Avtomatlashtirish va boshqarish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə67/216
tarix21.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#187462
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   216
Avtomatlashtirish va boshqarish-hozir.org

Rotatsion viskozimetrlar
Suyuqliklar qovushoqligini o‘lchashda hamda ularning reologik xususiyatlarini o‘rganishda rotatsion viskozimetrlardan foydalanish qulay. Bu asboblar tekshirilayotgan suyuqlik hosil qiluvchi qarshilik momentlari va aylantiruvchi momentlarni o‘lchashga asoslangan.
Qovushoq suyuqlikda jism aylanganida qovushoqlik qarshiligi teskari ta'sir etuvchi moment hosil qiladi. Agar jism doimiy tezlik bilan aylansa, bu moment suyuqlik hosil qiladigan aylantiruvchi momentga teng va dinamik qovushoqlikka mutanosib bo‘ladi:
M=K∙μ∙ω , (29.11)

bu yerda M — aylantiruvchi moment, Nm; K — asbob doimiysi; μ — dinamik qovushoqlik, Pa∙s; w — aylanuvchi jismning burchak tezligi, 1/s.

Rotatsion viskozimetrlar aylanuvchi jism shakli va aylantiruvchi momentni o‘lchash usuliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Boshqa asboblarga nisbatan koaksial silindrli, aylanuvchi jism va tahlil qilinayotgan suyuqlikka cho‘ktiriladigan aylanuvchi parallel diskli asboblar ko‘proq ishlatiladi. 29.5- rasmda rotatsion viskozimetr turlarining prinsipial sxemalari ko‘rsatilgan.
Koaksial silindrli viskozimetr (29.6-rasm, a) tashqi silindri tahlil qilinayotgan suyuqlik bilan to‘ldirilgan ikki silindrdan iborat. Tashqi silindr 2 o‘zgarmas tezlik bilan aylanganda dvigatel 1 ta'sirida suyuqlik statsionar aylanish holatiga keladi va aylantiruvchi momentni ichki silindr 3ga uzatadi. Bu silindrni tinch holatda saqlash uchun silindrga kattaligi teng, lekin teskari ishorali kuch momenti ta'sir qilishi kerak. Bu kuch, rasmda ko‘rsatilganidek, kalibrlangan yuk 4 yordamida hosil qilinadi.
Laminar harakatda kuch momenti bilan ko‘rilayotgan suyuqlikning qovushoqligi quyidagicha bog‘langan
, (29.12)


bu yerda, M — kuch momenti, N • m; l — ichki silindrning uzunligi, m; w — tashqi silindr aylaniishining burchak tezligi, 1/s; R va g — tashqi va ichki silindrlarning radiusi, m.
V iskozimetrlarning tashqi va ichki silindri harakatsiz bo‘ladi.

Tekshiriladigan suyuqlikka cho‘ktiriladigan aylanuvchi jism (29.6- rasm, b) sharsimon yoki silindrik rotor 1 kabi ishlaydi. Bu rotor dvigatel 2 yordamida o‘zgarmas aylanishlar chastotasi bilan aylantiriladi. Suyuqlikning rotor aylanishiga ko‘rsatilgan qarshiligi maxsus qurilma 3 yordamida o‘lchanadi.


Aylanuvchi diskli viskozimetr (29.6- rasm, v) tekshirilayotgan suyuqlikka cho‘ktirilgan ikki parallel disk 2 va 3 dan iborat. Disk 2 dvigatel 1 yordamida ravon aylanadi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqlik xususiyati tufayli disk 3 ga aylantiruvchi moment uzatiladi. Bu aylantiruvchi moment suyuqlik qovushoqligiga mutanosib bo‘lib, hisoblash asbobi bilan bog‘langan silindrik prujina 4 yordamida muvozanatlanadi.
Aylanuvchi diskli viskozimetrlardan suyuqliklarning qovushoqligini uzluksiz o‘lchashda ham foydalanish mumkin.
Rotatsion viskozimetrlarning o‘zgarmas koeffitsientlari analitik ravishda yoki etalon suyuqliklar bo‘yicha tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Rotatsion viskozimetrlarning o‘lchash chegarasi 0,01...1000 Pa s.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin