«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»


Bankning avtomatlashtirilgan axborot boshqaruv



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

18.3.Bankning avtomatlashtirilgan axborot boshqaruv
tizimining tuzilishi
Boshqaruvning eng oddiy tuzilishi 
to'g'ri chiziqlidir,
bunda 
bank boshqaruviga bo‘limlar bevosita bo‘ysinadilar. Bu bankni 
samarali to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqarishi muqarrar, yaqqol va ko‘zga 
ko‘rinadigan tuzilishini beradi. Bunda asosiy boshqaruv yoki 
boshqarish vazifasini boshqaruv va bo‘linmalar rahbarlari o‘rtasida 
taqsimlashni ko‘zda tutadi.
Boshqaruvni shtabli
tashkil qilish murakkabroq bo‘ladi, bunda 
boshqaruvda bajarilayotgan boshqaruv vazifalarining bir turligi 
tamoyili bo‘yicha bo‘limlami birlashtiruvchi departamentlarga 
bo‘ysinadilar. 
Masalan, 
marketing 
departamenti, 
valyuta 
operatsiyalari departamenti va boshqalar. SHtablar o‘rtasida bosh­
qaruv vazifalarini taqsimlanishi yuqori bosqichda sodir boiadi. 
Bunday tashkil qilishda bir tomondan boshqaruv muammolarini ko‘p 
sonli mutaxassislar o‘rtasida taqsimlashga, boshqa tomondan 
xodimlami ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga va shunday qilib 
boshqaruv sifatini oshirishga imkoniyat paydo bo‘ladi.
To'g'ri 
chiziqli shtabli
boshqaruv 
tuzilmasi 
yanada 
murakkabroq bo‘ladi, bunda depozit, kredit, investitsiya va boshqa 
operatsiyalarning bajarilishini ta’minlovchi bo‘limlar yuridik va 
jismoniy shaxslaming har hil guruhlariga xizmat ko'rsatuvchi oraliq 
bosqichdagi boshqaruvga bo‘ysinadilar. Ulaming o‘zlari o‘zlarining 
mahalliy maqsadlarini belgilashlari mumkin, ammo bankning global 
boshqarish maqsadlariga bo'ysinadilar. Keyingilarga quyidagilar
447


kirishi mumkin: yo‘l qo‘yiladigan havf-xatarda eng katta foydani 
olish, shaxsiy likvidlami oshirish va boshqalar. Shuning bilan bir 
vaqtda bunday tuzilishda bajarilayotgan boshqaruv vazifalarini bir 
turliligining tamoyili bo'yicha ajratilgan boshqaruv elementlari 
saqlanib qolishi mumkin. Tashkil qilishning bunday tizimi 
boshqaruvni murakkablashtiradi va qimmatlashtiradi, ammo uning 
sifat darajasini oshiradi.
Mamlakatimizdagi turli hildagi tijorat banklaridagi (ТВ) turli- 
tuman boshqaruv tuzilmalari hammadan oldin ulaming davom 
etayotgan rivojlanishi va vujudga kelishi bilan bog‘liqdir. ТВ 
boshqamvi tuzilishiga 18.3-rasmda keltirilgan tuzilma misol bo'lishi 
mumkin.
TBning boshqaruvi
bankning yuqori organi bo'ladi, u strategik 
boshqa-mvni amalga oshiradi: iqtisodiy tahlilning m a’lumotlari va 
buxgalteriya 
hisobotining 
m a’lumotlari 
asosida 
bankning 
traektoriyali maqsadlari va siyosatini belgilaydi; ulami bundan 
keyingi detallashuvi va tegishli bo'lim lar tomonidan bajarilishi 
uchun departamentlarga yetkazadi; bank tomonidan yuritilayotgan 
siyosatning umumiy nazariyasi nazoratini amalga oshiradi, iqtisodiy
448


vaziyat o‘zgarganda uni qayta ko'rib chiqadi, hamda bank 
portfelining holatini nazorat qiladi. Boshqaruv qo^italam i tashkil 
qiladi, ular bankning strategik rahbarligini qo‘llab-quwatlashini 
ta’minlaydilar, boshqaruv tizimidagi har hil bo‘limlar ishini 
muvofiqlashtiradilar. Bankning kattaligi va uning ehtiyojlariga ko‘ra 
boshqaruv a’zolari tomonidan boshqariladigan quyidagi qo‘mitalar 
tashkil qilinadi: kredit, taftish, ijroiya, ishonch operatsiyalari va 
boshqalar.
Kredit qo'mitasi
kreditlash yoki belgilangan limitlami olib 
ketishining barcha hollarida, hamda ulami belgilash bo‘yicha 
xulosalar beradi. U qarz foizlari stavkalarining miqdori va 
kreditlaming muddatlari va turlari bo‘yicha tuzilishi bo'yicha 
tavsiyalami ishlab chiqadi.
Taftish qo ‘mitasi
o‘z kuchi bilan, yoki tashqi auditorlami jalb 
qilish bilan muntazam ichki auditorlik tekshirishlarini ta’minlaydi.
Ijroiya qo'mitasi
iqtisodiy tahlilni (bank maqsadlarining 
bajarilishi, foydalilik, likvidlilik va boshqalami) o‘tkazishini, bank 
faoliyatini baholashini ta’minlaydi, ulaming natijasida asosiy 
iqtisodiy ko‘rsatkich-lar tahlil qilinadi va maqsadlar track- 
toriyasining bajarilishi kuzatiladi. Bankning rivojlanish va marketing 
departamenti qoidaga ko‘ra ikkita bo‘limni o‘z ichiga oladi. 
Rivojlanish bo‘limi tashqi vaziyatning tahlilini amalga oshiradi va 
uni bankning ichki vaziyatini baholash bilan moslashtirib, bank 
siyosati va bozordagi xizmatlarini ilgari surishning yo‘nalishlarini 
tayyorlaydi. Bu yechimlar bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 
asosiy maqsadlar bilan moslashtirilishi kerak.
ADP bozorining tahlili shuni ko‘rsatadiki, mujassamlashgan 
BnAATning tizimchalari va vazifalarini amaliy ajratilishi ulami bir 
vaqtda uchta alomat bo‘yicha: 
boshqaruv tuzilishi, mablag ‘larni
о ‘zgartirish va boshqaruv vazifalari
bo‘yicha hisobga oladi. Bunda 
vazifalaming bir qismi har hil texnologiyalar tomonidan amalga 
oshiriladi, turli-tuman AIJ o‘rtasida taqsimlanadi va qaytarilmaydi, 
ba’zi bir vazifalar esa vazifaviy oshiqlikda bo‘ladi va ishlab 
chiqishda bir vaqtda bir necha AlJlarda mavjud bo‘ladi va tegishli 
ravishda sozlanadi, tarkiban joylari o‘zgartirilgan bloklar shaklida 
bajarilgan 
ba’zi 
bir 
universal 
texnologiyalar 
ko‘rinishida 
rasmiylashtariladi.
449


Ko'pgina BnAATda bank texnologiyalari dasturiy mahsulotga 
qat’iy qurilgan bo‘ladi. Shuning uchun foydalanuvchi menyudan 
foydalanib, undan chetga chiqish imkoniyatiga ega emas va hamma 
vaqt dasturlashtarilgan dialog yo‘li bo'yicha boradi, uning to‘g‘riligi 
amalda to‘liq ishlab chiquvchiga bog'liq. Bunda har xil mahsulotlar 
ulaming texnologik moslashuvining har hil darajasiga ega va 
ko‘pchilik hollarda bunday sozlash mutaxassis tomonidan 
installyatsiya («o'matish») jarayonida o'tkaziladi.
Shunday dalilni ta’qidlash kerakki, ko'pgina BnAATlarda faqat 
tizimni ishlab chiquvchilar nuqtai nazaridan eng asosiy, eng muhim 
vazifalar avtomatlashtirilgan. Bunga ba’zi bir xizmatlami: lizing, 
kartochkali xizmatlar (yoki tashkiliy tuzilmaning elementi)ni 
yo'qligi, 
ammo 
har bir bankda yechiladigan 
boshqaruv 
vazifalarining borligi bashorat qilish va rejalashtirish asosi boiib 
xizmat qiladi.

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin