-69M asbobi (25.4- chizma) halqalarni haddan tashqari yeyilib ketganligmi, elastikligini yo'qolganligini, qurum bosganligini yoki sinib ketganligini, porshen ariqcha- larini yeyilganligini. shuning- dek, klapanlar va silindr kal- lagi qistirmasi germetikligini yo'qolganligini aniqlashga im- kon beradi.
Avvalo, porshen halqala- rining yeyilganligi tekshiriladi, buning uchun tekshirilayot- gan silindrdagi porshen, siqish taktining boshlanishiga mos kelgan holatga o'rnatiladi (hamma klapanlar yopiq bo'ladi), forsunka yoki o‘t oldirish svechasi o'rnashadigan teshikdan uchlik (6) orqali, siqilgan havo 0,4 MPa bosim ostida yuboriladi. Porshen halqalari yeyilgan bo'lsa, havoning ko'p miqdorda sizib chiqishi sodir bo'ladi, shuning uchun monometr (8) qayd etib turgan silindrdagi bosim 0,4 MPa dan kichik bo'ladi. Zonalargaajratilgan manometr shkalasi (dvigatelni holati yaxshi, qoniqarli va ta'mirtalab), foizlarda ifodalangan sizib chiqishni ko'rsatadi. Ikkinchi tekshirishni, siqish taktida porshenni YCHNga yaqin holatida bajariladi. Havoning 15 foizdan ko'p sizib chiqishi, silindrlarni ortiqcha yeyilganligini ko'rsatadi, Klapanlarning o'z o'rinlariga zich o'tirmasligi oqihatida ular orqali havoni sizib chiqishi, eshitib ko'rib aniqlanadi. Silindr kallagi qistir- masining germetikligi esa radiator bo'g'zida yoki kallakning silindrlar bloki bilan tutashgan (sovunli eritmada ho'llangan) qismida havo pufakchalarining paydo bo'lishiga qarab aniqlanadi. Kallak, silindrlar blokiga gayka va shpilkalar yoki boltlar yordamida mahkamlanadi. Gaykalar yoki boltlarni bo'sh tortilishi, dvigatel silindr- larining germetikligini buzilishiga, qistirmani kuyib kyetishiga va sovu- tish suyuqligini silindrlarga tushib qolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dvigatelni ishlatish jarayonida, davriy ravishda, kallakning gaykalari yoki boltlari tortib turiladi: cho‘yanli kallak dvigatel qizigan paytda, aluminiyli kallak esa sovigan paytda tortiladi. Kallaklarni tortish, dinamometrik kalit bilan, zavod ko'rsatmalarida belgilangan ketma-ketlikda (25.5-chizma, a, e) amalga oshiriladi. Tortish momenti 3M3-53 va 3M3-24 dvigatellari uchun ( ГАЗ-53 va ГАЗ-24 “Волга” avtomobillari) 73-78 N m, ЗИЛ-130 dvigateli ucbun (ЗИЛ-130 avto- mobili) 70-90 Nm, КамАЗ-740 dvigateli uchun (КамАЗ-5320 avto- mobili) 190-210 N m bo‘ladi. ВАЗ dvigatellarida, silindrlar kallagiga taqsimlash vali podship- niklarining korpusi mahkamlangan bo‘lib, uning mahkamlovchi gaykalari ham ma’lum bir ketma-ketlikda qotirilishi kerak (25.5-chizma, 0- Bu gaykalarni yakuniy tortish momenti 22 N m ga teng. Silindr, silindr kallagi, shtanga va klapanlarning yuritma mexaniz- midagi boshqa detallar dvigatelni isishiga qarab 80 I50°C gacha, klapanlar esa 300^600°C gacha qiziydi. Bunda detallar orasidagi issiqlik