V BO‘LIM
AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISh VA JORIY TA’MIRLASh IShLARINI TAShKIL ETISh
Bu bo‘limda zamonaviy avtotransport tarmog‘i korxonalarining tavsifi, avtomobillarning ishlash qobiliyatini ta’minlovchi texnologik jarayonlarni umumiy tavsifi, avtomobil agregatlari va tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash texnologiyasi borasida ma’lumotlar berilgan.
5.1. Zamonaviy avtotransport tarmog‘i korxonalari tavsifi
Avtomobillar ishtirokidagi transport jarayonini tashkil etish, avtomobillarni saqlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, yonilg‘i-moy mahsulotlari va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil qilish uchun avtotransport tarmog‘i korxonalari muhim rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarish vazifasiga ko‘ra ular avtotransport, avtoxizmat va avta’mirlash korxonalariga bo‘linadi. Bu korxonalar o‘z navbatida xarakatdagi qismni texnik tayyor holda ushlab turuvchi va yuqori ishlab chiqarish unumdorligini ta’minlovchi ishlab chiqarish texnika negiziga ega bo‘lishi zarur.
Avtotransport korxonalari(ATK)-avtomobillarni saqlash, ularga TXK va ta’mirlash, harakatdagi qismni ehtiyot qismlar va avtoekspluatatsion materiallar bilan ta’minlash, yuk va yo‘lovchilarni tashish ishlarini amalga oshiradi.
Автотаъмирлаш
Автохизмат
Автотранспорт
+Т заводлари
Юк ташувчи Автомарказлар
Агрегатларни +Т заводлари
Автобус
ТХК
Шащар худудидаги
Устахоналар
Иш тури быйича махсуслаштирилган
Аралаш Йыл ё=асидаги
Dostları ilə paylaş: |