Avtomatlashtirish va boshqarish


Diffuziya gazoanalizatorlari



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə179/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Diffuziya gazoanalizatorlari
O’lchash prinsipi
Diffuziya gazoanalaizatorlarining ish prinsipi modda konsentratsiyasining gradienti ta’sirida moddaning ko’chishi jarayoniga asoslangan. Bu ko’chish moddaning bir biriga tegishi yoki qattiq modda ichidan o’tishida sodir bo’ladi. Modda ko’chish jarayoni molekulalarning xaotik issiqlik harakati bilan modda konsentratsiyasining kamayish yo’nalishi va bunga olib keluvchi egallanadigan hajmga tekis yoyilish bilan bog’liq.
Ikkita gaz hajmlarining o’zaro diffuziyasida ko’p komponentli aralashma komponentlari erkin diffuziyasi oldindan 3-4 marta aralashtirilgandan so’ng kuzatiladi.
Prinsipial sxema

1-rasmda vodorod konsentratsiyasining membranali diffuziya analizatori ko’rsatilgan. Bu analizatorda 1 va 2- kameralar kumush qotishmali yupqa membrana bilan ajratilgan. Analizatorning analitik qurilmasi 45° C da termostatlashadi, doimiy hajmiy sarfli kamera 2 orqali tarkibida vodorod bo’lgan analiz qilinayotgan gaz haydaladi, kamera 1 dan esa oldin kamera 4 dan o’tuvchi yordamchi gaz haydaladi. O’lchovchi RI kamera 1 da va solishtiruvchi termorezistorlar kamera 4 da joylashgan. Bu termorezistorlar muvozanatsiz ko’prik 5 ga ulanadi va termokonduktometrik detektorni hosil qiladi. Analizatorning ishlash jarayonida membrane orqali kamera 2 dan kamera 1 ga faqat vodorod diffuziyalanadi. Vodorod yordamchi gazga qo’shiladi va o’lchov termorezistori RI ni yuvib turuvchi gaz oqimining issiqlik o’tkazuvchanligini o’zgartiradi. Bu o’I yozuvchi potensiometr 6 orqali o’lchanuvchi va registratsiya qilinuvchi muvozanatsiz ko’prik 5 signalining o’zgarishiga olib keladi.



Munosabatlar va tenglamalar.
Membrana orqali o’tuvchi gaz oqimi kam bo’lganda analizxator signali quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

Bu formulada : DM - aniqlanayotgan component diffuziya koeffitsienti, membrane orqali.


S va   – membrananing maydoni va qalinligi;
 - membrane orqali o’tuvchi gaz issiqlik o’tkazuvchanligi;
KD – analizator o’zgarish koeffitsienti.
Bunga muvofiq analizator signali analiz qilinayotgan ko’p komponentli gaz aralashmasidagi vodorod konsentratsiyasi orqali aniqlanadi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin