Axborot kommunikatsion texnologiyalar


Axborot xavfsizligi sohasidagi



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/82
tarix19.06.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#132647
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
Axborot kommunikatsion texnologiyalar

Axborot xavfsizligi sohasidagi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari: 

“Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 1993; 

“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 1997; 

“Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 1999; 

“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2000; 

“Axborot erkinligini prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” T: 
“O‘zbekiston” 2002; 

“Elektron tijorat to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2004; 

“Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2004; 

“Elektron rakamli imzo to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2004; 


16 

“Axborotlashtirish to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2004; 

“Elektron to‘lovlar to‘g‘risida” T: “O‘zbekiston” 2005; 

“Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof 
harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik” T: “O‘zbekiston” 2007; 

“Elektron hukumat” T: “O‘zbekiston” 2013. 

“O‘zbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va 
jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil 
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2017 yil 17 oktyabrdagi 838-sonli qarori. 
Axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli, 
kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal 
etishda huquqiy, ma’muriy, protsedurali va dasturiy-texnik choralar qo‘llaniladi. 
Ma’lumotlar butunligi - axborotni yo‘qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, 
shuningdek ma’lumotlarni mualliflik xuquqi bo‘lmagan holda hosil qilish yoki 
yo‘q qilishdan himoya qilish. 
Axborotning konfidentsialligi. Axborot va uning tashuvchisining holatini 
belgilaydi va unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz 
hujjatlashtirishning (nusxa ko‘chirishning) oldini olish ta’minlangan bo‘ladi. 
Foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar 
axborotdan foydalana olishliklari. 
Ta’kidlash joizki, ayrim faoliyat sohalari (bank va moliya institutlari, axborot 
tarmoqlari, davlat boshqaruv tizimlari, mudofaa va maxsus tuzilmalar) ularda 
ko‘riladigan masalalarning muhimligi va xarakteriga ko‘ra, ularning axborot 
tizimlari faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va xavfsizlik bo‘yicha 
maxsus choralar ko‘rilishini talab etadi. 
Axborot xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rni. XXI asrda shaxs, 
jamiyat va davlat taraqqiyotida axborot resurslari va texnologiyalarining rolini 
ortishi natijasida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat 


17 
sifatida ko‘rish masalasini hal etish bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlikni 
ta’minlash tizimida axborot xavfsizligining etakchi o‘rin egallashini belgilaydi: 

milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash 
axborot va axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi; 

inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik 
qilish - bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari, balki xavfsizlik 
sohasidagi barcha xavfsizlik obyektlarining asosiy elementlari hamdir; 

axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali 
milliy xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin; 

milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tavsifiga ega. 
Yuqoridagi fikrlarning tasdig‘i sifatida yurtimizda hukumat tomonidan 
axborot xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda. Shuningdek, hozirda 
alohida axborot xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan markaz ham 
faoliyat yuritmoqda.
Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Axborot xavfsizligi va 
jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi” davlat muassasasi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston 
Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-1989-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, 
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzurida 
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini 
ta’minlash markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 250-sonli 
qarorlariga muvofiq tashkil qilingan. 
Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi kompyuter hodisalari bo‘yicha 
axborotni yig‘ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini ta’minlashga texnik va 
konsultativ yordam berish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona davlat muassasasi 
hisoblanadi. 
Markaz faoliyatining asosiy maqsadi – iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va 


18 
sohalarida axborotni muhofaza qilishning zamonaviy vositalari va metodlarini 
yanada rivojlantirish va keng joriy qilishni ta’minlash, shuningdek, Internet milliy 
foydalanuvchilarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarini axborot xavfsizligiga tahdidlar to‘g‘risida ogohlantirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 oktyabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga 
ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 838-
sonli qaroriga asosan, quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilangan: 
­ axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, davlat organlari axborot tizimlari, resurslari va 
ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni 
ta’minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni operativ qabul 
qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish; 
­ axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalanish 
sohasida 
huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa 
tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish; 
­ qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar 
makonidagi 
ruxsatsiz 
yoxud 
buzuvchi 
harakatlarni 
amalga 
oshirishda 
foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda telekommunikatsiyalar 
tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari 
bilan hamkorlik qilish; 
­ amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini 
attestatsiyadan o‘tkazish; 
­ davlat organlariga axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi 
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish; 
­ davlat axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek 
Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi 
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 
­ Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida 


19 
axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor 
qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha maslahat xizmatlari 
ko‘rsatish; 
­ Jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash tizimini to‘laqonli tashkil 
etish maqsadida “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini ichki ishlar 
organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari hamda 
“Elektron hukumat” tizimlariga integratsiya qilinishi sharti bilan yaratish; 
­ “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish va 
keyinchalik uni butun respublika hududi bo‘yicha joriy etish konsepsiyasini ishlab 
chiqish; 
­ jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida faoliyatning 
samaradorligi va tezkorligini oshirish uchun yagona navbatchi-dispetcherlik 
xizmati va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish; 
­ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yangi texnologiyalardan 
foydalangan holda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida 
tegishli qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari hamda qoidalarni 
ishlab chiqish; 
­ belgilangan vazifalarga muvofiq axborot xavfsizligi va jamoat huquq-
tartibotini profilaktika qilish va ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil 
qilish. 

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin