«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

18.5. 
Banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
dasturiy ta’minlanishi
Banklar tomonidan 2012 - 2016-yillarda axborot tizimlari va 
texnoiogiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom ettirildi. 
Xususan, 
2012-yil 
21-martda 
kuchga 
kirgan 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining PQ-1730-sonli qarori hamda uning 1- 
ilovasiga asosan respublika miqyosida, jumladan banklar tizimida 
ham o ‘tgan yillar davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnoiogiyalarini yanada takomillashtirilgan holda joriy etish va 
rivojlantirish 
chora-tadbirlari 
ishlab 
chiqildi 
hamda 
ulami 
bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha faoliyat olib borildi.
Bankning global hisoblash tarmog‘ida 300 dan ziyod tuzilmalar 
mavjud bo‘lib, ulaming 3 ming 800 ta ishchi stansiyalari real vaqt 
rejimida bankning Markaziy apparatida joylashgan yagona balans 
bazasi orqali o ‘z mijozlariga hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatmoqda. 
Shuni ta’kidlash joizki, banklar respublikaning agrar sektoriga 
xizmat ko'rsatuvchi eng yirik banklardan biri hisoblanib, uning 
m a’lumotlar bazasi hajmi 8 Terrabaytni tashkil etadi. Qurilgan 
axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi esa bank tizimida taq­
simlangan moliyaviy axborotni qayta ishlovchi “OLAP” texno- 
logiyalarini amalga oshirishning klassik variantidan iboratdir.
Keyingi 2013 - 2016 yillarda banklar qog‘ozsiz texnologiyalami 
rivojlantirish borasida ham bir qator ishlami amalga oshirdi. 
Jumladan, elektron hujjat aylanish tizimi ishi kengaytirilib, hozirda 
ushbu tizimda 540 ta foydalanuvchilar qayd etildi. Hozirgi kunda 
ushbu dastur ta’minotini hududiy boshqarmalar ish jarayoniga tatbiq 
etish hamda ushbu dastur funksiyalarini kengaytirish bo‘yicha ishlar 
amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bank maxalliy va davlat 
organlari orasida hujjat aylanish tizimiga ham ulanib (e-XAT tizimi), 
hozirda uning faol ishtirokchisiga aylandi.
Tizimga o ‘zi boruvchi yuklama sharoitlarida unumdorlikni 
qo ‘ llab-quvvatlashni ko‘pgina qudratliroq apparatli platformaga 
o‘tish zarurligiga olib keladi. Shuning uchun ham bazali vositalar 
amaliy tizimini yangi apparatli platformaga amaliy dasturiy 
ta’minlanishini hech qanday chuqur o ‘zgarishlarsiz ko‘chirish 
imkoniyatini ta’minlashlari kerak.
453


Bazaviy vositalarda har hil dasturiy platformalar (NetWare, 
Windows NT, UNIX va boshqalar)ni birlashtirish imkoniyatini va 
buning natijasida tizimni epchillik bilan kengayishi va o‘sishini, 
uning yangi ish joylar va har hil sinfdagi serverlar bilan to‘ldirilishi 
imkoniyati bilan ta’minlovchi tarmoqli vazifalami mavjud bo‘lishi 
zamonaviy tizimning zarur belgisi bo‘ladi.
Amaliy va iste’mol xususiyatlariga nisbatan ABTning asosiy 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
vazifaviy majmuaning yetarlicha
kengligi, tizimning integratsiyalashuvi, konfiguratsiyalashi, ochiq-
liligi va sozlana olinishi.
Bank tizimi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalaming 
ro‘yhatini ikkita qismga: 
majburiy va qo ‘shimcha vazifalarga
bo‘lish 
mumkin. Birinchilariga, qoidaga ko‘ra har qanday tijorat bankida 
bo‘ladigan va tizimda u yoki bu ko‘rinishda mavjud bo‘lishi kerak 
bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari kiritiladi va ikkinchilarini tanlash esa 
bankning ixtisoslashuvigabog‘liq.
Hozirgi davrda bankjarda “Internet banking”, “E- banking”, 
“GRM-tizimlari”, “SMS- banking” va boshqa ko‘pgina ADP lardan 
foydalanilmoqda.
Bankni avtomatlashtirishning asosiy natijalaridan biri uning 
boshqarilish darajasini sifatini oshishi bo‘lishi kerak. Bu vazifaning 
yechimi butun bank jarayonlarini modellar va iqtisodiy matematik 
usullardan foydalanish bilan birlashtiruvchi to‘liq integratsiyalangan 
tizimini ishlab chiqish yotadi. Haqiqatdan ham, faqat ana shunday 
tizim bankda mavjud bo‘lgan barcha vazifaviy va axborotli 
aloqalami xuddi shu dinamikada aks ettiradi va boshqa holatning 
ko‘p ekspertli ko‘rinishini shakllantirishga imkon beradi.
Tizimning ochiqligi unda rivojlanish va zamonalashtirish uchun 
vositalar, CASE-vositalar, tashqi tadbirlar, so‘rovlar generatorlari, 
ma’lumotlaming import-eksport tadbirlarining mavjudligini ko‘zda 
tutadi.
0 ‘zgarishlar kiritishga ehtiyoj bankda yetarligi ko‘proq vujudga 
keladi. Ammo zamonaviylashtirishni amalga oshirish uchun ishlab 
chiquvchi firmani jalb qilish hamma vaqt ham mumkin bo‘lmaydi. 
0 ‘zgarishlar kiritishning shoshilinchliligi, moliyaviy cheklanishlar, 
tijorat siri, mulohazalar, ishlab chiquvchidan geografik uzoqliligi va 
boshqa to‘siqlar bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi qo‘llanishlar
454


(amaliy dasturlar)ni ishlab chiqishning tezligidan biznesning turli 
sohalarida tatbiq qilish muddati ham yotadi, banklar uchun bu 
ayniqsa muhimdir. Birinchi navbatda bu fond operatsiyalariga 
tegishli, bunda vaqt omili hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yangi 
moliyaviy qurollar bilan ishlash vositalari tez ishlab chiqarilishi 
kerak.
Dasturiy ta’minlanishning avtomatlashtirilgan ishlab chiqish 
sohasida turli-tuman yondashishlar va vositalar mavjud. Ular bank 
xizmatlari va biznesning yangi 
shakllarini rivojlashtirishga 
ко ‘maklashadilar.
Banklarda dasturiy ta’minlashni tizimli tuzilmasi va boshqaruv 
uskunalari tizimli-texnik tuzilmasi ish faoliyatini tashkil etadi.
Banklami integratsiyalashgan tizimi asosan uchta bosqichni 
tashkil etib: 1-bosqichda o‘rganilayotgan predmet satxini, 2- 
bosqichda amaliy /прикладной/ sathini va 3-bosqichda banklardagi 
dasturining tizimli-texnik ish faoliyatini tashkil 
etadi. 
Bu 
bosqichlaming ichida eng yuqori bosqich kerakli bosqich bo‘lib, u 
o'zida bankni predmet satxini tashkil etadi ya’ni iqtisodiyotni, 
boshqaruvni va moliyani boshqarishni tashkil etadi.
Bank tizimi axborot ta’minoti to‘g‘risida so‘z yuritadigan 
bo'lsak, bu tizim ma’lumotlari bazasi quyidagilardan tashkil topadi:
- tijorat banklari hisobotlari m a’lumotlar bazasi (MB);
- tijorat banklari operatsion bazasi(OB);
- tilla va valyuta zahiralari bo'yicha ma’lumotlar bazasi;
- bank tizimini kadrlar bilan ta’minlash ma’lumotlar bazasi;
- Markaziy bank hujjat aylanishi tezkor m a’lumotlar bazasi;
- tizim administratori ma’lumotlar bazasi;
- soliq tashkilotlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlami ro'yxatga 
oluvchi m a’lumotlar baza;
-x o 'ja lik yurituvchi subyektlari byudjet va nobyudjet fondlari 
bilan o'zaro munosabatlari m a’lumotlar bazasi;
- yagona ma’lumotnoma;
-im p o rt va eksport bo'yicha Davlat soliq qo'mitasi bitimlari 
m a’lumotlar bazasi;
-avtom obil vositalarini davlat ro'yxatiga oluvchi ichki ishlar 
vazirligi ma’lumotlar bazasi;
455


- ichki ishlar vazirligining fuqarolar pasportlari bo‘yicha 
m a’lumotlar bazasi;
- x o ‘jalik yurituvchi subyektlarni ro ‘yxatga olish bo‘yicha 
adliya vazirligi m a’lumotlar bazasi;
-m ah alliy ijro etuvchi hukumat tashkilotlaridagi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlaming ro ‘yxatga oluvchi m a’lumotlar bazasi va 
boshqalar.
Banklar xodimlari xozirgi vaqtda bir qator tashkilotlarning 
interaktiv xizmat turlaridan foydalanmoqda. Hukumat portali 
(gov.uz)da 
bankning 
o ‘z 
qimmatli 
qog'ozlari 
to ‘g ‘risidagi 
m a’lumotlarni interaktiv tarzda berish tizimi ishga tushirilgan
Davlat soliq qo‘mitasi (e-hisobot.uz)da va Davlat statistika qo‘mitasi 
(stat.uz) kabi tashkilotlarga hisobotlar uzatish bank xodimlari 
tomonidan, bankdan chiqmagan holda interaktiv uslubda amalga 
oshirilmoqda.
Shu bilan birga, bank ham o‘z interaktiv xizmatlari doirasini 
kengaytirib, hozirda 1000 dan ortiq mijozlarga «е-banking» - dasturi 
xizmat k o ‘rsatmoqda va bu tizimdan foydalanuvchi mijozlar soni 
borgan sari ortib bormoqda. Shuningdek, bank mijozlarining 
elektron pochta manzillariga mijozlaming hisobraqamlaridagi qoldiq 
va ulaming aylanmasi to ‘g ‘risidagi m a’lumotlami muntazam berib 
borish xizmati ham keng yo‘lga qo‘yildi. Hozirga kelib kun sayin 
rivojlanib borayotgan mobil aloqa tizimlari orqali mijozlarga xizmat 
ko ‘rsatish borasida ham faol ish olib borilmoqda. Xozirgi davrida 
“CLICK” kompaniyasining masofaviy SMS xatlar orqali to ‘lovlami 
amalga oshirish tizimi y o ‘lga qo‘yildi hamda maxsus serverlar bank 
m a’lumotlari bilan to ‘ldirilib, hozirda bank filiallarini tizimga ulash 
ishlari yakunlanmoqda.
2012 yil davomida bank telefon tarmog‘i ishi o‘rganib chiqildi 
va tizimni yanada takomillashgan IP-telefoniya tizimiga o ‘tkazish 
loyihalari tasdiqlandi.
2013 yilda esa ushbu tizim to ‘liq ishga tushirildi. Banklar 
0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatining asosiy moliyaviy agenti 
b o ig an i holda istiqbolda o‘z mijozlariga axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
sohasidagi 
yutuqlarga 
asoslangan 
zamonaviy 
xizmatlar ko‘rsatishni o ‘zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi.
456


Tadqiqot ishimizning yuqori qismida aytib o ‘tganimizdek 
banklarda 
«е-Banking» 
dasturi 
xozirgi 
davrda 
axborotlami 
almashtirishda eng takomillashtirilgan dasturlardan biri bo‘lib 
xisoblanadi. «е-banking» dasturi banklami integratsiyalashgan tizimi 
/IBS/ni asosiy qismi b o ‘lib u bank bilan mijoz o ‘rtasida tuzilgan 
shartnomani bajarilishi doirasida avtomatlashtirilgan ta ’sir etuvchi 
dasturlar majmuasidir.
Mijozning ruxsati bilan «е-banking» - dasturi uning uyida yoki 
avtomatlashtirilgan ish joyida xizmatni bajaradi. «е-banking» -
dasturiy majmuani joriy etishdan maqsad, banklami xar xil 
moliyaviy xujjatlar bilan bog‘liq ishlarini kompleks atomat- 
lashtirishdir.
Tegishli fayl (yarlik)ga ikki marotaba bosish bilan «е-banking» 
- dasturlar majmuasi standart ravishda Windows dasturi uchun xam 
ishlatiladi.
Foydalanuvchilami imkoniyatlarini bu dasturdan foydalanishda 
banklarga kerakli malumotlardan cheklash mumkin. Buning uchun 
bu dasturni ishga tushurishni boshida foydalanuvchini ismini va 
maxfiy parolini kiritib «ОК» tugmasini bosish kerak (18.5-rasmga 
qarang).

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin