Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla
4.7. Moylash mahsulotlarini tashib kelish, saqlash va tarqatish
Moylash mahsulotlarini saqlashni va tarqatishni to‘g‘ri tashkil qilish, ularning sifatini saqlash, omborda bajariladigan operatsiyalar jarayonida moy sarfini kamaytirishni ta’minlaydi. Moylash mahsulotlarini markazlashgan holda tashib kelish, saqlash va tarqatish ko‘rsatilgan talablarni qoniqtiradi. Bunda moylar avtosisterna, bochka yoki maxsus sig‘imlarda tashib kelinadi, sisterna yoki boshqa sig‘imlarda maxsus omborxonalarda saqlanadi va quvurlar yordamida moylash postlariga yetkazib beriladi. Suyuq moylar avtomobil sisternalari yoki metall bochkalarda, surkov moylari esa–yog‘och yoki metall bochkalarda keltiriladi.
Ko‘pgina hollarda moy omborlari yerto‘laga joylashtiriladi, bu o‘z navbatida keltirilgan toza moylarning, hamda moylash postidagi ishlatilgan moylarning oqib tushishini ta’minlaydi. +uvurlarning uzunligini kamaytirish maqsadida omborlar imkoniyatga qarab moylash postlariga yaqinroq joylashtiriladi. Har bir turdagi moylash mahsuloti uchun alohida idish ajratiladi.
Suyuq moylar omborxonadagi idishlardan moylash postlariga siqilgan havo yoki nasos yordamida yetkazib beriladi.
Moylash mahsulotlari omborida kerosin, dvigatelni moylash tizimini yuvish suyuqligi, tormoz suyuqligi va antifriz uchun joy ajratiladi.
Moy omborida toza va ishlatilgan moylarni saqlash uchun sig‘imlar joylashtiriladi. Agar korxonada moylarni qayta ishlash ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ishlatilgan moylarni qayta ishlashga yuborish uchun avtosisternalarga quyish imkoniyati yaratiladi. +ayta ishlangan moylar alohida idishlarda saqlanadi. Moy shesternyali nasoslar yordamida uzatiladi. Hamma moy saqlash idishlari bug‘ yordamida isitiladi. Moylarni markazlashgan usulda tarqatish uchun ATK larda moylash ho‘jaligi tashkil qilinadi, uning shakli 4.4-rasmda keltirilgan.
Avtomobilning moylanadigan joylariga surkov moylari 5MPa bosim ostida shestrnyali nasos hamda moytarqatkichlar orqali yuboriladi. Past haroratda moyning qovushqoqligining kamayishini va uning haydashga qarshiligining oshishini inobatga olib, omborxonani isitish nazarda tutilgan. Ishlatilgan moylar moylash postidagi to‘kkichlar yordamida yig‘iladi va yertula ombordagi idishga o‘z harakati bilan oqib tushadi. U yerdan quvur orqali qayta ishlash uchun haydalib avtosisternaga quyiladi.
4.4-rasm. Avtokorxonalarda moylarni markazlashgan holda tarqatish va yig‘ish ho‘jaligining prinsipial shakli:
1-moy tarqatish kolonkasi; 2-ishlatilgan moylarni quyish uchun voronka; 3-to‘kish moslamasi; 4-moy miqdorini o‘lchovchi moslama; 5-transmissiya moyi uchun idish; 6-motor moyi uchun idishlar; 7-qayta ishlangan moy uchun idish; 8-ishlatilgan moy uchun idish; 9-nasos qurilmalari; 10-solidolni haydash uchun pnevmatik nasos; 11-salidol tarqatgich; 12-qo‘l solidol tarqatkichlarini to‘ldiruvchi nasosli bak; 13- ishlatilgan moyni harakatlanuvchi bochkalardan to‘kish uchun moslama; 14-amortizator suyuqligini to‘ldirish baki; 15-shlangali moylash, to‘ldirish moslamasi; 16-ishlatilgan moylarni yig‘ish uchun harakatlanuvchi bak.
Yong‘inga qarshi himoya talablariga muvofiq moy saqlash omborining poli betonlangan yoki metlax plitalari bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
Ko‘rib chiqilgan moy xo‘jaligi katta ATKlarda qo‘llash uchun muljallangan. Kichik ATKlarda harakatlanuvchi moy taqsimlovchi moylash-to‘ldirish jihozlari ishlatiladi. Bular o‘z navbatida moy xo‘jaligini zamonaviy darajada tashkil qilishga imkon beradi.