Arifmetik ifoda qiymatini hisoblash.
MathCADda oddiy sonli ifodalar ustida hisoblashlarni amalga oshirish mumkin. Hisoblashlarni amalga oshirish uchun matematik ifodalar klaviatura yoki “Калькулятор” panelidan foydalangan holda kiritiladi. Kiritiladigan ifodalar o’rnini MathCAD dasturi ishchi oynasiga qizil rangli “+” belgi (kursor) ko’rsatadi. Kursor o’rnini belgilash uchun sichqoncha ko’rsatkichi kerakli joyga olib boriladi va chap tugma bir marta bosiladi. Kursorni “↓↑→←” klavishlar yordamida siljitish mumkin.
MathCADda ishlashning xususiyatlari:3
Ifodalalar kitobda qanday yozilsa, MathCADda ham shunday yoziladi.
Ifodalar kiritilayotganda kiritish maydonchasi deb nomlangan to’g’ri to’rtburchak ko’rsatiladi.
MathCADda turli arifmetik amallar qatnashgan ifodani qavslarsiz kiritish mumkin. Chunki, MathCAD arifmetik amallarni bajarish tartibini biladi.
“=” belgisi yozilgandan keyin MathCAD natijani chiqaradi.
Kiritilgan ifodalarni ixtiyoriy vaqtda tahrirlash mumkin.
Misol 1. 17+3-4*5+6:2-1 ifodani MathCADga kiriting va natijani oling.
“+” kursorni kerakli joyga qo’ying.
MATHCAD User's Guide with Reference Manual.MathSoft Engineering&Education,Inc. Springer-Verlag Berlin Heidelberg, 2001.-513p
Klaviaturadan 17+3-4*5+6/2-1 ifodani kiriting.
“=” klavishni bosing.
Ifoda kiritilayotganda, belgi kiritishi kerak bo’gan joyda “■” ko’rinish paydo bo’ladi. O’nli kasrlarni kiritishda “,”emas, balki “.” ishlatiladi.
Matematik ifodani kiritishni boshlaganimizda, birinchi belgini kiritsak to’rtburchakli soha paydo bo’ldi. Kursor esa ko’k rangli, belgi ostida va undan keyin chiziq ko’rinishini oldi. Soha ichida kursorni o’ng yoki chap
tomonga siljitishimiz mumkin. Kursorda chapda turgan belgini
“BackSpace”, o’ng tomondagi belgini esa “Delete” klavishasi bilan o’chirishimiz mumkin. Oxirgi kiritilgan belgini “Стандартная” panelidagi
“Отменить” orqali bekor qilish yoki “Вернуть” orqali tiklash mumkin.
Oddiy kasrni kiritgach “Probel” yoki “→”klavishasi bosilsa, ko’k rangli kursor kattalasadi, yani u kasr qiymatini kiritish holatidan chiqadi.
MathCADda sin, cos, tan, log, ! (factorial) singari standart matematik funktsiylarga qiymat berib, natijani olish mumkin. Ular “Калькулятор” panelida berilgan.
Dostları ilə paylaş: |