Avtomatlashtirish va boshqarish


Optiko-akustik gazanalizatorlar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə178/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Optiko-akustik gazanalizatorlar
Optiko-akustik gazanalizatorlar ish prinsipi analiz qilinayotgan komponentning ma’lum to’lqin uzunligining nurlanish energiyasini tanlanma yutilishiga asoslangan, bunda bu yutulishning intensivligi gaz aralashmasidagi analiz qilinayotgan komponent konsentratsiyasiga bog’liq. Bu bog’liqlik quyidagi munosabat bilan ifodalanadi:
Iλ=Iexp (-ελCί),
Bu yerda I—gaz yutuvchi qatlamiga kirishdagi nurlanish intensivligi, Iλ — huddi shu gaz qatlamidan o’tgandan so’ng, ελ—analiz qilinayotgan komponent gaz aralashmasi va to’lqin uzuligi uchun xaraterli bo’lgan, yutilish koeffitsienti, λ; S— gaz aralashmasidagi analiz qilinayotgan komponent konsentratsiyasi; ι — yutuvchi qatlam qalinligi.
Havo namligini o’lchashda psixrometrlarning turli variantlari va shudring nuqtasi bo’yicha namlikni aniqlash ko’p tarqalgan. Psixrometrik usul havo namligi va temperaturaning quruq tc va ho’l tm ko’rsatkichlari orasidagi bog’liqlikka asoslangan. Psixrometrlarning qo’llanilishida tc- tm “psixrometrik farq” ahamiyati nafaqat havoning nisbiy namligiga balki namlikning bug’lanishi hisobiga ho’l termometrning sovish intensivligini aniqlab beruvchi psixrometr konstruktsiyasiga ham bog’liq. Shuning uchun psixrometrik jadvallar faqat aniq turdagi psixrometrlar uchun tuzilishi mumkin.
Namlikni shudring nuqtasi usuli bilan o’lchash aniq usullardan biri hisoblanadi, va ishlab chiqarishda keng tarqalgan. Bu gigrometrlar temperatura, bosim va havo namligi bo’yicha keng qo’llanilish chegarasiga ega. Biroq ular konstruktsiyasining murakkabligi bilan farqlanadi, yana oyna yuzasi holatining o’lchash natijaga ta’siri bilan ham.

Gazanalizator turlari.
Gazoanalizatorlar –gaz aralashmasidagi bir yoki bir nechta komponentlarning tarkibini o’lchovchi asboblardir. Har bir gazoanalizator normallashtirilgan sharoitdagi konkret gazaralashmasi muhitida faqat ma’lum komponentlar konsentratsiyasini o’lchash uchun mo’jallangan. Alohida gazoanalizatorlar qo’llanilishi bilan bir qatorda shunday o’nlab asboblarni birlahtiruvchi gaz nazorati sistemalari yaratiladi. Asbob qo’lda boshqariladigan yoki avtomatik bo’lishi mumkin.
Gazoanalizatorlar turiga qarab quyidagicha sinflanadi: pnevmatik, magnit, elektrokimyoviy, yarimo’tkazgichli va boshqalar.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin