret hisoblash mashinasining ajralmas qismi hisoblanib, m a’lum TJABT larning xususiyatlariga bog‘liq emas. Tizimning tashqi matematik ta’minoti o‘zaro bog‘langan algoritm va dasturlar to ‘plamidan iborat boTib, TJABT ning konkret vazifasi va masalalarini hal etadi. Tizimning ba’zi bir vazifalarini maxsus qurilmalar yordam ida apparatli hal etish mumkin, bu holda ularni hisoblash mashinasidagi dasturga kiritishning ehtiyoji yo‘qoladi. Tizimning matematik ta’minoti m a’lum rivojlanish xarakteriga ega bo‘lib, o‘z tarkibiga quyidagilarni kiritadi: ma’lum darajada universal bo‘lgan dasturlar; BHM kutubxonasiga kiruvchi standart dasturlar, shuningdek, m a’lum TJABT uchun dasturlar. Shu bilan birga universal dasturlar va ularga qo‘yiladigan talablarga binoan tizimning matematik ta’minoti oldida masalalar sinfini aniqlash muammosi turadi. Muammolarning boshqa bir sinfi standart dasturlar ta’minotiga kiruvchi algoritmik tillar to ‘plammi aniqlashdir. Konkret TJABT ning tashqi matematik ta’minoti yaratilguncha tizim hal qiluvchi masalalarning matematik ta’rifi aniqlangan, texnologik jarayonlarning matematik bayoni tuzilgan va uning mosligi baholangan bo‘lishi, shuningdek, kirish ma’lumotlarining aniqlanishi baholari olingan bo‘lishi lozim. Texnologik jarayonlarni algoritmlash dastlabki va oxirgi bo‘ladi. Dastlabki algoritmlash masalalari quyidagilar: jarayonning algoritmik tarkibini o ‘rganish; boshlang‘ich matematik model va optimallash algoritmini yaratish; ishlab chiqarish sharoitida algoritmlarni sinovdan o‘tkazish; kutilgan iqtisodiy samarani baholash, boshqarishning hisobli texnik vositalarini dastlabki tanlash. Bu masalalarni hal qilishda texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan tizimini ishlatishga tayyorligi aniqlanadi, mavjud nazorat qilish va rostlash tizimlarini takomillashtirish yo‘llari belgilanadi, TJABT ni yaratish uchun ishlar tartibi o‘rnatiladi. Oxirgi algoritmlash masalalari quyidagicha: texnologik jarayonlarni chuqur o ‘rganish, dastlabki matematik model va optimallash algoritmini to ‘g‘rilash; texnik vositalarni uzil-kesil tanlash, yaratilgan tizimning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Dastlabki va oxirgi algoritmlash bosqichlarida qo‘shimcha maiumotlami olish natijasida modellaming tarkibi va murakkabligida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Obyektning dastlabki matematik bayoni yaratilishida jarayonning statik va dinamik tavsiflari tadqiq etiladi, optimal rejimlar aniqlanadi, turg‘unlik vazifalari o‘rganiladi, dastlabki modelni soddalashtirishning turli variantlari ko‘rib chiqiladi. Oziq-ovqat sanoatida TJABT larni yaratish deganda tizim parametrlarining o‘zaro bogianishi va o‘zgarish qonuniyatini ko'rsatuvchi tizimning matematik bayonini yaratish, m a’lumot oqimining tahlili va boshqarish masalalarini yechish usullarini ishlab chiqish tushuniladi. TJABT larni tatbiq etishga oid masalalami hal etishda oziq-ovqat sanoatidagi texnologik jarayonlar xususiyatlarini o ‘zida mujassamlashtirgan matematik apparatlar zarurdir. Ierarxiya bosqichidagi quyi yordamchi tizimlar uchun oziq-ovqat ishlab chiqarishining ayrim texnologik jarayonlarini matematik modellash yordamida oziq-ovqat sanoatining texnologik jarayonlarini tadqiq etish — matematik modellar algoritmlarining hisoblarini ishlab chiqish va optimal boshqarish parametrlarini ajratish, shuningdek, turli tuzilishdagi apparatlar samaradorligini baholaydigan standart dasturlar kutubxonasini yaratish demakdir. Yuqori bosqichdagi yordamchi tizimlar uchun texnologik tizimni to ‘la o ‘rganish va tadqiq etish lozim; ayrim jarayonlarning tavsiflarini aniqlash esa murakkab texnologik tizimlarni boshqarishning umumiy vazifasidan kelib chiqishi kerak. Hozirgi vaqtda oziq-ovqat sanoatida hisoblash va boshqarishning ilmiy asoslangan usullari yaratilmagan. Ayrim apparatlarning tavsiflarini aniqlashda ularning o‘zaro bogianishi va o‘zaro ta’siri hisobga olinmaydi. Natijada loyihalangan tizimlar optimal rejimdan ancha uzoqda ishlaydi. M asalaga um um iy m aqsad va texnologik chizm a ayrim elementlarining o‘zaro bogianishlarni hisobga olib yondashish maqsadga muvofiq. Bu tizim ning samarali ishlashi texnologik chizm a ayrim elem entlarining, tizim ning samarali ishlashi, texnologik chizmaning tonologik tarkibi bilan belgilanadi. Texnologik tizimning tarkibiy tahlilini faqat ayrim apparatlarning matematik modellari asosida bajarib bo‘lmaydi. Jarayon parametrlarining tashqi va ichki funksional aloqasini texnologik apparatlar kompleksini bir butun deb qaralgandagina ochish mumkin. Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi texnologik komplekslarning optimal ishlashi boshqarishning yuqori sifatli boiishini talab etadi. Kimyo va oziqovqat korxonalarida apparatlarning ishchi parametrlari kritik nuqtaga yaqin boiishi kam uchraydigan hoi emas, eng yaxshi ish sharoiti esa kam turg‘unlik zaxirasiga ega boigan jarayonning statsionar holatiga yaqin. Shuni qayd qilish kerakki, ayrim apparatlarning matematik modellaridan murakkab texnologik tizimlarning modellariga o‘tilganda yangi muammolar kelib chiqadi. Xususan, ular ierarxiyaning ikkinchi bosqichidagi masalalarning o‘lchamlarini kamaytirish bilan bog‘liq. Shuning uchun, isbotlangan va dekompozitsiyaning samarali usullarini yaratish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |