TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
Analiz qilish; kimyoviy gaz analizatori; elektr-kimyoviy gaz analizatori; termokimyoviy gaz analizatori; xromatografik gaz analizatori; termokonduktometrik gaz analizatori; termomagnit gaz analizatori; absorbsion-optik gaz analizatori; eritmalaming tarkibini analiz qilishning konduktometrik, optik, potensiometrik usullari; zichlik o'lchagichlari; psixrometrik, shudring nuqtasi, sorbsion, sig'imli, absorbsion, konduktometrik, dielkometrik, o'ta yuqori chastotali, optik namlik o'lchagichlar.
Nazorat savollari
Gaz aralashmalari tarkibini analiz qilishning qanday usullarini bilasiz?
Termokimyoviy, termokonduktometrik, termomagnit gaz analizatorlarining ishlash prinsipini tushuntiring.
Kimyoviy va elektrokimyoviy gaz analizatorlarining bir-biridan farqi nimada?
Xromatografik, absorbsion-optik gaz analizatorlarining ishlash prinsipini tushuntirib bering.
Eritmalaming tarkibini analiz qilishning konduktometrik, optik, potensiometrik usullarini tushuntirib bering.
Sanoatda gaz aralashmalari va eritmalaming tarkibini analiz qilishda qanday muammolar mavjud?
Suyuqliklar zichligini o'lchash usullarini izohlab bering.
Qalqovichli, vaznli, gidrostatik, radioizotopli zichlik o'lchagichlarining ishlash prinsipini tushuntiring.
Suyuqliklarning qovushqoqligini o'lchash usullarini izohlab bering.
Kapillar, erkin tushuvchi zoldirli, tebranishli, aylanma momentli viskozimetrlarning ishlash prinsipini tushuntirib bering.
Ma'ruza №27.
Zichlik o‘lchash tizimlari.
Zichlik to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar
Reja:
Zichlik o‘lchash tizimlari.
Zichlik to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar
Vaznli zichlik o‘lchash vositalari.
Qalqovichli zichlik o‘lchash vositalari.
Moddalarning zichligi texnologik mahsulotning sifatini ba'zi hollarda esa tarkibini ham xarakterlovchi asosiy parametrlardan hisoblanadi. Zichlikni avtomatik o‘lchash asboblari kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlaridagi bir qator jarayonlarni avtomatlashtirishdagi muhim vositalardan hisoblanadi. Masalan, bug‘latuvchi qurilmalar, absorber, distillyasion, rektifikatsion va boshqa uskunalarni nazorat qilish hamda boshqarishda zichliklarni uzluksiz o‘lchab turilishini talab qiladi. Ba'zi ishlab chiqarishda suyuqliklarning zichligi erigan modda konsentratsiyasini aniqlash maqsadida o‘lchanadi.
Modda massasining hajmiga nisbati zichlik deyiladi, ya'ni
, (27,1)
bu yerda — zichlik, kg/m3; m — moddaning massasi, kg; V — moddaning hajmi, m3.
Suyuqlikning zichligi haroratga bog‘liq va normal (20°S) haroratda quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
ρ20=ρt[1-β(20-t)] , (27,2)
bu yeda pt —suyuqlikning ish haroratidagi zichligi, kg/m3; β—suyuqlik hajmiy issiqlik kengayishining o‘rtacha koeffitsienti, 1/°S; t —suyuqlikning harorati, °S.
Sanoatda suyuqlikning zichligini o‘lchash uchun qalqovichli, vaznli, gidrostatik va radioizotopli zichlik o‘lchagichlar ko‘p qo‘llaniladi
Dostları ilə paylaş: |