Super Kompyuterlar (TOR 500 Kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun moʻljallangan boʻladi.
Bunday masalalar sifatida ob havoning global prognoziga oid masalalarni uch oʻlchovli fazoda turli oqimlarning ketishini oʻrganish masalalari, global informatsion sistemalar va hakozolarni keltirish mumkin. Bu Kompyuterlar 1 sekundda oʻn trillon amal bajaradi. Super Kompyuterlarga AQSH energetika vazirligining Sandiya laboratoriyasida oʻrnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red Kompyuter sistemasi karvonboshlik qilmoqda.
Shuni qayd etish lozimki, super Kompyuterlarning ma‘lum yoʻnalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari xam mavjud.
Bu yerda Kompyuterlar tezligini oʻlchovi – Linpacr parallel testida 1 TFLOPS-bu 1000 GFLOPSga teng, 1 GFLOPS esa-1000000 FLOPS ga, 1FLOPS- sekundiga 1000 amalga teng.
Blok Kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga moʻljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super Kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga misol sifatida AQSH ning CRAY (kray), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli Kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Mini Kompyuterlar (kichik Kompyuterlar)- hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok Kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy Kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday Kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan VAX, SUN turkumli Kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa mini Kompyuterlar misol boʻla roladi.
S haxsiy Kompyuterlar-hozirda koʻpchilik foydalanuvchilar IBM rusumidagi Kompyuterlardan keng foydalanishmoqda. IBM rusumiga mos Kompyuterlar deganda, ham programma ta‘minoti mosligi, texnik ta‘minoti mosligi, ya‘ni bir-biriga mos kelishi nazarda tutilgan. Bunday Kompyuterlar Pentium 3,4 va 750-1000 megagertsni, xotira hajmi 64128, 512 megabaytni tashkil qiladi.
U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
Sistema bloki- yassi (desktop) yoki minora (town) koʻrinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan boʻlib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM- Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin boʻlgan mikroprotsessor. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.
Registr-ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun moʻljallangan qurilma. Har bir registr oʻz navbatida triggerlardan tashkil topgan. Trigger-bu kichik kondensator boʻlib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda 1 ni , aks holda 0 ni ifodalaydi.
Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini bildiradi. Registrlar-bu yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar bir razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki 1
Razryadlar soni deganda bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar soni tushiniladi.
Qurilmalar nazoratchilari (bu kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta‘minlash bloki).
Yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver)
Qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver)
Faqat oʻqish uchun moʻljallangan lazer disk qurilmasi (CD-ROM Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalardan iborat.
Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali koʻplab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Ular mos ravishda LPT1, LPT4 va COM1 – COM3 deb nomlanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Monitor. Monitor (displey) Kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni tasvirlash koʻrish uchun ishlatiladi. Monitorlarning har xil koʻrinishlari mavjud, ya‘ni ular oʻzidan chiqaruvchi past radiatsiyali (Lowe radiation) soʻzlarini uchratish mumkin. Shuning uchun inson organizimiga tas‘iri juda kam miqdorda boʻlgan 17-21 dyuymli SVGA (Super Video Grafic Adapter-ya‘ni katta video grafik adapter) monitorlar ishlab chiqarilmoqda.
Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan: 14 dyuymli Kompyuterlarda tasvirlash qobiliyati 800 x 600, 15 dyuymli monitorda 1024 x 768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli monitorda 1600 x 1200. Bundan tashqari ularning yana bir xususiyati piksellar sonining kata kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800 x 600 ga teng boʻlgan monitorlarda piksel 0,31 mm ga , 1024 x 768 ga teng boʻlgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm teng boʻlishi kerak. Monitorning tez ishlashi adapterga bog‘liq. Matn rejimida monitor tez ishlaydi, grafik rejimda sekinroq ishlaydi. Ularni tez ishlashini oʻrnatish mumkin.