REJA
1. Kirish
2. Andijon viloyati iqlimi .
3. Aeroportning berilgan klasini tasdiqlash.
4. Aeroport vazyatlar rejasini tasdiqlash.
5. Aerodrom sinifni aniqlash.
6. SUQTning kerakli uzunligi va enini
hamda uchish tasmalari
elementlarining o‘lchamlarini mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda asoslash.
7. Rullash yo‘llarining eni va umumiy maydonini aniqlash.
8. Perronda havo kemalari (HK) ning turish joylari (TJ) ning kerakli sonini
aniqlash, perronda HK larini joylashtirish sxemasini
tanlash va perron maydonini
hisoblash.
9. Bazaviy HK uchun turish (saqlash) joylari sonini aniqlash.
10. Maxsus vazifadagi maydonchalarning maydonini aniqlash.
11. Aerovokzal maydonini hisoblash.
12. Yuk omborining maydonini hisoblash.
13. Dunyoning ba’zi xalqaro aeroportlari xaqida malumot.
14. Xulosa.
15. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Aviatsiya transorti — yoʻlovchilar, pochta va yuklarni havo yoʻllari orqali
tashishni amalga oshiradigan transport turi. Uning afzalligi shundaki, yuqori uchish
tezligi hisobiga tashish vaqtini juda tejaydi, yer va suv yoʻllari boʻlmagan manzillar
bilan bevosita transport aloqasini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini yaratadi.
Dastlabki Havo transporti Birinchi jahon
urushidan keyin Yevropa va
Amerika davlatlarida vujudga keldi. Germaniya va Fransiyada transport turi sifatida
1920—21 yillarda rivojlandi. Oʻzbekistonda birinchi havo yoʻli 1929-yil 12-mayda
ochildi. Uz. 800 km boʻlgan Toshkent—Avliyoota (Taroz) — Pish-pek (Bishkek)
— Olmaota marshrutida Rossiya koʻngilli havo floti jamiyati ("Dobrolyot")ning
O'rta Osiyo boʻlimi (Kogon shahri)ga qarashli Germaniyadan sotib olingan
"Yunkers—13" samolyotlarida dastlabki yoʻlovchilar tashish reysi amalga oshirildi.
Shu yili uz. 450 km boʻlgan Kogon—Oq-toʻqay—Dargʻonota—Xiva hamda Buxo-
ro—Termiz—Dushanba havo yoʻllari ochildi. 1924-yilda
Havo transportida jami
1000 yoʻlovchi, 200 kg pochta joʻnatmalari, 5 t yuk tashildi. 1930-yillar boshidan
Oʻzbekiston havo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish ommaviy tus oldi, 1930-
yildan Toshkent—Mos-kva yoʻlida samolyotlar muntazam qat-nay boshladi.
Toshkent (1932), nukus va Urganch (1939), Termiz (1940), Namangan (1941)
shaharlarida aeroportlar qurilib ishga tushirildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Il—12, YL—14. li2 va turli
difikatsiyadagi AN—2 samolyotlari t. parklariga berildi. 1957—58
gsarda havo
yoʻllarida TU—104, P—18, AN-24, YAK-40 samolyotlari, mi1, mi2, ka26
vertotlari oʻzlashtirildi, mahalliy havo kelarida AN—24, YAK—40
samolyotlari
qatnay boshladi. Ayni vaqtda dalalarga mineral oʻgʻitlar va zararkunanda
hasharotlarga
qarshi preparatlar sepishda, gʻoʻzani defoliatsiya qilish ishlarida
avianiyadan keng foydalanildi. Qoʻqon (1947), Samarqand (1948), Qarshi (1955),
Buxoro (1963) va Toshkent yaqinidagi Sergeli (1961) da yangi aeroportlar qurildi.
1974-yildan IL-62, 1977-yildan TU—154 samolyotlari, 1982-yil dekabrdan IL—86
aerobuslari respublika havo yoʻllarida ucha boshladi.
1980-yilga kelib Oʻzbekiston havo transporti havo yoʻllarining uzunlgi 155
ming km dan ortiq boʻldi (shu jumladan, mahalliy havo yoʻllari uz. 60,1 ming km ni
tashkil etdi).
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti farmoniga muvofiq, 1992-yil 28-yanvarda sobiq Ittifoq
Fuqaro aviatsiyasi vazirligi tasarrufida boʻlgan Oʻzbekiston
Fuqaro aviatsiyasi
boshqarmasi negizida "Oʻzbekiston havo yullari" milliy aviakompaniyasi tashkil
etildi.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati yordamida aviatsiya
tarmogʻiga 1 mlrd. 200 mln. AQSH dollari miqdorida
investitsiya kiritildi va
rivojlangan zamonaviy infratuzilma barpo etildi.