Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə64/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Nazorat savollari
  1. Zichlik deb nimaga aytiladi?


  2. Zichlikni avtomatik o‘lchash asboblari kayerlarda muhim vositalardan hisoblanadi?


  3. Sanoatda suyuqlikning zichligini o‘lchash uchun nimalar qo‘llaniladi?


  4. Vaznli zichlik o‘lchash asboblarining ishlash prinsipini tushuntiring?


  5. Vaznli zichlik o‘lchagichlarning afzalligi nimadan iborat?


  6. Vaznli zichlik o‘lchagichlarning kamchiligi nimadan iborat?


  7. 4.Sanoatda kanday o‘lchash chegaralariga mo‘ljallangan vaznli zichlik o‘lchagichlar chiqariladi?


  8. Membrana-vaznli zichlik o‘lchagich nimaga imkon beradi?




Ma'ruza №28.
Gidrostatik zichlik o‘lchash vositalari.
Vibratsion zichlik o’lchash vositalari.


Reja:
1. Gidrostatik zichlik o‘lchash vositalari.
2. Vibratsion zichlik o‘lchash vositalari.


Gidrostatik zichlik o‘lchagichlar o‘zgarmas balandlikdagi suyuqlik ustunining bosimini o‘lchashga asoslangan.
Gidrostatik zichlik o‘lchagichlar keng tarqalgan, chunki bu asboblar sodda tuzilgan va tahlil qilinayotgan suyuqlikka o‘rnatiladigan datchiklarda harakatlanadigan qismlar yuq Ularning ishlash prinsipi quyidagicha. Suyuqlik sirtiga nisbatan N chuqurlikdagi R bosim quyidagicha ifodalanadi:
P=ρ∙g∙H , (28.1)
bu yerda — suyuqlikning zichligi, kg/m3; g —og‘irlik kuchining tezlanishi, m/s2.
S uyuqlik ustunining balandligi N o‘zgarmas bo‘lsa, bosim suyuqlik zichligining o‘lchovi bo‘ladi. Gidrostatik zichlik o‘lchagichlarda suyuqlik ustunining bosimi, odatda, suyuqlik orasidan inert gaz (havo) ni uzluksiz haydab o‘lchab turiladi. Bu gaz (havo) ning bosimi suyuqlik ustuni bosimiga mutanosib bo‘ladi. Suyuqlik ustunining bosimini bu usulda o‘lchash (pezometrik zichlik o‘lchagichlar)ko‘rsatishlarni masofaga uzatish imkoniyatini beradi. Haydaladigan inert gaz suyuqlik xususiyatlariga ko‘ra tanlanadi. Haydaladigan gaz sarfi katta bo‘lmay, doimiy bo‘lishi shart, chunki sarfning o‘zgarib turishi o‘lchashda qo‘shimcha xatoliklarga olib kelishi mumkin.
Odatda, suyuqlikning turli balandlikdagi ikkita ustunidagi bosimlar farqi o‘lchanadi (differensial usul). Bu esa o‘lchanayotgan zichlikning aniqligiga ta'sir ko‘rsatadigan sath o‘zgarishlarini yo‘qotadi, (28.1) ifodadan

P1-P2=(H1-H2)∙ρ∙g yoki ∆P=∆H∙ρ∙g , (28.2)

bu yerda R1 va R2suyuqlik ustunlarining bssimi, Pa; N1 va N2 — suyuqlik ustunlari sathi, m.
Havo (inert gaz) uzluksiz haydaladigan pezometrik differensial ikki suyuqlikli zichlik o‘lchagichda (28.1- rasm) tekshirilayotgan suyuqlik idish 1 dan uzluksiz oqib o‘tadi, bu idishda suyuqlik sathi doimiy saqlanadi. Doimiy sathli idish 2 ma'lum zichlikli etalon suyuqlik bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.
Inert gaz naycha 3 orqali tekshirilayotgan suyuqlik qatlami orqali o‘tadi va asbobdan chiqib ketadi. Xuddi shu inert gaz naycha 4 orqali etalon suyuqlik qatlamidan o‘tadi, keyin qo‘shimcha naycha 5 orqali tekshirilayotgan suyuqlikning ma'lum qatlamidan o‘tib asbobdan chiqadi. Pezometrik naychalarning chuqurligi va etalon suyuqlikning zichligi ma'lum bo‘lsa, differensial manometr 6 ning ko‘rsatishi tekshirilayotgan suyuqlik zichligining o‘lchovi bo‘ladi.(28.2) ifodaga muvofiq difmanometrning ko‘rsatishi quyidagicha bo‘ladi:
P=h1ρ∙g-(h2ρ+h0ρ0)g=(hρ-h0ρ0)g . (28.3)

Etalon suyuqlikning zichligi tekshirilayotgan suyuqlikning zichligiga yaqin qilib tanlanadi. U holda h0 = h bo‘lsa, bosimlar farqi ∆R = 0. Unda tekshirilayotgan suyuqlikning zichligi minimal. bo‘ladi. Agar tekshirilayotgan suyuqlikning zichligi maksimal bo‘lsa, bosimlar farqi maksimal qiymatga ega bo‘ladi.

Asbobda etalon suyuqlikli idish 2 tekshirilayotgan suyuqlikli idish 1 dan yuqoriroqda joylashgan. Etalon va tekshirilayotgan suyuqlikning harorat koeffitsienti bir xil bo‘lib, ularning harorati teng bo‘lsa, harorat kompensatsiyasi avtomatik ravishda ta'minlanadi.
Gidrostatik zichlik o‘lchagichlar sanoatda 900...1800 kg/m3 o‘lchash chegarasiga mo‘ljallab chiqariladi. Bu asboblarning asosiy xatoligi ±4%.
Silfonli, tenzometrik, ximotron va boshqa zichlik o‘zgartkichlari gidrostatik zichlik o‘lchagichlarning turlaridir.
2 8.2- rasmda tenzometrik zichlik o‘lchagichning sxemasi keltirilgan. Nazorat qilinayotgan suyuqlik idish 1 ga shtutser 2 orqali uzluksiz tushib turadi va undan shtutser 3 orqali chiqib ketadi, bu esa idishda doimo bir xil sath bo‘lishini ta'minlaydi. Asosiy idish 1 ning ichida etalon suyuqlik bilan to‘ldirilgan idish 4 joylashtirilgan bo‘lib, uning zichligi nazorat qilinayotgan suyuqlikning minimal zichligiga teng bo‘lishi kerak. Etalon suyuqlik tuynuk 5 orqali kiradi, ortiqchasi esa to‘kish naychasi 6 orqali chiqib ketadi. Bu bilan sathning doimiyligiga, ballast bosimning va harorat o‘zgarishlarining kompensatsiya qilinishiga erishiladi.
Nazorat qilinayotgan suyuqlik zichligi ozgina o‘zgarishi bilan elastik element 8 ning markaziga yelimlab yopishtirilgan tenzodatchik 7ning qarshiligi o‘zgaradi. Zichlik o‘lchagichi sifatida elektron avtomatik ko‘prik 9 qo‘llanilgan bo‘lib, uning yelkalarining biriga tenzodatchik 7 ulangan. Ko‘prik shkalasi zichlik birliklarida darajalangan.

O‘lchashning pastki chegaralari ko‘prik shkalasini darajalashda idishlar 1 va 4 ni zichligi tekshirilayotgan suyuqlikning minimal zichligiga teng bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldirishda aniqlanadi



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin