Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

kriptografiya
va 
kriptotahlil
dan iborat. 
Kriptografiyaning
vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini 
ta’minlashdan iborat. 
Kriptotahlilning
vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan 
himoya tizimini ochishdan iborat. 
Kriptografiya
– axborotni noqonuniy foydalanuvchilardan himoya qilish 
uchun uni o‘zgartirish usullari (shifrlash) haqidagi fandir. 
Kriptotahlil (kriptoanaliz) – 
shifrlarni ochish usullari va metodlari (va ularni 
amalda qo‘llash) haqidagi fandir (shifrlarga hujum). 
Kriptografiya axborotni himoyalash vositasi, shuning uchun u axborot 
xavfsizligini 
ta’minlashning 
bir 
tarmog‘i 
hisoblanadi. 
Kriptologiyaning 
rivojlanishini uchta bosqichga ajratish mumkin. 
Birinchi bosqich
– kriptologiyani fan sifatidan e’tirof etilmagan davri, tor 
doiradagi qiziquvchilarga xos faoliyat turi bo‘lgan.
Ikkinchi bosqich
– 1949 yildan boshlanib, K.Shenonning «Maxfiy tizimlarda 
aloqa nazariyasi» nomli risolaning chop etilishi bilan bog‘lanadi. Bu risolada 
shifrlashning fundamental ilmiy tadqiqoti va uning mustahkamligi yoritib berilgan. 
Bu kitobning chop etilishi kriptologiya amaliy matematikaning tarkibiy qismi 
sifatida shakllanishiga asos bo‘lgan.
Uchinchi bosqich
– 1976 yilda U.Diffi va M.Xellman tomonidan 
«Kriptografiyaning yangi yo‘nalishlari» nomli asarning chop etilishi bilan 
belgilanadi. Unda maxfiy aloqa, yopiq kalitni avvaldan bermasdan ham, amalga 
oshirish mumkinligi bayon etilgan. Ushbu sanadan boshlab to hozirgi kungacha 
an’anaviy klassik kriptografiya bilan bir qatorda ochiq kalitli kriptografiyaning 
intensiv rivojlanishi davom etmoqda. 


89 
Kriptografik tizimning maqsadi boshlang‘ich tushunarli matnni shifrlash 
natijasida, butunlay tushunarsiz ko‘rinishga yani shifrlangan matnga (shifrmatn, 
kriptogramma, shifrogramma) o‘tkazishdir. Oluvchi, ya’ni kimga mo‘ljallangan 
bo‘lsa usha shifrmatnni deshifrlashi va unga mos dastlabki matnni tiklay olishi 
kerak. Bunda dushman (kriptoanalitik deb ham ataladi) boshlang‘ich matnni ocha 
olish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi kerak. 
Shifrmatnni ochish va deshifrlash (дешифрование) o‘rtasida ancha katta farq 
bor. Kriptotizimni ochish kriptoanaliklar mehnati mahsuli bo‘lib, u berilgan 
kriptotizim yordamida shifrlangan matnni ochiq matnga aylantirish imkoniyatiga 
egadir. Kriptotizimni ocha olmaslik darajasi ya’ni kalitni bilmasdan uni ocha olish 
turg‘unligi uning 
barkarorligi 
(turg‘unligi) deb ataladi. 
Kriptografiya nuqtai – nazaridan shifr – bu kalit demakdir va ochiq 
ma’lumotlar 
to‘plamini 
yopiq 
(shifrlangan) 
ma’lumotlarga 
o‘zgartirish 
kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi. 
Kalit
– kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir parametrlarining 
maxfiy holati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga 
nisbatan 
ishlatiladigan 
asosiy 
ko‘rsatkich 
bo‘lib, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin