EHMlar birinchi avlodining (XX asr 50-yillari) element
bazasini elektron chiroqlar tashkil etar edi. Bunday mashinalar
an’anaviy tarkib chizmasiga mos holda, bir-biriga qat’iy bog‘liq
asosiy qurilmalar to‘pla-midan (ariftnetik-mantiqan, eslab qoluvcbi
boshqaruv qurilmasi va kirish-chiqish qurilmasi) iborat bo‘lgan.
Dasturlar mashina tilida tuzilgan. Har bir foydalanuvchi o ‘z
ixtiyoriga EHMni m a’lum bir vaqtga olib, usha vaqtning bir qismi
dastumi to ‘g‘rilashga ketar edi. Dasturiy ta’minot asosan standart
kenja dasturlardan iborat bo‘lgan. 0 ‘sha paytda EHMdan ilmiy va
muhandislik bo'yicha eskicha masalalami echishda foydalanishgan.
Birinchi avlod mashinalari nisbatan keng o ‘lchami, energiyani ko‘p
sarflashi, sustroq harakatlanishi va ishonchliligining pastligi bilan
ajralib turadi.
Ikkinchi avlod EHMlar yarim o ‘tkazgichlarga asoslanib, XX
asming 50-yillari oxiri va 60-yillar boshlarida yaratilgan.
Mazkur EHMlar avlodi markazlashmagan holda kirish-chiqish
boshqaruv xususiyatiga ega bo‘ldi. Bu turli tashqi qurilmalaming
markaziy protsessorga osongina ulanish imkoniyatini berdi. Kirish-
chiqish qurilmasini to‘plami ko‘paydi, tashqi hajmda qurilmasining
hajmi kengaydi. Dasturiy ta ’minot sezilarii darajada kengaydi.
Uning tarkibiga algoritmik tilli translyatorlar, operatsion tizimlari
kira bordi. Ayni paytda bir das turli EHMlar bilan birga ikki dasturli
EHMlar ham paydo bo‘ldi. Ular bitta protsessor bilan mashinalar
asosiy qurilmalarining parallel ishlashini tashkil etish hisobiga bir
nechta dasturlami birgalikda amalga oshirish imkonini beradi.
EHMlaming ikkinchi avlodi nafaqat muhandislik va ilmiy
vazifalami, shuningdek, keladigan hamda chiqadigan katta hajmdagi
axborotlari bilan farqlanuvchi iqtisodiy, axborot masalalarini ha!
etishda ham qo‘Uanila boshlandi. Ulaming nisbatan takomillashgan
element bazasi sezilarii darajada protsessoming tezroq hara-
katlanishiga va xotira hajmini oshirishga, EHM o‘lchami qisqarib
energiya sarfning kamayishiga imkon berdi. Bunga ko‘p darajada
axborotlami bosib chiqarish montajining qo‘llanishi sabab bo‘ldi.