Matematik model. Ob`ektlarni aylanib o`tish rejasi |xij| - matritsa orqali berilgan bo`lsin. Matritsa elementlari ikkilik sonlardan iborat, ya`ni xi =1, agar i - ob`ektdan j – ob`ektga o`tsa va xi =0, agar i - ob`ektdan j – ob`ektga bormasa.
Maqsad funktsiyasining
F=
Minimumini quyidagi cheklovlarda aniqlashni talab etiladi:
=1, j=
faqat bir marta j – ob`ektga kirish.
faqat bir marta i– ob`ektdan chiqish.
=1, i=
Bu turdagi masalalarda yana bir qo`shimcha shart qo`yiladi:
ui-uj+(m-1)xij ≤m-2, i≠j, i,j=2 , m
Bu maxsus shart o`zaro bog`lanmagan bir qancha yo`nalish va takrorlanishlarni bartaraf etadi, ya`ni muhandisning ob`ektlarni aylanib chiqishi yopiq marshrut bo`ylab amalga oshadi.
Demak, muhandisning ob`ektlarni aylanib chiqishining shunday rejasi
tuzilishi kerakki, “Umumiy masofa” = “Masofalar matritsasi” * “Aylanib o`tish rejasi” minimal qiymatni quyidagi cheklovlarda qabul qilishi kerak:
“Kirish” = 1 (muhandisning ob`ektga kirishi).
“Chiqish” = 1 (muhandisning ob`ektdan chiqishi).
o`zaro bog`lanmagan yo`nalishlar mavjudligini istisno qilish.
Excel dasturida masalani yechish: beshta ob`ekt berilgan bo`lib, ular orasidagi
cij masofa (km da) quyidagi jadvalda berilgan.
Ob`ekt raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
∞
|
11
|
10
|
6
|
12
|
2
|
8
|
∞
|
6
|
7
|
9
|
3
|
7
|
5
|
∞
|
8
|
4
|
4
|
3
|
9
|
4
|
∞
|
5
|
5
|
4
|
6
|
7
|
4
|
∞
|
Jadvalning diagonal kataklarida cheksiz belgisi (∞) yozilgan. Ob`ektning o`zidan o`ziga marshrut bo`lmagani uchun bu belgi o`rniga amaldagi jadvaldagi sonlarga nisbatan katta son ko`rsatiladi.
Excel dasturining ish sahifasiga boshlang`ich ma`lumotlarni, cheklovlar va maqsad funksiyasining hisoblash formulalarini kiritamiz.
“O`zgaruvchilar matritsasi” va “cheklovlar” matnini mos ravishda B2 va G2 kataklarga yozamiz.
Qulaylik uchun birdan beshgacha bo`lgan raqamlarni B3:F3 va A4:A8 kataklar sohasiga kiritamiz.
O`zgaruvchilar matritsasi uchun B4:F8 kataklar sohasini ajratamiz va ularning qiymati sifatida nolni kiritamiz.
Cheklovlar formulalarini (ob`ektga faqat bir marta kirish) G4:G9 kataklar sohasiga yozamiz: СУММ(B4:F4). =СУММ(B5:F5). =СУММ(B6:F6).
=СУММ(B7:F7). =СУММ(B8:F8).
Cheklovlar so`zini A9 katakka kiritamiz.
Cheklovlar formulalarini (ob`ektdan faqat bir marta chiqish) mos ravishda B4:F9 kataklarga yozamiz: =СУММ(B4:B8). =СУММ(C4:C8).
=СУММ(D4:D8). =СУММ(E4:E8). =СУММ(F4:F8).
“B10 da maqsad funksiyasi” va “C11:F11 sohada u o`zgaruvchilar matnini A10 va A11 kataklarga kiritamiz.
B10 katakka – СУММПРОИЗВ(B4:F8.B14:F18) formulani yozamiz.
“Masofalar matritsasi” matnini, birdan beshgacha raqamlarni mos ravishda B12, B13:F13, A14:A18 kataklarga kiritamiz.
Masofalar matritsasi qiymatini B14:F18 kataklar sohasiga yozamiz.
“Qo`shimcha u o`zgaruvchilar bo`yicha cheklovlar uchun formulalar”
matnini A19 katakka yozamiz.
A21:A24, B20:E20 kataklar sohasiga u2, u3, u4, u5 belgilarni kiritamiz.
A21:E24 kataklar sohasiga “o`zaro bog`lanmagan yo`nalishlar mavjudlik holatini istisno qiluvchi” cheklovlarni, ya`ni:
B21:E21 kataklarga:
=C11-C11+4*C5: =C11-D11+4*D5. =C11-E11+4*E5. =C11-F11+4*F5.
B22:E22 kataklarga:
=D11-C11+4*C6: =D11-D11+4*D6. =D11-E11+4*E6. =D11-F11+4*E6.
B23:E23 kataklarga:
=E11-C11+4*C7: =E11-D11+4*D7. =E11-E11+4*E7. =E11-F11+4*F7.
B24:E24 kataklarga:
=F11-C11+4*C8: =F11-D11+4*D8. =F11-E11+4*E5. =F11-F11+4*F8.
formulalarni yozamiz.
“Поиск решения” elementini ishga tushirib, unga quyidagi kattaliklarni kiritamiz:
Maqsad katagi - $B$10.
U kichik qiymatga teng (Равной: * минимальному значению).
Qiymatlari o`zgaruvchi kataklar (Изменяя ячейки): $B$4:$F$8.
$B$11:$F$11. Bunda faqat qiymatlari o`zgaruvchi va masalaning yechimi yoziluvchi kataklar ($B$4:$F$8) bilan bir qatorda ui o`zgaruvchini o`zida saqlovchi va qiymatlari o`zgaruvchi $C$11:$F$11 kataklar ham kiritiladi.
Cheklovlar:
$B$21:$E$24≤3.
$B$4:$F$8 =ikkilik son.
$B$9:$F$9=1.
$G$4:$G$8=1.
$B$4=0.
$C$5=0.
$D$6=0.
$E$7=0.
$F$8=0.
Kattaliklar: chiziqli model (линейная модель), manfiy bo`lmagan qiymatlar (неотрицательные значения), to`g`ridan-to`g`ri masshtablash (автоматическое масштабирование).
“Поиск решения” muloqot oynada kursorni “Выполнить” tugmasiga keltirib sichqonchaning chap tugmasi bosilsa, dasturning ish sahifasida masalaning yechimi hosil bo`ladi.
Optimal yechim: maqsad funksiyasining qiymati F=28 bo`lib, ob`ektlarni aylanib chiqish 1, 4, 3, 5, 2, 1 ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |