1.1-rasm. Xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborotlar o‘zining hayotiy davriga
ega bo‘ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo‘lmaganda
yo‘qotishdan iboratdir (1.2-rasm). Axborotlar hayotiy davrining har bir bosqichida ularning himoyalanganlik
darajasi turlicha baholanadi. Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng
muhim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning
mulki huquqlarini himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy
iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo‘lgan
Xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari Axborot xavfsizligi. Axborot
xavfsizligining
dolzarblashib
borishi,
axborotning strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy
davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda turli xildagi
axborot tizimlari tashkil etib, axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning
turli jabhalarida keng qo‘llanilmoqda (iqtisod, fan, ta’lim, harbiy ish, turli
texnologiyalarni boshqarish va h.k.)
Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta
ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan Yangi tarmoq
vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi yangi iqtisodiy kategoriya bo‘lib
xizmat qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot
xavfsizligiga xam ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni
shakllantirish va uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib borish
natijasida milliy iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo‘lmoqda.
Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy obyektlaridan
bo‘lib, mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot resurslari
hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar juda
ham kompyuterlashtirilib yuborildi. Shuning uchun ham ularga axborot qurollarini
qo‘llash ehtimoli katta.