Umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishning asosiy bosqichlari mazmuni va talabaning faoliyati natijalarining bahosi
(Bu bo‘limga talabaning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, o‘qishdan tashqari sohalar bo‘yicha erishgan yutuqlari hamda kompetetentlikni shakllantirish maqsadiga erishishdagi faoliyati natijalarining tahlili talabaning o‘zi tomonidan yoritiladi).
UMUMMADANIY KOMPETENTLIK (UMK) UMK-1- madaniy fikrlaydi, axborotlarni qabul qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, maqsadni va unga erishish yo‘llarini to‘g‘ri belgilash qobiliyatiga ega.
UMK-2- dunyoviy, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan falsafiy muammolarni tahlil qila oladi.
UMK-3- Madaniyatning mohiyatini tushuna oladi va zamonaviy tolerantlik, dialog hamda ittifoqchilik prinsiplaridan o‘z
faoliyatida foydalanadi.
UMK-4- o‘zining ta’lim olish va kasbiy faoliyatida dunyoning zamonaviy tabiiy-ilmiy kartinasi to‘g‘risidagi bilimlardan foydalanish qobiliyatiga ega, axborotlarni matematik qayta ishlov berish usullari hamda nazariy va tajribaviy tadqiqotlarni qo‘llay oladi.
UMK-5- sog‘ligini tiklash va organizmining moslashuvchanlik zahirasini oshirish uchun jismoniy tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash uslublaridan foydalanishga tayyor.
UMK-6- mantiqan to‘g‘ri og‘zaki va yozma nutqni bayon etish qobiliyatiga ega.
UMK-7- o‘zaro ta’sir va jamoada ishlashga tayyor.
UMK-8- axborotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlashning asosiy uslub, usul va vositalaridan foydalanish hamda axborotlarni boshqarish vositasi sifatida kompyuterlarda mustaqil ishlay oladi.
UMK-9- global kompyuter tarmog‘ida axborotlar bilan ishlay oladi.
UMK-10-chet el adabiyotlaridan kasbiy faoliyati sohasi bo‘yicha axborotlarni olish va tahlil qilish imkoni darajasida chet tillardan birini bila oladi.
UMK-11- favqulodda holatlar (texnogen, antropogen, ekologik halokatlar va tabiiy ofatlar) dan himoyalanish usullarini bila oladi va undan foydalanish malakasiga ega.
UMK-12- zamonaviy axborotlashgan jamiyat rivoji davrida axborotlarning mohiyati, mazmuni va ahamiyatini tushunadi, ushbu jarayonlardagi xavf va tahdidlarni to‘g‘ri anglaydi, axborot xavfsizligi va davlat sirlari bo‘yicha barcha talablarga amal qiladi.
UMK-13- o‘z faoliyatida me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalanishga tayyor.
UMK-14- ijtimoiy va madaniy farqlarni bag‘rikenglik (tolerantlik) prinsipi asosida qabul qiladi, tarixiy va madaniy qadriyatlarni hurmat qiladi va saqlaydi.
UMK-15-tarixiy jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlarini, tarixiy jarayonlarda insonning o‘rnini, jamiyatning siyosiy tashkilotlarini tushunish qobiliyatiga ega.
UMK-14- jamoa orasida nutq madaniyati ilmlaridan foydlanish, bahs va munozara yuritish qobiliyatiga ega.