1.1 . “O'zbekiston Respublikasi Metrologiya to’g’risidagi qonun”i haqida. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
“METROLOGIYA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya to‘g‘risida”gi 1004-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh.,
2020-yil 7-aprel,
O‘RQ-614-son.
1.2 Metrologiya bo’yicha asosiy atama va tushunchalar. O’zbekiston Respublikasi “Metrologiya to’risida”gi qonunining 3-moddasida asosiy atama va tushunchalar keltirilgan.
3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: