2. Reja hujjatlari (kadrlar masalalari bo‘yicha reja topshiriqlari
yoki mutaxassislarga buyurtmalar, xodimlar soni, ular mehnatiga
haq to‘lash, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha
rejalar).
3. Hisobot-statistika hujjatlari (xodimlar soni, ish vaqti
balansi, ish haqi, mehnat unumdorligi, ishdan bo‘shatish va
hokazolar bo'yicha statistika hisobotlari).
4. Ijtimoiy ta’minot bo‘yicha hujjatlar (nafaqalar, imtiyozlar,
ijtimoiy sug‘urta va hokazolarga oid hujjatlar). Kadrni boshqarish
xizmatining har bir b o ‘linmasi hujjatlami o ‘z funksiyalariga asosan
yaratadi, rasmiylashtiradi va ijrosini ta’minlaydi. Bu hujjatlaming
aksariyati korxona yoki tashkilot ichkarisida foydalanishga
mo‘ljallanganligi sababli ular bilan ishlash tartibi ichki nizomlar,
qoidalar va yo'riqnomalarda belgilab qo‘yiladi. Kadr bilan ishlash
xizmatining
tashkiliy-kadrlar hujjatlari mavjud bo‘lib, ular
korxona va tashkilot tarkibi, shtatlar jadvali, personal to ‘g ‘risidagi
nizom, xizmat yo‘riqnomasi,
ichki
ish tartibi qoidalaridan
iboratdir68.
Korxona va tashkilot tarkibi alohida hujjat shaklida
rasmiylashtirilib, unda barcha tarkibiy b o ‘linmalar, lavozimlar
nomlanishi va har bir lavozim bo‘yicha shtat birliklari mikdori
ko‘rsatiladi. Shtatga muvofiq
shtatlar jadvali ishlab chiqariladi.
Shtatlar jadvalida personal lavozimlari va miqdori, ish haqi fondi
qayd etilgan b o ‘ladi. Shtatlar jadvali korxona yoki tashkilot blankida
rasmiylashtirilib, unda quyidagi rekvizitlar: korxona yoki tash-
kilotning nomlanishi, hujjatning nomlanishi, u rasmiylashtirilgan
sana, tartib raqami, manzil ko'rsatiladi hamda rahbar imzosi va
muhr bo‘ladi. Shtatlar jadvali jadval tarzida bo‘lib, unda korxona
yoki tashkilot tarkibiy bo‘linmalari, xizmatlari, lavozimlar, shtat
birliklari miqdori, 0 ‘zbekiston Respublikasi Yagona tariff setkasiga
muvofiq mehnatga haq to ‘lash razryadlari, tarif koeffitsientlari,
ustamalar va qo‘shimcha toiovlar, ish haqi yillikfondi k o ‘rsatiladi.
Shtatlar jadvali korxona yoki tashkilot tomonidan mustakil ravishda
tuziladi va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
68 Personalni boshqarish. Q .X .A bdurahm onov, Sh.R .X o lm o 'm in o v , N.Q .Zokirova,
A .B.Irm atova. Darslik. TD IU , 2011 y.538 bet.
496