XULOSA
Men Toshkent Davlat Transport Universiteti ‘‘Avtomobil yo’llari
muhandisligi’’ fakulteti 101-19 AYKT guruh talabasi Mirzanazarov Nizomjon
’’Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish’’ fanidan ishlagan kurs
ishimdan Toshkent Aeroportning aerodromi misolida loyihalash jarayonlari xisob
kitob ishlari, har bir obektga qo’yiladigan talablarni peronlar, SUQT, GUQT,
xizmat ko’rsatish binolari, omborlar, angarlar nimaga asoslanib loyihalanishini bilib
oldim.
Berilgan Aeroport sinifim 3-sinf ekanligi hisob-kitoblar asosida tasdiqlandi
va shunga mos ravishda keying hisob-kitoblar olib borildi. Loyihalanayotgan
aerodrom sinfi esa B sinf kelib chiqdi. Aerodrom sinfi SUQTning uzunligidan kelib
chiqib aniqlandi.
Xulosa o’rnida yurtimizda ham yangi aeroport aerodromlar qurulmoqda
bularga Navoiy viloyati Karmana tumanida «Navoiy Xalqaro Aeroporti » aerodromi
bazasida fuqarolik (xizmat) aviatsiyasi zamonaviy aeroport majmuasini qurish»
loyihasi amalga oshirilmoqda. Borlari jaxon andozalarga mos ravishda
rekonstruksiya qilinmoqda. Xullas havo transporti yil sayin rivojlanmoqda xavfsiz
va qulay iqtisodiy jihatan tejamkor havo transporti kirib kelmoqda, soha kun sayin
rivojlanmoqda. Havo transportining avzalligi uning tezkor va qulay bo’lishdadir tez
buzuladigan yuklarni manzilga ertaroq yetib borishni, taminlashi dunyo bo’ylab
insonlarning qulay sayohat uyushtirishni taminlaydi va jamyatni iqtisodiy
rivojlanshni belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: