Axborot kommunikatsiya texnologiyalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

 
 
2.41-rasm. Ikki o’lchovli grafika.
 


91 
 
 
2.42-rasm. Grafik parametrlari 


92 
MATLAB da uch o’lchovli grafiklarni chizishda asosan quyidagi 
buyruqlardan foydalaniladi: 
bar3, plot3, mesh, surf, sphere, cylinder, bar3h, contour, meshgrid, fill3, 
ellipsoid, logo va h.k. 
Odatda ko’p o’zgaruvchili funksiya grafiklarini chizishda mesh buyrug’i va 
uning turli xil ko’rinishlaridan foydalaniladi. 
 
2.43-rasm. Uch o’lchovli grafika.
Fazoda geometrik jismlarni tasvirlashda sphere, cylinder, bar3h, ellipsoid kabi 
bir qator buyruqlardan foydalaniladi. 


93 
 
 
2.44-rasm. Fazoda geometrik jismlarni tasvirlashi 
Nazorat savollari:
1.
Qanday zamonaviy dastur vositalarini bilasiz? 
2.
MathCad dastur mahsuloti vazifasini ayting? 
3.
MathCad sistemasi qanday masalalarni yechishga mo’ljallangan? 
4.
MathCad oynasining asosiy elementlarini tushuntiring? 
5.
MATLABning asosiy menyu bandlari vazifalari qanday? 
6.
Asosiy matematik o’zgarmaslar MATLABda qanday tasvirlanadi? 


94 
Ma’ruza-9.
Texnik tizimlarida tarmoq texnologiyalari. 
Reja: 
1.
 Kompyuter tarmoqlari va ularning mohiyati. 
2. 
Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari 
3. 
Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi
4. 
Simli va simsiz tarmoqlar (WiFi, WiMAX). 
1. Kompyuter tarmoqlari va ularning mohiyati. 
Kompyuter tarmoqlari kommunikatsiya texnologiyalari turkumiga kiradi.
Kommunikatsiya - signalning uzatuvchidan qabul qiluvchiga biror vosita 
orqali uzatilishidir. Signal esa o’z navbatida ma’lumot va axborotdan tashkil topgan 
xabardir. Signal albatta biror bir aloqa vositasi yordamida uzatiladi. Yuboruvchi va 
qabul qiluvchi o’rtasida signal tashuvchi har qanday narsa aloqa vositasi 
hisoblanishi mumkin. Insonlar so’zlashganda, gapirayotgan kishi (yuboruvchi) 
signallarni 
yuborishda 
aloqa 
vositasi 
sifatida 
havodan 
foydalanadi. 
Telekommunikatsiyada esa yuboruvchi signallarni uzatishda simli va aloqa 
vositalaridan foydalanadi.
3.1-rasm. Signal uzatishning umumiy turi. 
Agar kommunikatsiyani insonlar misolida tasavvur qilsangiz, uni tarkibiy 
qismlarini osonlikcha anglab yetish mumkin. Insonlar o’zaro yuzma-yuz 
gaplashganlarida bir birlariga xabar uzatadilar. Kishi ayni paytda yuboruvchi va bir 
ozdan so’ng esa qabul qiluvchi bo’lishi ham mumkin. Demak, bir kishining o’zi ham 
yuboruvchi, ham qabul qiluvchi, yoki ikkalasi ham bo’lishi mumkin. Bu ikki 
tomonlama kommunikatsiyaning oddiy ko’rinishidir. Xabarlarni yetkazib berishda 
Uzatuvchi 
Signal 
Qabul qiluvchi 


95 
ishlatadiganimiz signallar - bu biz qo’llaydigan so’zlar, biz so’zlashadigan til. 
Muloqot samarali chiqishi uchun esa, ikkala tomon ham, yuboruvchi va qabul 
qiluvchi signallarni tushunishlari va bir xil talqin qila bilishlari lozim. Masalan, 
yuboruvchi qabul qiluvchi tushunmaydigan tilda so’zlayapti, yoki qabul qiluvchi 
boshqacha talqin qiladigan so’zni yuboruvchi boshqa bir ma’noda qo’llayapti, 
bunday hollarda samarali muloqot (kommunikatsiya) ro’y bermaydi. 
Kommunikatsiya sinxron yoki asinxron bo’lishi mumkin. Sinxron 
kommunikatsiyada qabul qiluvchi xabarlarni to’g’ridan-to’g’ri, yuborilgan paytning 
o’zida qabul qilib oladi. Oddiy so’zlashuv va telefon so’zlashuvlari sinxron 
kommunikatsiyaga misol bo’lishi mumkin. Asinxron kommunikatsiyada esa, qabul 
qiluvchi xabarlarni ular jo’natilganidan bir qancha vaqt o’tgach - biror soat yoki 
biror kundan keyin qabul qilib oladi. Pochtadan yoki Internet orqali elektron 
pochtadan xat jo’natish asinxron kommunikatsiyaga misol bo’ladi.
Telekommunikatsiya deganda signallarning muloqot uchun elektron uzatilishi 
tushuniladi va u telefon, radio va televizor kabi vositalarni o’z ichiga oladi.
Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi kompyuter tarmog’i deb 
nomlanadigan kommunikatsiya turini vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Dastlabki 
kompyuter tarmog’i - ARPANET (Advenced Researsh Projects Agency Network), 
AQSHning mudofaa vazirligi tomonidan 1969 yili ishlab chiqilgan. U keyinchalik 
boshqa kompyuter tarmoqlari bilan birlashtirilib INTERNETning bir qismi sifatida 
ishlatila boshlandi.
Eng oddiy tarmoq (network) bir - biri bilan kabel orqali ulangan kamida ikkita 
kompyuterdan iborat. Bu ularni birgalikda foydalanishga imkon yaratadi. Barcha 
tarmoqlar (murakkabligidan qat’iy nazar) aynan shu oddiy principga asoslangan.
Kompyuterlar guruhi va boshqa qurilmalarning bir – biri bilan ulanishiga 
tarmoq deb ataladi. Ulanish va kompyuter resurslaridan birgalikda foydalanish 
konseptsiyasi tarmoq hamkorligi deb ataladi.
Tarmoqqa kiruvchi kompyuterlar ma’lumotlardan, printerlardan va boshqa 
qurilmalardan birgalikda foydalanishlari mumkin. Resurslardan birgalikda 
foydalanish imkoniyati oshishi bilan birgalikda ushbu ruyxat doimo to’lib boradi. 


96 
Dastlab kompyuter tarmoqlari unchalik katta bo’lmasdan o’ntagacha 
kompyuter hamda bitta printerni birlashtirgan edi. Tarmoq o’lchovlarini, jumladan 
tarmoqdagi kompyuterlar sonini va uning moddiy (fizik) uzunligini o’sha davrning 
texnologiyasi chegaralab qo’ygan edi. (Masalan, 1980-81 yillarning boshlarida eng 
ommabop ko’rinishdagi tarmoqlarning kompyuterlari soni 30 tadan ko’p emas, 
kabelning uzunligi esa 185 m (600 fut) dan oshmas edi. Bunaqa tarmoqlar binoning 
bir qavatiga yoki osongina joylashgan. Kichik firmalar uchun bunday ko’rinishdagi 
tarmoqlar bugungi kunda ham qo’l keladi. Bu tarmoqlar mahalliy hisoblash 
tarmoqlari deyiladi .
Bugungi kunda turli shaharlardan va davlatlardan foydalanuvchilarni o’zaro 
bog’lash uchun tarmoqning geografik ramkasi kengayishi mahalliy hisoblash 
tarmoqlarini global hisoblash tarmog’iga aylanishiga olib kelmoqda. Tarmoqdagi 
kompyuterlar soni esa allaqachon o’ntadan bir necha mingtagacha o’zgarmoqda.
Kompyuter tarmog’ining asosiy maqsadi - resurs (manba)lardan birgalikda 
foydalanish va bitta muassasaning ichida aloqalar faolligi qanday amalga oshirilsa, 
uning tashqarisida ham xuddi shunday bo’lishligini ta’minlashdan iborat.
Resurslar - bu ma’lumotlar (qiymatlar), ilova (qo’shimcha) lar va tashqi 
qurilmalar. Kompyuterlar aloqalarining faolligi tushunchasi deyilganda vaqtning 
real rejimida xabarlarning almashinishi qaraladi.
Internetdan foydalanish – plagiat (egasining ruxsatisiz ko’chirmachilik) ning 
yanada ko’payib ketishiga olib keldi, ya’ni, boror bir insonning g’oyasi yoki ishini 
olgan holda o’ziniki qilib olish kuchayib ketdi. Agar bu ma’lumotlarga havola 
berilgan holda foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’lardi.
 *
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin