97
ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga,
ma’lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar
to’plamidir.
Hozirgi vaqtda axborot-hisoblash tizimlarini 3 ta asosiy tipga bo’lish qabul
qilingan (1- rasm):
o
LAN (Losal Area Network) – korxona, muassasa,
bir tashkilot
doirasidagi mahalliy tarmoq. Mahalliy tarmoq – ushbu nom nisbatan katta
bo’lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona)da joylashgan kompyuterlarning
birlashuviga mos keladi. Mavjud standartlar (tegishlicha Ethernet va ARCNET) 2,5
km dan 6 km gacha bo’lgan masofadagi kompyuterlar orasida aloqani ta’minlaydi.
o
MAN (Metropolitan Area Network)
shahar yoki mintaqaviy tarmoq,
ya’ni shahar, viloyat va shu kabilar doirasidagi tarmoq;
o
WAN (Wide Area Network) –
mamlakat, qit’a,
butun dunyo
abonentlarini bog’lovchi global tarmoq.
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab
oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 10, 100,
1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat qilishga
mo’ljallanadi. Bunday hajm LKT 100 Mbayt\s va undan
ortiq tezlikda ishlash
imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar va maxsus kompyuterlar o’zaro
kabel bilan boglashdan iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari yordamida
(tarmoq kartalari) maxsus platalar orqali kompyuterning sistemali platalarini
kengaytiradi.