Axborot haqida tushuncha



Yüklə 3,46 Mb.
səhifə13/41
tarix24.07.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#137257
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Axborot haqida tushuncha

Savol va topshirqlar
1. Ekspert tizimlarning asosini nima tashkil etadi?
2. Mantiqiy ifodalar haqida gapirib bering.
3. Mantiqiy amallar va ularning bajarilishi xaqida ma’lumot bering?
4. Interfeys nima? Uning qanday nomlari mavjud?
5. Intellektual axborotni izlash tizimlari haqida gapirib bering.
6 .Hisoblash-mantiqiy tizimlar haqida gapirib bering.
7. Ekspert tizimlar xaqida gapirib bering.
6-Mavzu: Shaxsiy kompyutyerlar tasnifi va tarkibi.


Reja: 

  1. Shaxsiy kompyuterlar.

  2. Ko’chma kompyuterlar

  3. Suyuq kristalli displeylar.

  4. Portativ ishchi stasiyalar.

  5. Kompyuter bloknotlar.

Tayanch iboralar: Shaxsiy kompyuterlar, uning xususiyatlari, Ko’chma komp’yterlar, portative ishchi stansiyalar, ishchi stansiyalar tarkibiga kiruvchi YeHMlar.
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) — hammaboplik va qo’llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro YeHMlardir.
Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universallik talablarini qondirishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim:
individual xaridor uchun mos keladigan narxlarda;
atrof-muhit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi;
tuzilishining boshqarish, fan, ta'lim, turmush sohalarida turli ko’rinishda qo’llanishlarga moslashuvchanligi;
foydalanuvchining maxsus, kasbiy tayyorgarliksiz ishlashi imkoniyatini beruvchi operatsion tizimlar va boshqa «do’stona» dasturiy ta'minotlar;
ishlashning yuqori darajada ishonchliligi (buzilmasdan 5000 soatdan ortiq ishlashi).
Ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq biror masalani yangi axborot texnologiyasi doirasida samarali bajarish uchun qo’llaniladigan kompyuterning imkoniyatlarini bilish lozim. Ushbu imkoniyat haqidagi bilimlar kompyuterning konfiguratsiyasi tushunchasini tashkil etadi.
ShKlarni konstruktiv (tuzilmaviy) xususiyatlariga ko’ra quyi­dagicha tasniflash mumkin.



Ko’chma kompyuterlar shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan kenja sinfidir. Mutaxassislar fikricha, 1998 yilda foydalanuvchilarning 50% dan ko’prog’i aynan ko’chma kompyuterlardan foydalangan bo’lsa, 2000 yilga kelib bu ko’rsatkich 81% dan oshdi.


Ko’chma kompyuterlarning ko’pchiligi akkumulyatorlardan alohida (avtonom) ta'minlanadi. Ular tarmoqqa ulanishi ham mumkin. Videomonitor sifatida ularda yassi videoproektorli suyuq kristalli displeylar qo’llaniladi.
Suyuq kristalli displeylar (LCD - Liguid Crystal Display) faol (aktiv) va sust (passiv) matritsali bo’ladi. Sust matritsada ekranning har bir elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlar kesishgan joyga etib keladi.
Faol (aktiv) matritsali displey ancha murakkab va qimmat, biroq yaxshi sifat — barqaror, kontrast va tiniq tasvir berilishini ta'minlaydi.
Ko’chma kompyuterlar turli-tuman: ulkan va og’ir (15 kg gacha), portativ ishchi stantsiyalaridan to 100 gramm keladigan elektron yozuv daftarchasigacha bo’lgan ko’chma kompyuterlar mavjud.
Portativ ishchi stantsiyalar eng qudratli va yirik ko’chma ShKlardir. Ular ko’pincha chemodan shaklida tayyorlanadi va og’zaki tilda «Ko’chmanchi» deb ataladi. Ularning konfiguratsiyasi ko’chmas ShKlar ishchi stantsiyalari konfiguratsiyasiga o’xshash bo’lib, 800 MGts dan yuqori bo’lgan chastotali, kuchli mikroprotsessorga, 128 Mbaytdan yuqori sig’imdagi tezkor xotirali, 10 gigabayt diskli jamlaguvchilarga ega, 8 Mbaytdan yuqori videoxotirali interfeys va qudratli videoadapterlari bo’lgan kompyuterdir.
Mohiyatiga ko’ra ular tarmoqdan ta'minlanuvchi oddiy ishchi stantsiyalaridir, biroq tashki qobig’i(korpusi) ko’tarib yurish uchun qulay qilib tayyorlangan va yassi suyuq kristalli videomonitorga ega. Ular odatda modem va SD—ROMlarga, lokal hamda Internet tarmoqlariga ulanishi mumkin.
«Lap Top» turidagi portativ kompyuterlar «diplomat» hajmidagi kichik chemodanchalar ko’rinishida tayyorlanadi. Ularning og’irligi odatda 5—10 kg atrofida bo’ladi. Apparat va dasturiy ta'minot ularning eng yaxshi ko’chmas ShKlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishiga imkon beradi.
K ompyuter-bloknotlar (Note Book va Sub Note Book, shuningdek, ularni Omni Book — «har erda hozir» deb ham atashadi) stolda foydalaniladigan ShKlarning barcha vazifalarini bajaradi. Ular uncha katta bo’lmagan kitob hajmidagi mo’'jaz chemodancha (ba'zan olinadigan qopqoqli holda) ko’rinishida tayyorlanadi. O’z xususiyatlariga ko’ra ko’p jihatdan Lap Topga mos keladi, faqat o’lchami va bir qator kichik hajmdagi operativ va diskli xotirasi bilan farqlanadi.
Kompyuter-bloknotlarning ko’pgina modellari aloqa kanaliga va shunga muvofiq hisoblash tarmog’iga ulanish uchun modemlarga ega aloqani ta'minlaydi. Ular uncha katta bo’lmagan hajmdagi suyuq kristalli monoxrom va rangli displeylarga ega. Klaviaturasi har doim qisqa, Tpack Point va Tpack Pad turidagi manipulyatorlarga ega.
Cho’ntak kompyuterlari (Palm Top, bu «kaftdagi» degan ma'noni bildiradi) 300 gramm og’irlikka ega. Tipik o’lchamlari yig’ilgan holatda 150Ѕ80Ѕ25 mmdir. Ular to’laqonli shaxsiy kompyuterlar bo’lib, mikroprotsessor, operativ va doimiy xotira, odatda monoxrom suyuq kristalli displey, ixcham klaviatura, ko’chmas ShKga axborot almashuv maqsadlarida ulanish uchun port bo’limlariga ega.
Yelektron kotiblar (PDA-Personal Digital Assistent, ularni ba'zan Hand Help — qo’l yordamchisi deb atashadi) cho’ntak kompyuteri shakliga ega (og’irligi 0,5 kg dan ortiq emas), birok Palm Top ga nisbatan keng funktsional imkoniyatlarga ega (xususan: nomlar, manzilgohlar va telefon raqamlarini saqlovchi elektron ma'lumotnomalar, kun tartibi va uchrashuvlar, joriy ishlar ro’yxatlari, xarajatlar yozuvlari va boshqalar haqidagi axborotni tashkil qilishga yo’naltirilgan apparat va maxsus dasturiy ta'minot), maxsus matnli, ba'zan esa grafik muharrirlik, elektron jadvallar tayyorlaydi.
Ko’pgina elektron kotiblar modemlarga ega va boshqa ShKlar bilan axborot almashishi mumkin. Hisoblash tarmog’iga ulanganda esa elektron pochta va fakslarni olish hamda jo’natish mumkin. Ulardan ba'zilari xatto avtomatik raqam teruvchilarga ega. Yelektron kotiblarning yangi modemlari boshqa kompyuter qurilmalari bilan masofadan simsiz axborot almashish uchun radiomodem va infrakizil portlar bilan jihozlangan.
Yelektron yozuv daftarchalari (organizer — organayzerlar) ixcham kompyuterlarning «eng engil sinfi»ga kiradi (bu sinfga ulardan tashkari kalkulyatorlar, elek­tron tarjimonlar va boshqalar kiradi); ularning og’irligi 200 grammdan oshmaydi. Organayzerlar foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilmaydi, biroq sig’imli xotiraga ega. Unga zarur axborotni yozish va uning yordamida maxsus matnni tahrir qilish, ish xatlari, bitim, shartnomalar matnlari, kun tartibi va ish uchrashuvlariga tegishli matnlar saqlanishi mumkin.

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin