«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»


Axborotlarni taqdim etish tizimining rivojlanishi



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

Axborotlarni taqdim etish tizimining rivojlanishi. 
Aytish 
mumkinki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bir necha 
million yillar avval odamzod o ‘rtasida ilk bor o ‘zaro muloqatga 
kirishish usullari (turli tovushlar chiqarish, imo-ishora, hatti- 
harakatlar qilish) paydo bo‘lishi bilan birga yuzaga kelgan deb 
aytish mumkin. Bunda axborot almashinuvi faqat yakka shaxslar 
o‘rtasidagina amalga oshirilgan. Nutq paydo bo‘lishi bilan birga 
(taxminan 100 ming yil oldin) odamlar miyasida axborot to‘planishi 
imkoniyati yuzaga keldi.
Keyingi bosqichda, y a’ni yozuvning paydo bo‘lishi (5-6 ming 
yil avval) insoniyatning umumiy, jam oa xotirasining yuzaga 
kelishiga sabab bo‘ldi.
Aynan yozuvning paydo bo‘lishi axborotlami to‘plash, uzatish, 
qayta ishlash, saqlash va yetkazish kabi to‘liq jarayonni amalga 
oshirishga imkoniyat yaratib berdi. Bu imkoniyat tufayli ax­
borotlami moddiy tashuvchilarda qayd etila boshlandi.
Axborot tizimi va texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan 
kommunikatsiya vositalari bilan bog‘liq.
Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. 
Axborot-kommuni­
katsiya texnologiyasining rivojlanishi axborotlami taqdim etish 
tizimidan tashqari, axborot-kommunikatsiya vositalarini takomil- 
lashtirish bilan b o g iiq edi. Ular axborotning nomoddiy tashuvchisi, 
y a’ni nutq paydo bo lgandan so‘ng yuzaga kelgan. Buni axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi tarixidagi ilk 
«portlash» deb baholash mumkin edi. Taraqqiyotning keyingi fazasi 
- qog‘oz kashf qilingunga qadar axborotlaming moddiy tashuvchi 
vositalari o‘zgarib bordi. Y a’ni, so'zlami toshga o ‘yib yozish orqali
32


birinchi marta axborotni ko‘z bilan ko‘rib qabul qilish imkoniyati 
yuzaga keldi. Eramizdan awalgi to‘rtinchi ming yillikda awaliga 
loydan, so‘ng yog‘ochdan yasalgan tablichkalarga yozishga o‘tiIdi 
va bu axborot-kommunikatsiyalarga dinamik mazmun kasb etdi. 
Papirosning kashf etilishi axborot tashish vositasining hajmini 
oshirdi va unga bo‘yoq qoMlash imkoniyati mavjudligi bois aha- 
miyati ham oshib bordi. Pergamentning paydo bo‘lishi (eramizdan 
awalgi III-asr) bilan esa yangi axborot «portlashi» ro‘y berdi: 
axborotning eng maqbul tashuvchisi - kitob yuzaga keldi (IV asr).
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qog‘oz fazasi V 
asrdan boshlanadi. Bu paytda qog‘oz (II asrda Xitoyda kashf etilgan) 
Yevropa mamlakatlarining sanoat ishlab chiqarish obyektiga 
aylangan edi. Shundan keyingi davr axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari rivojlanishida katta ro’l o‘ynadi. Shundan so‘ng 
savdo va hunarmandchilik rivojlangach shabar pochtasi, XV asrdan 
boshlab esa xususiy pochta (G‘arbiy Yevropa), XVI-XVII asrlarda 
markaziy qirollik pochtasi (Frantsiya, Shvetsiya, Angliya va 
boshqalar ) yuzaga keldi. Ushbu barqaror kommunikatsiya tufayli 
axborot faoliyatiga yanada ko‘proq odamlar jalb etilmoqda va u 
yirikroq mintaqalami qamrab olmoqda.
Germaniyada kitob chop etilishining kashf etilishi (XV asr 
o'rtasida) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi jara- 
yonida kashfiyot bo‘ldi. Bu hoi unga ommaviylik olib keldi. 
Mohiyatan bu tabiatshunoslikda ilmiy-texnik taraqqiyotining yangi 
bosqichi bo‘lib qoldi. Ilmiy-texnik atamaning paydo bo‘lishi 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida sifat o'zgarishini, ko'p 
nushada kitob, jumal, gazeta, geografik xarita, texnik chizmalaming 
chop etilishi esa miqdor o‘zgarishini keltirib chiqardi.
XIX asr oxiridagi texnik inqilob bilan bog'liq axborot-kom- 
munikatsiya texnologiyalari rivojlanishidagi yangi bosqich barqaror 
xalqaro kommunikatsiya shakli sifatida pochta aloqasining yuzaga 
kelishi bilan izohlanadi. Ayni davrda fotografiya (1879-y.), telegraf 
(1832-y.), telefon (1876-y.), radio (1895-y.) kashf qilingan edi. 
Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
rivojlanishida 
foy- 
dalanuvchi uchun qulay shaklda axborotlami olish, saqlash va tezda 
uzatishning umumjahon tizimini yaratish davri yuzaga keldi. Bu esa 
axborotlami texnik, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning hara-
33


katlanuvchi kuchiga aylantirdi, hamda zamonaviy texnik inqilob 
bosqichida uning yetakchilik kuchini belgilab berdi. Natijada uzoq 
yillar davomida jam iyatda juda katta hajmda axborot to‘planib 
qolishi va undan oqilona foydalana olmaslik masalasini hal etish 
imkoniyati yuzaga keldi.
Axborot ham mazmun, ham miqdor jihatidan insoniyat iste’mol 
qiladigan eng qimmatli mahsulotlardan biriga aylandi. Axborot 
inqilobining taraqqiyoti XX asr ikkinchi yarmida yangi bosqichga 
keldi. Bu davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanib 
qog‘oz o‘mini texnik vositalar egalladi. Endi axborotlami uzatish 
(elektromagnit to ‘lqinlar yordamida) tezligi og‘zaki nutqqa nisbatan 
million marta ortib ketdi.
Intiutsiyasi (ekspert tizimi) ishlab chiqarish kuchiga aylandi, 
sun’iy intellekt esa texnik taraqqiyotning sifat jihatidan yangi 
vazifalarini hal etish imkoniyati yuzaga keldi. Mashinaviy dinamik 
axborot tizimlarining alohida ahamiyati jam iyat hayotida eng oldingi 
rejaga yanada zamonaviy EHM va u bilan bog'liq texnologiyalami 
yaratish muammosini qo‘ydi. Insonlar o‘rtasida (endilikda inson va 
mashina o‘rtasida) o ‘zaro axborot harakati mexanizmining rivoj- 
Ianish tarixi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini barcha ilm 
sohalari rivojlanishining yagona integratsiya tizimi sifatida tu- 
shunishga asos beradi.
A vtom atlashtirilgan axborot texnologiyalari evolyutsiyasi. 
XX asming 50-yillarida EHMning paydo b o iish i va ulardan 
foydalanish imkoniyatining jadal oshib borishi bilan mehnatni 
avtomatlashtirish, axborot mahsulotlari va xizmati bozorining 
yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. AATning rivojlanishi axborotlami 
qayta ishlash va uzatish bo‘yicha yangi texnik vositalaming paydo 
boMishi, EHMdan foydalanishning tashkiliy shakllarini takomil- 
lashtirish, infratuzilmani yangi kommunikatsiya vositalari bilan 
boyitish bilan bir qatorda kechdi.
EHM avlodlari almashuvi ro‘y berdi. Bu EHMning asosiy 
texnik foydalanish va iqtisodiy parametrlari, birinchi navbatda 
samaradorlik, xotira hajmi, ishonchliligi, gabarit o ‘lchami va narxi 
kabi omillar o‘zgarishi bilan bog‘liq edi. Mashina orqali echish 
uchun vazifalami tayyorlash ish hajmini kamaytirish, insonning 
EHM bilan aloqasini yengillashtirish hamda EHMdan foydalanish
34


samaradorligini oshirish EHM rivojlanishining asosiy omili edi va 
shunday bo‘lib qolmoqda.

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin