4.6. Suyultirilgan va siqilgan gazlarni tashib kelish, saqlash va tarqatish
Suyultirilgan neft gazlarining (SNG) o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular oddiy va juda past bosimda gaz holatdan suyuq holatga o‘tadi. Shuning uchun ularni 1,6-2,0 MPa bosimga hisoblangan sig‘im va ballonlarda tashish, saqlash va tarqatish yoki avtomobil ballonlarini ular bilan suyuq holda to‘ldirish mumkin. Avtomobil dvigatellari uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz sifatida yengil uglevodorodlar – propan, butan va ularning aralashmasi ishlatiladi. Juda past haroratda 10%gacha etan va etilen qo‘shilgan propan ishlatiladi. Avtomobillarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda, uning ballonlari, gaz to‘ldirish stansiyalaridagi yonilg‘ini saqlash sig‘imidagi suyuq gazsimon yonilg‘i bilan to‘ldiriladi. Bu vaqtda suyuq gazni saqlash sig‘imining satxi avtomobil balloni satxidan yuqorida turishi zarur. Bu quyish usulining kamchiligi kichik zichlikdagi gazning juda sekin oqishidir. Bundan tashqari avtomobil ballonlarini, inert gazlari bosimi ostida kompressor yordamida, shu jumladan gazni ko‘p pog‘onali markazdan qochma nasos yordamida haydash yo‘li bilan to‘ldirish mumkin (4.3-rasm).
Suyultirilgan gaz uchun avtomobilga o‘rnatilgan ballonlar 1,6 MPa bosimga hisoblangan. Har ikki yilda ular nazoratdan o‘tkazib turiladi. Avtomobil ballonlarini suyultirilgan gaz bilan to‘ldirishda quyidagilar ta’qiqlanadi:
gaz to‘ldirish shlangasi yonida turish;
metall asboblar yordamida birikmalar gaykasini mahkamlash;
chekish;
dvigatelni sozlash va ta’mirlash.
4.3-rasm. Suyultirilgan gaz uchun ombor va gaz to‘ldirish kolonkasi shakli: 1-elektromagnitli jo‘mrak; 2-suyuqlik hisoblagich; 3-ulashish shlangi; 4-filtr; 5-elektr dvigatel; 6-suyuqlik nasosi; 7-to‘kuvchi sig‘im turba o‘tkazgichi; 8,10-to‘kish quvur o‘tkazgichi; 11,13-so‘rish jo‘mragi; 14-suyuqlik sathi ko‘rsatgichi; 15-sath ko‘rsatgichi naychalari; 16-saqlovchi klapan; 17-manometr; 18-manometr jo‘mragi; 19-eng ko‘p sathni ko‘rsatuvchi jo‘mrak; 20-yuvish quvuri jo‘mragi; 21-yer osti sig‘imi.
Agar to‘ldirishdan so‘ng dvigatel yaxshi o‘t olmasa, uni gaz to‘ldirish moslamasidan 15 m masofaga dvigatelni o‘t oldirmasdan turib siljitish zarur. Avtomobil kuzovida portlash havfi bo‘lgan yuk bo‘lsa, uni to‘ldirish ta’qiqlanadi. Suyultirilgan gaz bilan to‘ldirishda, uning tezda bug‘lanib ketish va tashqi muhitdan issiqlikni o‘ziga yutish xususiyatlarini hisobga olish zarur. +aynash harorati propanda minus 41,5S, butanda plyus 0,5S va propan-butan aralashmasida minus 20,5S ni tashkil qiladi. Xuddi shu haroratlarda bu gazlar tezda bug‘lanish xususiyatiga ega. Shuning uchun ballonlarni to‘ldirish vaqtida qo‘lni sovuq urishini inobatga olib, qo‘lqoplar kiyish zarur. Gaz to‘ldirish stansiyalarida uglekislotali o‘t o‘chirgichlar, qumli yashiklar va suv uchun gidrantlar bo‘lishi kerak. Avtomobillar ham uglekislotali o‘t o‘chirgichlar bilan ta’minlanadi.
Siqilgan tabiiy gaz (metan) bosim oshishi bilan gaz holatidan suyuq holatga o‘tmaydi. Shuning uchun, ular 20MPa bosim ostida avtomobilning kuzovi tagiga joylashgan maxsus qalin devorli ballonlarga damlanadi.
Siqilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz ballonli avtomobillarni to‘ldirish «gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari(GTKS)»a amalga oshiriladi. GTKSga gaz past bosimda(0,4-1,2 MPa) keladi, bu yerda mexanik zarrachalardan tozalanadi va kompressor yordamida 26-35MPa bosim bilan siqiladi. U nammoyajratgich va quritish blokidan o‘tib, yuqori bosimli akkumulatorga keladi, u yerdan trubali o‘tkazgichlar yordamida quyish kolonkalariga yo‘naltiriladi. Avtomobillar gaz to‘lg‘izish uchun maxsus bokslarda joylashgan kolonkalar yoniga haydab kelinadi. Bu kolonkalar avtomobilning gaz to‘ldirish jo‘mragiga ulanadigan yuqori bosimli shlangalar bilan ta’minlangan bo‘lib, bu shlangalarga ballonlardagi gazning boshlang‘ich va oxirgi bosimini aniqlash uchun manometr o‘rnatilgan. To‘ldirilgan gaz hajmi boshlang‘ich va oxirgi bosimlarning farqi bo‘yicha maxsus nomogramma yordamida aniqlanadi.
Avtomobil ballonlariga haydalgan gaz miqdorini–V (m3) taxminan aniqlash va sarflangan gazni hisobga olish uchun quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlangan qiymatdan foydalaniladi:
Bu yerda:
Vb-ballon sig‘imi, l;
n-avtomobildagi ballonlar soni;
P1 va P2-ballondagi gazning boshlang‘ich va oxirgi bosimi, kgssm2;
z1, z2-gazning haroratli kengayishini hisobga oluvchi koeffitsient.
Bosim ostida ishlovchi sig‘imlarni xavfsiz ishlashini ta’minlash haqidagi qoidaga asosan siqilgan havoda ishlovchi avtomobil ballonlari davriy ravishda maxsus punktlarda nazoratdan o‘tkazilib turilishi zarur. Ligerlangan po‘latdan tayyorlangan ballonlar besh yilda, uglerodli po‘lat-dan tayyorlangan ballonlar uch yilda bir marta nazoratdan o‘tkaziladi.
Oxirgi vaqtlarda suyultirilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz ballonli avtomobillar sinovdan o‘tkazilib, ekspluatatsiya qilina boshlandi. Bu gaz avtomobilning maxsus ballonida minus 161S haroratda suyuq holda bo‘ladi. Tabiiy gaz suyuq holda bo‘lganligi uchun, uni avtomobil ballonlariga, avtomobil yoki temiryo‘l sisternalariga quyish mumkin. Suyultirilgan tabiiy gaz bilan to‘ldirish suyultirilgan neft gazi bilan to‘ldirishdan unchalik farq qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |