Avtomatlashtirish va boshqarish


Vaznli zichlik o‘lchash asboblarining ishlash prinsipi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə63/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Vaznli zichlik o‘lchash asboblarining ishlash prinsipi
Nazorat qilinayotgan suyuqlikning ma'lum bir doimiy hajmining vaznini uzluksiz o‘lchab turishga asoslangan.
Toza suyuqliklar zichligi o‘lchashdan tashqari vaznli zichlik o‘lchagichlar suspenziya va tarkibida qattiq moddalar bo‘lgan suyuqliklar zichligini o‘lchashda ham ishlatiladi.
27,1- rasmda pnevmatik o‘zgartkichli vaznli zichlik o‘lchagichning prinsipial sxemasi keltirilgan. Suyuqlik rezina tarnov va metall silfonlari 6 bo‘lgan sirtmoqsimon quvur 1 dan o‘tadi. Sirtmoqsimon quvur pnevmoo‘zgartkichining to‘sig‘i 2 bilan bog‘liq. Suyuqlik zichligi oshganda sirtmoqsimon quvurning vazni ortadi va u pastga harakatlanadi, soplo 3 bilan to‘siq 2 oralig‘i kichrayadi, o‘zgartkichdagi bosim ko‘tariladi.

Unifikatsiyalangan pnevmatik signal kuchaytirgich 4 orqali silfon 5 ga uzatiladi (teskari aloqa). Silfondagi bosim suyuqlik zichligining o‘zgarishiga mutanosib o‘zgaradi va shkalasi zichlik birligida darajalangan ikkilamchi asbob bilan o‘lchanadi. Asbob suyuqlikning zichligini sirtmoqsimon quvur to‘ldirilayotgan paytdagi amaliy haroratda o‘lchaydi.

Vaznli zichlik o‘lchagichlarning afzalligi sirtmoqsimon quvur kesimining doimiyligi va quvurdan suyuqlikning katta tezlikda o‘tishidir. Bu esa suyuqlik tarkibidagi qattiq jismlarning sirtmoqsimon quvur tubiga (devorlariga) cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sanoatda 500...2500 kg/m3 o‘lchash chegaralariga mo‘ljallangan vaznli zichlik o‘lchagichlar chiqariladi: O‘lchashdagi asosiy xatolik ±2%.
27,2- rasmda Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari yaratgan zichlik o‘lchagichning sxemasi keltirilgan.
U korpus va o‘lchash asbobi 2 dan iborat. Korpus nazorat qilinayotgan suyuqlik solingan kamera 3, bufer suyuklik bilan to‘ldirilgan oraliq kamera 4 va pnevmoo‘zgartkich vazifasini bajaradigan kamera 5 dan iborat. Zichligi o‘lchanayotgan suyuqlik kamera 3 ga kirish shtutseri 6 orqali to‘xtovsiz kelib turadi va undan chiqish shtutseri 7 orqali chiqib ketadi, bu esa kamerada suyuqlikning bir sathda turishini ta'minlaydi. Oraliq kamera 4 idish 3 tubi 8 ning siljishini kuzatish uchun mo‘ljallangan, u bikr markazli elastik membrana 9 dan iborat, markaz kamera 4 ning tubida o‘rnatilgan. Kamera 5 soplo 10 bilan jihozlangan. Siqilgan havo naycha 11 orqali kamera 5 ga doimiy drossel 12 orqali kiradi. Membrananing bikr markazi soplo 10 ning to‘sig‘i rolini o‘ynaydi. Membrana 8 ning suyuqlik vazni (zichligi) ga bog‘liq bo‘lgan ciljishi oraliq kamera 4 orqali membrana 9 ga beriladi, bu membrana siljib soplo 10 ni berkitadi. Kamera 5 dagi havo bosimi o‘lchash asbobi 2 yordamida nazorat qilib turiladi va suyuqlikning zichlik o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
Membrana-vaznli zichlik o‘lchagich o‘lchash sezgirligi va aniqligini oshirishga imkon beradi.


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin