99
4. Simli va simsiz tarmoqlar (WiFi, WiMAX).
Kompyuter tarmog’ini tashkil qilishda bog’lanishlar ikki xil bo’ladi:
- Simli
- Simsiz.
Bog’lash uchun qo’llaniladigan vositalar uzatish muhiti deb yuritiladi.
Masalan, simli bog’lanish:
- koaksial kabellar, ular televizor kabeli singari;
- juftli o’ram, telefon simini eslatadi;
- optik tolali kabel, eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel
turi.
Tarmoqni kabellarning istalgan tipi bilan yaratish mumkin.
Juftli o’ram. Eng arzon kabel telefoniyada foydalaniladigan eshilgan sim
juftidan iborat bo’lgan o’rama juft kabelidir. U ekranlangan va ekranlanmagan
bo’lishi mumkin. Ekranlangan kabel elektr magnit halaqitlariga
ancha bardoshli
bo’ladi. Lekin amaliyotda aksariyat hollarda ekranlanmagan kabeldan foydalaniladi,
chunki bunday turdagi kabeldan telefon liniyalarini o’tkazishda foydalaniladi va
ekranlangan kabeldan ancha arzon. Kichik muassasalar uchun juda qulay. Ushbu
kabelning kamchiliklari signallarning so’nish koefficienti yuqoriligi va elektrmagnit
xalaqitlariga yuqori darajada sezgirligi, shuning uchun tarmoqda o’rama juftlikdan
foydalanishda faol qurilmalar o’rtasidagi eng yuqori masofa 100 metrgacha bo’ladi.
Koaksial kabel. Bu kabeldan ma’lumotlar uzatishning
ikkita turli tizimida
foydalanilish mumkin: signalni modulyatsiyalab va modulyatsiyalamasdan uzatish.
Birinchi holda raqamli signal SHK dan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday
shaklda foydalaniladi va darhol kabel bo’ylab qabul qilish stantsiyasiga uzatiladi. U
tezligi 10 Mbit/sek gacha va eng yuqori ta’sir radiusi 4000 m bo’lgan bitta uzatish
kanaliga ega. Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u qabul
qilish stantsiyasiga yo’naltiriladi, u erda u yana raqamli signalga aylantiriladi.
Signalni aylantirish operatsiyasini modem (modulyator/demodulyator) bajaradi; har
bir stantsiya o’z modemiga ega bo’lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatishning bu usuli
ko’p kanalli (o’nlab kanallar bo’yicha uzatishni ta’minlaydi,
buning uchun faqat
100
bitta kabeldan foydalanadi) hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarni
videosignallarni, ma’lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha etishi
mumkin. Signallarni modulyatsiyalab uzatish modulyatsiyalamasdan uzatishga
nisbatan ancha qimmat turadi. SHuning uchun yirik korxonalar o’rtasida
ma’lumotlarni uzatishda undan foydalanish ancha samarali bo’ladi.
Optik tolali kabelda axborot eltuvchi yorug’lik nuri bo’ladi.
U tarmoq
tomonidan o’zgartiriladi va signal shaklini oladi. Bunday tizim tashqi elektr
halaqitlariga bardoshli va shuning uchun ma’lumotlarni tez (20 Gbit/s gacha) va
xatosiz uzatish mumkin bo’ladi hamda uzatilayotgan axborotning maxfiyligini
ta’minlaydi. Bunday kabellarda kanallar soni juda ko’p bo’ladi. Ma’lumotlar faqat
simpleks
rejimida uzatiladi, shu sababli ma’lumotlar bilan almashinishni tashkil
etish uchun qurilmani ikkita optik tola bilan ulash zarur (amaliyotda optik tolali
kabel hamma vaqt juft tolali bo’ladi). Kamchiliklari qatorida qiymati yuqoriligi va
ulash murakkabligini ko’rsatish mumkin.
Simsiz bog’lanishda mikro to’lqin diapazonidagi radioto’lqinlardan
foydalaniladi. Masalan:
- antennalar orqali
- sun’iy yo’ldosh orqali
Ma’lumotlarni uzatish tezligi yuqori. Simsiz bog’lanishlar
mahalliy
tarmoqlarni rivojlantirishda istiqbolli yo’nalish hisoblanadi. Ularning afzalligi –
oddiyligi va mobilligi. Kabel simlarini o’tkazish va montaj qilish bilan bog’liq
muammolar yo’qoladi. Ish stantsiyalarida interfeys platalarini o’rnatishning o’zi
etarlidir va tarmoq ishlash uchun tayyor bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: