Автокомбинатлар
АЁ+Ш
5.1-rasm. Avtomobil transporti korxonalari tasnifi
Ish bajarish turiga qarab ATKlar yuk tashuvchi, yo‘lovchi tashuvchi, aralash va avtokombinatlarga bo‘linadi. Aralash ATKlarda avtomobillarni hamma(avtobus, taksi, yuk tashuvchi) turlaridan bo‘lishi mumkin.
- bo‘ysunishi bo‘yicha: umumiy foydalaniladigan, vazirliklar va alohida tashkilotlarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Avtokombinatlarda avtomobillar soni esa 700-1000 tagacha yetadi.
Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish korxonalari(ATXKK)-maxsus ATK bo‘lib, ular avtomobillarga TXK va T, hamda materiallar bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ular, markaziy texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari (MTXKS), texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari (TXKS), avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchalari (AYo+Sh) va saqlash joylaridan iborat.
Texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘z navbatida avtomarkazlar(avtosavdo bazalari, dukonlari), avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi shahar xududidagi, yo‘l yoqasidagi stansiyalar va turli ishlarga ixtisoslashgan avtoustaxonalar, hamda ayrim postlardan iboratdir.
Avtosaqlash joylari - avtomobillarni saqlash, ko‘pincha TXK va ekspluatatsiya materiallari bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.
AYo+Sh-Avtomobillarni yonilg‘i-moy mahsulotlari bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Benzin, dizel yonilg‘isi va gaz tarqatuvchi turlarga bo‘linadi. Oxirgi vaqtlarda, 250 dan ziyod avtomobillari bo‘lgan ATK lar o‘z xududida AYo+Sh ga ega bo‘lishi ta’minlanmoqda.
Avtosavdo bazalari, do‘konlari-Avtomobillarni sotuvga tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanadi.
Avtota’mirlash korxonalari avtomobil yoki uning agregatlarini qayta tiklash bilan shug‘illanadilar. Ular avtomobillarni ta’mirlash va agregatlarni ta’mirlash zavodlari, agregatlarni(birikmalarni) markazlashgan holda ta’mirlash bazalari maxsuslashtirilgan avtota’mirlash ustaxonalari, shina ta’mirlash zavodlari kabilar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |