Avtor: felin s. A



Yüklə 77,09 Kb.
səhifə15/23
tarix26.10.2023
ölçüsü77,09 Kb.
#161482
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
бизнесни бошкариш кейслар

Keys№ 8
ALPHA SERVICE” FIRMASI AXBOROTLARINI HIMOYALASHDA QANDAY DASTUR ZARUR?”
Vaziyat.
Topshiriqlar echimi:
1. Axborot xavfsizligi nima?
Ma’lumki, globallashuvning asosiy belgilaridan biri milliy chegaralarning axborot yuzasidan o’z ahamiyatini yo’qotib borishidir. Har qanday mintaqani iqtisodiy, axborot va xavfsizlik jihatidan jahon hududining ajralmas bo’lagiga aylantirgan bu jarayon har bir millat oldiga o’zligini saqlab qolish, davlatlar uchun esa manfaatlar to’qnashuvida o’z o’rnini topish masalasini ko’ndalang qo’ymoqda. Global axborot oqimlari shiddat bilan hududiy chegaralarni parchalab tashlayotgan bir paytda millat, mamlakat va davlat manfaatlari ko’p jihatdan aynan axborot sohasidagi xavfsizlik bilan bog’liq bo’lib qoldi. Axborot xavfsizligining mohiyati – himoya ob’ektlarining optimal holati, uning xatar manbalari va xususiyatlari aniqlanganligi bilan belgilanadi.
Axborot xavfsizligi milliy xavfsizlikning salmoqli bo’lagi va jamiyat barqarorligining muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Shiddatkor globallashuv davrida voqelik hech nima, aloqa esa hamma narsa, tsivilizatsiyaning taqdiri axborot etkazib berish tezligiga bog’liq. Zero, “hozirgi zamonni tavsiflovchi muhim yo’nalishlardan biri – axborot jarayonlarning globallashuvidir.
2. Axborotlarga qanday xavflar mavjud?
Xavfsizlik bu barcha himoya ob’ektlarining tashqi va ichki xatarlardan holi bo’lgan optimal darajadagi holatidir. “Xavfsizlik ta’minlanish jihatidan milliy, mintaqat5viy va xalqaro bo’lishi mumkin.”
Milliy xavfsizlik muayyan mamlakatning milliy qadriyatlari, manfaatlari, turmush tarziga, umuman suveren rivojlanishiga nisbatan real tashqi yoki ichki xatarlar mavjud bo’lmagan yoki yo’q qilingan holat hisoblanadi.
“Axborot xavfsizligi deganda dastlab axborot jarayonining axborot sohasi ob’ektlariga ularni yo’q qilish, to’sish, chalkashtirish, tuzatish, tanishtirish maqsadida muayyan tasodifiy va ataylab qilinadigan ta’sirlardan va boshqa ruxsat etilmagan harakatlardan muhofaza qilinganlik holati tushuniladi.”
Biroq ayni paytda axborot sohasiga ta’sir etishi va axborot xavfsizligiga tahdidi solishi mumkin bo’lgan manbalar faqat axborot texnologiyalari bilan bog’liq emas. Shu nuqtai nazardan yondashsak, axborot xavfsizligi deganda axborot sohasidagi milliy manfaatlarning himoyalangani tushunilib, bular shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining mutanosibligi bilan belgilanadi. Ya’ni jamiyatda axborot muhitining fuqarolar, tashkilotlar va davlat manfaatlari doirasida shakllanishi, foydalanilishi va rivojlanishini ta’minlaydigan himoyalanganlik holati axborot xavfsizligi hisoblanadi. Axborot xavfsizligiga tahdid manbalari ichki va tashqi manbalarga bo’linadi.
Axborot xavfsizligiga tahdidning tashqi manbalari:
- chet el josuslik va maxsus xizmatlarining faoliyati;
- chet el ommaviy axborot va global kommunikatsiya vositalari;
- xalqaro guruhlar, tuzilmalar va alohida shaxslarning noqonuniy harakatlari;
- axborot tarqatish va foydalanish bo’yicha xorijiy davlatlar siyosatining amalga oshirilishi;
-  tabiiy ofatlar va fojealar.
Axborot xavfsizligiga tahdidning ichki manbalari:
-  siyosiy, iqtisodiy va jamoat tashkilotlarining, alohida shaxslar va guruhlarning axborot to’plash, tarqatish va foydalanish sohasidagi noqonuniy faoliyatlari;
- axborot sohasida fuqarolar va tashkilotlar huquqlarining buzilishiga olib keluvchi davlat tizimlarining qonuniy harakatlari va ko’zda tutilmagan xatolari;
- axborot tizimlarining dasturiy-texnik vositalarining bazaviy texnologiyalarini yaratish, sinash va ishlab chiqarish bo’yicha mahalliy sanoatning talab darajasida emasligi.
Axborot xavsizligiga nisbatan tahdidlarning asosiy ta’sir vositasi bir martalik tashviqot aktsiyalari, uzoq muddatli targ’ibot kampaniyalari, mafkuraviy tazyiq, madaniy ekspansiya, axborot blokadasi kabi ruhiy-informatsion ta’sir vositalari hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi muammosi davlat va jamiyatning barcha sohalari – iqtisodiyot, siyosat, ilm-fan, madaniyat, milliy va xalqaro xavfsizlikning sifatli axborot almashinuvi, axborot va telekommunikatsiya tizimi, texnologiya va vositalariga tobe bo’lib qolganiga asoslanadi. Mazkur holat shaxs, jamiyat va davlatning huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, axborot xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish va bartaraf etishning himoya mexanizmlari majmuining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi bilan bog’liqdir. “Bular tahdidlarning oldini olish va bartaraf etishni ta’minlaydigan tashkiliy, texnik, dasturiy, ijtimoiy, huquqiy mexanizmlar bo’lishi mumkin.
Keys№ 9

