Dasturlash tillarida lokal va global o’zgaruvchi tushunchasi mavjud, bu yerda ham bu tushuncha bor. Agar o’zgaruvchi x:=1 ko’rinishda aniqlansa, u lokal o’zgaruvchi bo’ladi. Agar o’zgaruvchi k:≡3 ko’rinishda aniqlansa u global o’zgaruvchi bo’ladi. Lokal o’zgaruvchini aniqlash funksiya qiymatini hisoblashdan o’ngda yoki yuqorida bo’lishi shart. Global o’zgaruvchini esa ixtiyoriy joyda yozish mumkin.
MathCAD ishchi hujjatni tepadan pastga va chapdan o’ngga qarab o’qiydi. Yuqorida keltirilgan misolda, agar ifodani qiymatini hisoblashda o’zgaruvchilar ifodadan pastga e‘lon qilingan bo’lsa, ifodani qiymatini hisoblashda xatolik yuz
beradi. Global o’zgaruvchilarda esa ifoda qayerda yozilishidan qat‘iy nazar unda ta’sir qiladi.
MathCAD muhitida xatoliklar.
MathCAD dasturida xatoliklar diagnostikasi katta ahamiyatga ega. Kiritilayotgan buyruq va ifodalarni MathCAD tekshiradi va xatolar to’g’risida axborot yoki ogohlantirishlar beriladi. Agar ifodada xatolik ro’y bersa, xatolik holati qizil rangda ko’rsatiladi va xatolik sababi izoh ko’rinishida chiqariladi. Masalan,
Bu xabar nolga bo’lish mumkin emasligini anglatadi. Bu holda o’zgaruvchi qiymatini o’zgartirish bilan tuzatiladi.
Nazorat savollari:
MathCAD dasturi qachon va nima maqsadda yaratilgan?
MathCAD dasturi vazifasi nimadan iborat?
MathCAD da oddiy hisoblashlar qanday amalga oshiriladi?
MathCAD dasturida formulalar qanday ko’rinishda yoziladi?
MathCAD dasturida sonlar qanday beriladi?
MathCAD dasturining eng sodda arifmetik operatorlarini izohlang.
MathCAD dasturining munosabat operatorlarini izohlang.
MathCAD dasturining mantiqiy amallarini izohlang.
MathCAD dasturida arifmetik ifoda qiymatini hisoblash qanday amalga oshiriladi?
MathCAD dasturida o’zgaruvchilarni qo’llanishi haqida tushuncha bering.
MathCAD dasturida diskrеt o`zgaruvchilarni qo’llanishi haqida tushuncha bering.
MathCAD dasturida funktsiyalar masteri bilan ishlash tushuncha bering.
MathCAD dasturida o’zgaruvchi va funksiyalarni aniqlashni tavsiflang. 14.MathCAD dasturining lokal va global o’zgaruvchilari haqida tushuncha
bering.
15.MathCAD muhitida xatoliklar qanday ifodalanadi?