«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»
EHMlarning uchinchi avlodi - 60-yillar oxiri va 70-yillar
boshlarida paydo bo'ldi. Ushbu mashinalar integral holda ishlay-
35
digan yarim o ‘tkazgichlar asosiga qurilgan. Integral sxema ancha
murakkab
tranzistorli
sxemaga
raos
tugallangan
mantiqiy
fiinktsional bloklami ifodalaydi. Ushbu sxemalarning qo‘llanilishi
EHMlar o‘lchamining keskin qisqarishiga, ishonchliligi unum-
dorligining oshishiga olib keldi. Bunga ko‘p qatlamli pechat qilish
montajining qo‘ilanishi k o ‘mak berdi. Ayni turdagi EHMlar
mashinalar tuzilmasining nomarkazlashuv tendensiyasi davom
etishiga olib keldi. Shundan keyin bir necha, jumladan ixtisos
lashgan protsessorli hisoblash tizimlari keng qo‘llanila boshlandi.
Tashqi qurilmalar nomenklaturasi o'zgardi. Ulaming tarkibida
asosiy o ‘rinni terminal va terminal stantsiyalar, katta hajmni sig'dira
oladigan magnitli disklar egallaydi.
Ta’kidlash joizki, bu davrda EHMning mantiqiy tuzilmasi bilan
bog‘liq bo‘lgan tavsiflar majmuini anglatuvchi EHM «arxitekturasi»
atamasi joriy etildi. «Arxitektura» tushunchasiga EHM elementlari
(apparatura va dasturiy ta’minot), foydalanuvchi nuqtai nazaridan
EHM xususiyatini belgilovchi elementlar o‘rtasidagi aloqa va o'zaro
harakatlar tamoyillari kiradi. Uchinchi avlod EHMda ilk bor
EHMlar oilasini yaratishga nisbatan arxitektura jihatdan yagona
yondashuv qo‘llanilgan. Bunday yondoshuv birinchi galda bir oila
tarkibiga kiruvchi EHM modellarining yagona konstruktorlik-tex-
nologik bazasi va dasturiy muvoffiqligini anglatadi.
Dasturiy ta ’minot va birinchi galda operatsion tizimlaming roli
kuchaydi. Operatsion tizimlarining rivojlanishi mashinalaming turli
rejimda paketlami qayta ishlash, vaqtni bo‘lish, so‘rov-javob rejimi
ishlarini boshqarishni ta’minladi. Aytish joizki, dasturiy ta’mmot
qiymati tufayli apparaturalar narxi oshdi.
Ushbu avlod mashinalarida ularga uzoq masofada bo‘lgan
abonentlarning bevosita kira olish imkoniyati kengaydi. Abonent-
laming EHMlar bilan muloqati mashina-axborot aloqa kanallari
(telegraf, telefon, radioaloqa va hakazo) bilan bog‘Iiq abonent
punktlarining rivojlangan tarmog‘i hisobiga amalga oshiriladi.
EHMdan foydalanish sohalari ancha kengaydi. Masalan,
samarali ishlash nuqtai nazaridan mumkin bo'lm agan vazifalar
borasidagi cheklashlar deyarli yo‘q bo‘ldi. Ulardan foydalanuvchilar
o ‘rtasida vaqtni avtomat ravishda aniqlash rejimidagina emas,
36
boshqaruvchi tizim tarkibida vaqtning aniq bir koMamida ham
ishlashga qodir universal m ashinalar sifatida foydalanila boshlandi.