1981 yilda "Daymond Interneyshnl" firmasidan Daniel K.Boyl ushbu firmaning tuxumlar uchun karton upakovkalar ishlab chiqaruvchi zavodida "Klub 100" ni tashkil qilish g‘oyasini berdi (Palmer sh., Massachusets shtati). Ushbu firmaning kadrlar xizmatining raxbari bo‘lmish Boyl "qiyin" xodimlarga va mayda chuydi ish nizolariga qancha vaqt ketishiga ajablanar edi. Bu borada "Klub 100" ning g‘oyasi kundan kunga qilishlari kerak bo‘lgan ishlarni bajaruvchi xodimlarga e’tiborni qaratish usulidan vujudga keldi.


Palmerdagi zavodda 300 kishi ishlar edi, ularning 25% qog‘oz sanoatining kasaba uyushmasi a’zolari edi.
Xodimlarning ma’naviy darajasi juda past edi. Bundan oldin o‘tkazilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ishchilarning 79% yaxshi qilingan ish uchun etarli bo‘lmagan mukofot oladilar deb xisoblar edilar.
"Klub 100" g‘oyasi qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi to‘lov sxemasini emas, balki ball tizimi yordamida yaxshi xodimlarga kerakli e’tiborni qaratish rejasini ifodalar edi. Bir yil ishga «progul» qilmasdan kelgani uchun 25 ball, bir yil tartibni buzmaganligi uchun – 25 ball, bir yil kech qolmaganligi uchun – 25 ball. SHuningdek xavfsizlik texnikasini yaxshilash, ishlab chiqarishni ko‘paytirish va maxalliy axoliga xizmat qilish bo‘yicha berilgan takliflar uchun ishchilarga qo‘shimcha ballar berilar edi.
100 ball yiqqan ishchilar firmaning belgisi bo‘lgan va "Klub 100" yozuvi bo‘lgan neylon kurtka olishardi. 150 balldan yuqori ball yiqqan ishchilar katalog bo‘yicha firma xisobidan kichik sovg‘alar olish xuquqiga ega edilar. Xar yilda yig‘ilgan ballarni ishlatmagan ishchilar ularni yig‘ishlari va ballar 600 ga etganda qimmatli sovg‘alar olish imkoniyatiga ega edilar (masalan, radio telefon).
"Klub 100" amalga kirgandan keyingi faqatgina bir yilda zavoddagi mexnat unumdorligi 14,7 % ga oshdi. Keyinchalik u oshishni davom etaverdi. Rejani amalga oshirishdan boshlab, keyingi ikki yilda ishchilarning kuzatishlari shuni ko‘rsatdiki, ulardan 86 foizi raxbariyat ularning ishlarini axamiyatli deb xisoblashini sezishadi, 81 foizi esa firma ularni munosib baxolaydi deb bilishadi. "Klub 100" rejasi firmaning boshqa zavodlarida amalga kirganidan keyin, "Daymond Fiberglass Prodakts" bo‘limida talab qilingan sifat darajasidan chetlanish miqdori 40% ga kamaydi, mexnat unumdorligi esa 14,5% ga oshdi.
Nima uchun ishchilarga neylon kurtkalar va kichik sovg‘alar yoqdi? Bu borada Boyl shunday xikoyani aytar edi, bir ayol maxalliy bank kassiriga o‘zining neylon kurtkasi bilan maqtanib, degan edi: "Mening xo‘jayinlarim buni menga yaxshi ishlaganim uchun berishgan. Firmada 18 yildan beri ishlayotgan davrimda birinchi marta meni oddiy xar kunlik ish uchun mukofotlashdilar". Bu yillar ichida bu ayol 200 ming doll. dan ko‘p pul ishlab topdi, lekin uning oyligi u uchun uni tan olinishining belgisi emas, balki sarflangan kuchining ekvivalenti bo‘lib xisoblar edi.

Yüklə 77,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin