«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»


EHMlarning uchinchi avlodi



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

EHMlarning uchinchi avlodi 
- 60-yillar oxiri va 70-yillar 
boshlarida paydo bo'ldi. Ushbu mashinalar integral holda ishlay-
35


digan yarim o ‘tkazgichlar asosiga qurilgan. Integral sxema ancha 
murakkab 
tranzistorli 
sxemaga 
raos 
tugallangan 
mantiqiy 
fiinktsional bloklami ifodalaydi. Ushbu sxemalarning qo‘llanilishi 
EHMlar o‘lchamining keskin qisqarishiga, ishonchliligi unum- 
dorligining oshishiga olib keldi. Bunga ko‘p qatlamli pechat qilish 
montajining qo‘ilanishi k o ‘mak berdi. Ayni turdagi EHMlar 
mashinalar tuzilmasining nomarkazlashuv tendensiyasi davom 
etishiga olib keldi. Shundan keyin bir necha, jumladan ixtisos­
lashgan protsessorli hisoblash tizimlari keng qo‘llanila boshlandi. 
Tashqi qurilmalar nomenklaturasi o'zgardi. Ulaming tarkibida 
asosiy o ‘rinni terminal va terminal stantsiyalar, katta hajmni sig'dira 
oladigan magnitli disklar egallaydi.
Ta’kidlash joizki, bu davrda EHMning mantiqiy tuzilmasi bilan 
bog‘liq bo‘lgan tavsiflar majmuini anglatuvchi EHM «arxitekturasi» 
atamasi joriy etildi. «Arxitektura» tushunchasiga EHM elementlari 
(apparatura va dasturiy ta’minot), foydalanuvchi nuqtai nazaridan 
EHM xususiyatini belgilovchi elementlar o‘rtasidagi aloqa va o'zaro 
harakatlar tamoyillari kiradi. Uchinchi avlod EHMda ilk bor 
EHMlar oilasini yaratishga nisbatan arxitektura jihatdan yagona 
yondashuv qo‘llanilgan. Bunday yondoshuv birinchi galda bir oila 
tarkibiga kiruvchi EHM modellarining yagona konstruktorlik-tex- 
nologik bazasi va dasturiy muvoffiqligini anglatadi.
Dasturiy ta ’minot va birinchi galda operatsion tizimlaming roli 
kuchaydi. Operatsion tizimlarining rivojlanishi mashinalaming turli 
rejimda paketlami qayta ishlash, vaqtni bo‘lish, so‘rov-javob rejimi 
ishlarini boshqarishni ta’minladi. Aytish joizki, dasturiy ta’mmot 
qiymati tufayli apparaturalar narxi oshdi.
Ushbu avlod mashinalarida ularga uzoq masofada bo‘lgan 
abonentlarning bevosita kira olish imkoniyati kengaydi. Abonent- 
laming EHMlar bilan muloqati mashina-axborot aloqa kanallari 
(telegraf, telefon, radioaloqa va hakazo) bilan bog‘Iiq abonent 
punktlarining rivojlangan tarmog‘i hisobiga amalga oshiriladi.
EHMdan foydalanish sohalari ancha kengaydi. Masalan, 
samarali ishlash nuqtai nazaridan mumkin bo'lm agan vazifalar 
borasidagi cheklashlar deyarli yo‘q bo‘ldi. Ulardan foydalanuvchilar 
o ‘rtasida vaqtni avtomat ravishda aniqlash rejimidagina emas,
36


boshqaruvchi tizim tarkibida vaqtning aniq bir koMamida ham 
ishlashga qodir universal m ashinalar sifatida foydalanila boshlandi.

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin