Kiber jinoyatchilik yirik global xavfga aylanib bormoqda. Ayni vaqtda axborot chegera bilmas kuchga aylanib,u butun dunyo aholisini boshqarmoqda desak mubolag`a bo`lmaydi. Eng yirik global makonga aylangan internet nafaqat shaxsga,balki jamiyat va davlat xavfsizligiga daxl qiluvchi qurolga ham aylanib bormoqda.Mamlaka-timizda har bir fuqaroning o`zi istagan axborotni olish va foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlangan.Lekin ushbu imkoniyatlardan o`zining nopok maqsadi yo`lida foydalanayotgan shaxslar ham yo`q emas.Ular virtual olamda insonlar ongini zaharlash,o`zganing boyligiga ko`z tikish va shaxsning qadr-qimmatini toptash bilan bog`liq harakatlarni sodir etib,jinoyatchilikka qo`l ur- moqda. Aynan shu orqali globalizatsiya jarayoni hayotimizga “KIBERJINOYAT”tushunchasini olib kirdi. Kiber jinoyat virtual fazoda sodir etilayotgan jinoyat hisoblanib,u dunyoda sodir etilayotgan jinoyatlar orasi-da 4-pog`onada turadi. Ammo global tarmoqda jinoyarlarning yil sayin yangi turlari paydo bo`lmoqda. Bunga qarshi 2001-yil 23-noyabrda “kiberjinoyat to`g`risida”gi Budapesht konvensiyasi qabul qilindi.Hozirda ushbu konvensiyaga 40 ga yaqin davlatlar a`zo bo`lgan.Bundan tashqari,2013-yil 17-yanvarda GAAGAda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo`yicha Yevropa markazi rasman ochildi.Yurtimizda 2017-yilning may oyida O`zbekiston Respublikasi ||V Ji-noyat qidiruv bosh boshqarmasi negizida “Axborot tex-nologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni tashkillashtirish”bo`linmasi tashkil etildi. O`tgan vaqt davomida maskur bo`linma tomonidan axborot texnolo-giyalari bilan bog`liq jinoyatlarni oldini olish,aniqlash, qarshi kurashish va fosh etish bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
XULOSA Men mustaqil ishni tugatdim,uni yozish jarayonida mavzuga oid izlanishlarni amalga oshirdim.Xulosam shundan iboratki butun dunyoni boshqaruvchi bu internet yaxshi tarafidan ko`ra, yomon tarafi ko`proq va bu ham inson omili tomonidan amalga oshirilmoqda. Axborotni kiberjinoyatchilar qo`lida asrash,uni muxofaza qilish, tashqi va ichki buzib kirishlardan himoya qilish va hokazolar bugungi zamonaviy hayotimizning asl ko`rinishi shundan iborat.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar;
R.K.Kabulov;E.S.Abduraxmonov.
INTERNET SAYTLARI;
2.KUN.UZ.
3.UZA.UZ/UZ/TECH/KIBERJINOYATCHILIK.
4.UZ.INFICOM.UZ/KIBERJINOYATCHILIK.