Bir sohada bir nechta ikki o’lchovli grafiklarni qurish
Bir necha grafikni bitta sohada chizish mumkin. Bu uchun avval funksiyalar yoziladi, keyin esa ordinatalar o’qida funksiya nomi yoziladigan joyda funksiyalar bir-biridan “,” (vergul) bilan ajratib yoziladi.
Misol 2. r(x)=x4, f(x)=x2-25, q(x)=x, g(x)=x3-10 va k(x)=x3+x2+10 funksiyalar grafigini bir sohada yasang.
Bir necha grafikni bitta sohada chizish uchun quyidagi ishlar ketma-ket bajariladi:
1. r(x)=x4, f(x)=x2-25, q(x)=x, g(x)=x3-10 va k(x)=x3+x2+10 funksiyalarni ketma-ket MathCAD ishchi sohasiga kiriting.
Sichqoncha bilan grafik yasash joyini belgilang.
“Shift+@” klavishni bosing. Ekranda grafik tekisligi sohasi paydo bo’ladi.
To’rtburchak soha ichidagi gorizontal absissalar o’qining o’rtasidagi ■ belgili joyga funksiya argumenti x yozing va x argumentning ikkala tomonidagi ■ belgili joylarga absissalar o’qi intervalining birinchi va oxirgi qiymatlarini kiriting.
Vertikal ordinatalar o’qining ikkala tomonidagi ■ belgili joylarga ordinatalar o’qi intervalining birinchi va oxirgi qiymatlarini kiriting.
Vertikal ordinatalar o’qining o’rtasidagi ■ belgili joyga r(x) yozing.
“,” ni kiriting va f(x) yozing. Shu tartibda “q(x),g(x),k(x)” yozing.
Keyin soha tashqarisida sichqoncha chap tugmasi bosilsa grafiklar paydo bo’ladi.
Grafiklar turli rangda chiziladi. Har bir grafikning formatini “Форматирование выбранного графика X-Y” oynani ochib, alohida belgilang.
Bitta sohada ikkita funksiyani joylashtirish:
Berilgan intervalda ikki o’lchovli grafiklarni qurish
Funksiyani [a,b] oraliqda grafigini chizish.
Biror f(x) funksiya berilgan bo’lsin. Bu funksiyani grafigini [a,b] oraliqni n ta bo’lakka bo’lib chizish uchun i diskret o’zgaruvchi olib [a,b] kesmani quyidagicha
n ta bo’lakka bo’lamiz. h qadam sifatida
b a n
ni olamiz va i diskret o’zgaruvchini
quyidagicha aniqlaymiz i:=0..n. x i ni quyidagicha aniqlaymiz: x i:=a+h*i va bizga xi va f(x i) nuqtalar hosil bo’ladi. Bu nuqtalarga mos funksiyani grafigini chizish mumkin. Bu holda x va y o’qlarga intervalning boshlangich va oxirgi qiymatlari kiritilmaydi.
Misol 3. f(x)=x 2-5 funksiya grafigini [a,b] intervalda h=(a-b)/n qadamdagi nuqtalarda hisoblang va grafigini yasang. Bu yerda a=-5, b=5 va n=10.
Grafikni chizish uchun quyidagi ishlar ketma-ket bajariladi:
a:=-5, b:=5, n:=0..n o’zgaruvchilarni ketma-ket kiriting.
h:=(b-a)/n, xi:=a+h*i ifodalarni va f(x):= x2-5 funksiyani ketma-ket kiriting.
Sichqoncha bilan grafik yasash joyini belgilang.
“Shift+@” klavishni bosing. Ekranda grafik tekisligi sohasi paydo bo’ladi.
To’rtburchak soha ichidagi gorizontal abtsissalar o’qining o’rtasidagi ■ belgili joyga funksiya argumenti x yozing. (Intervalning boshlang’ich va oxirgi qiymatlari kiritilmaydi)
Vertikal ordinatalar o’qining o’rtasidagi ■ belgili joyga f(x) yozing. (Intervalning boshlang’ich va oxirgi qiymatlari kiritilmaydi)
Keyin soha tashqarisida sichqoncha chap tugmasi bosilsa grafiklar paydo bo’ladi.
Grafikdan keyin “x=” kiritilsa, diskret nuqtalar qiymati chiqariladi.
“f(x)=” kiritilsa, funksiyaning diskret nuqtalardagi qiymati chiqariladi.
Misol 4. [3,6] oraliqda f(x)=x2 funksiya grafigini chizing.
Grafikni chizganda avval funksiyani kiritib, keyin diskret qiymatlarni kiritsa ham bo’ladi. Shu uchun funksiyani [a,b] oraliqda grafigini soddaroq chizish uchun quyidagilar bajariladi.
Bu yerda avval funksiyani kiritib, keyin diskret qiymatlarni berdik va ushbu oraliqda funksiya grafigini oldik.
Dostları ilə paylaş: |