"Klub 100" g‘oyasi ishchilarni motivatsiyalashda qanday ishlaydi?
"Klub 100" g‘oyasini tashqi va ichki mukofotlar nuqtai nazaridan taxlil qilib chiqing.
Keys№ 10 CAMELOT LOTEREYASI Milliy va mahalliy lotoreyalar ko’pchilik mamlakatlarda keng tarqalgan. 1993 yil Buyuk Britaniya hukumati ham milliy lotoreyani o’tkazishni taklif qildi. Bu fikrni parlamentdagi ko’pgina partiyalar qo’llab quvvatladilar, ammo kelishmovchiliklar kim bu lotoreyani o’tkazishi borasida kelib chiqdi. Muxoliflardan bo’lgan leyboristlar partiyasi buni hukumat (davlat strukturasi orqali) o’tkazishi kerak, deb hisoblardi, boshqaruvchi konservatorlar partiyasi esa buni xususiy sektor ixtiyoriga topshirish kerak, deb hisoblardi. Lotoreya operatori ma’lum bir foydaga ega bo’lsada, lotoreyani xususiy sektor qo’liga topshirishdan asosiy maqsad tashkiliy ishlarning yanada sifatliroq o’tkazilishi.
Taklif e’lon qilinganidan so’ng qator kompaniya va konsortsiumlar qiziqish bildirdilar. Barcha da’vogarlar taklif qilinib, lotoreya chiptalari sotuvi bashorati, lotoreyaning asosiy qismi – mo’ljallanayotgan summa, shuningdek, aktsionerlar foydasi muhokama qilindi. Tashkiliy talablar aniqlab olindi: milliy auditoriyani qamrab olish, axborot tizimlarining xavfsizligi va ishonchliligi, lotoreyaning ochiqligini ta’minlash imkoni. Va nihoyat, g’oliblar tez aniqlanishi, yutuq ham kechiktirilmasdan to’lanishi ta’kidlandi.
Natijada, Camelot lotoreyasi bo’yicha birinchi shartnomani Buyuk Britaniya va AQShning 5 ta kompaniyasini o’z ichiga olgan konsortsium bilan tuzildi.
Konsortsium tarkibi: