Axborot tizimlari


-rasm. R - relyatsion jadval munosabatning tasviri



Yüklə 3,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/96
tarix11.10.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#154125
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96
G.H.To\'rayueva, D.H.Fayziyeva AXBOROT TIZIMLARI (o\'quv qo\'llanma) 2023

3.3-rasm. R - relyatsion jadval munosabatning tasviri 
Jadval-munosabat ma’lumotlar tarkibiy qismi atributlar (A1, A2, 
.....) nomiga ega bo‘lgan ustunlarni o‘z ichiga olgan d atributlarning 
mazmuni jadvalning asosiy qismida joylashgan bo‘lib satrlar va 
ustunlarni tashkil qiladi. Bir ustunda atributlar mazmunining ko‘pligi 
domen D
i
ni hosil qiladi. Bir satrda atributlar mazmunining ko‘pligi bir 
kortej K
j
ni hosil qiladi. R munosabat ko‘plab tartibga solingan kortejlar 
orqali hosil bo‘ladi: 
R={K
j
}, j=1-m K
j
={d
1j
,
d
2j
,.....d
nj
}
n - munosabat domenlarining soni; munosabatlarning ko‘lamini 
belgilaydi. 
j - kortej nomeri;
k - munosabatdagi kortejlarning umumiy soni bo‘lib, munosabat 
koordinata soni deyiladi.
Jadval-munosabatining kaliti.
Kortejlar jadval-munosabati 
ichida takrorlanmasligi zarur va ular tegishlicha yagona identifikator - 
dastlabki (birlamchi) kalitga ega bo‘lishi kerak.
Dastlabki (birlamchi) kalit
atributdan tashkil topgan bo‘lsa 
oddiy, bir necha atributdan tashkil topganda esa turli tarkibli deb 
ataladi. Munosabatda dastlabki kalitdan tashqari ikkilamchi kalit ham 
bo‘lishi mumkin.


66 
Ikkilamchi kalit
mazmuni turli satr kortejlarda takrorlanishi 
mumkin bo‘lgan kalitdir. Ular bo‘yicha ikkinchi kalitning bir xil 
mazmuni satrlar guruhi izlab topiladi. 
Satrlar ustunlardan farqliroq o‘z nomlariga ega emas, ularning 
jadvalda joylashish tartibi aniqlanmagan va satrlar soni mantiqan 
chegaralanmagan bo‘ladi. Satrni tartib raqamiga ko‘ra tanlab olib 
bo‘lmaydi. Faylda har bir satr o‘z raqamiga ega bo‘lsa ham, bu narsa 
satrni tavsiflamaydi. Bu raqam satr jadvaldan olib tashlanganda 
o‘zgaradi. Mantiqan satrlar o‘rtasida “birinchi” va “oxirgi” degan 
tushuncha yo‘q. 
Relyatsion 
tizimlarning 
qo‘llanilishi 
murakkab 
siljishlar 
zaruriyatini bartaraf qildi. Chunki ma’lumotlar endi bir fayl 
ko‘rinishida emas, balki mustaqil to‘plamlar asosida tuzilib, 
ma’lumotlarni tanlab olish uchun amaliy to‘plamlar nazariyasi – 
relyatsion algebra amallari qo‘llaniladi. 
Ma’lumotlar bazalarning obyektga – mo‘ljallangan modeli 
dasturlashning obyektga mo‘ljallangan tillari paydo bo‘lishi bilan 
yuzaga chiqa boshladi. Bunday bazalarning paydo bo‘lishi 90-yillarga 
to‘g‘ri keladi. Ushbu turdagi bazalar sinflar usullarini o‘zida saqlaydi. 
Ko‘pincha, doimiy sinflar obyektlarini o‘zlarida saqlab ma’lumotlar 
orasida to‘siqsiz uyg‘unlashuvni hamda ilovalarda ularga ishlov 
berishni amalga oshiradilar. 
Relyatsion modellarning hozirgi zamon MBBTlarida ustunlikka 
erishilishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi: 
1) rivojlangan nazariyaning mavjudligi (relyatsion algebrani); 
2) ma’lumotlarni boshqa modellarini relyatsion modellarga 
keltirish apparatining mavjudligi; 
3) axborotga ruxsatli kirishni tezlashtirishni maxsus vositalarini 
mavjudligi; 
4) tashqi xotirada MB aniq ma’lumotlarni fizik joylashishi haqida 
bilimga ega bo‘lmay ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadigan MBga 
nisbatan standartlashgan yuqori darajadagi so‘rovlar tilining 
mavjudligi.
Ma’lumotlar bazalarni ishlab chiqishda 2 xil usuldan foydalanish 
mumkin. Birinchi usulda, avval asosiy masalalar aniqlanib, ularni hal 
qilish uchun baza yaratiladi hamda masalaning ma’lumotlarga bo‘lgan 
ehtiyoji aniqlanadi. Ikkinchi usulda, muammo sohasining namunaviy 
(tipik) obyektlari birdaniga o‘rnatiladi. Bu yеrda eng optimal usul-


67 
ikkala usulni birgalikda ishlatishdir. Bu shu bilan bog‘liqki, dastlabki 
bosqichda barcha masalalar to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlarning 
yo‘qligidadir.
Ma’lumotlar bazalarini loyixalashtirish jarayoni ikki bosqichga 
bo‘linadi: muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqiy 
modelini (MAMM) ishlab chiqish va ma’lumotlar bazasining mantiqiy 
tuzilishini aniqlash.
Axborot-mantiqiy 
model 
muammo 
sohasini 
axborot 
obyektlarining majmui va ular orasidagi tuzilmaviy aloqalar 
ko‘rinishida aks ettiruvchi ma’lumotlar modelidir. Muammo 
sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqli modelini ishlab chiqish 
shu sohani tekshirish natijasida olingan tavsifiga xasoslanadi.
Muammo sohasining infologik modeli asosida kontseptual 
(mantiqiy), ichki (jismoniy) va tashqi modellar tuziladi. 
Ma’lumotlar bankining mantiqiy tuzilishi 

obyektga tegishli 
bo‘lgan axborotlarning Mbda joylanishini ifodalaydi. Hosil bo‘lgan 
Ma’lumotlar bankining mantiqiy bog‘lanish modeli ikkinchi 
bosqichining natijasi hisoblanadi. Bu modelda uch turli axborot 
ifodalanadi: obyekt to‘g‘risidagi xabarlar, ularning xususiyati va o‘zaro 
munosabatlari. Har bir obyekt modeli yozuv turlari orqali ko‘rsatiladi. 
Ularning xususiyatlari - yozuv maydonlari orqali ifodalanadi, 
munosabatlar esa – yozuv va maydon turlari o‘rtasidagi aloqalar 
yordamida tasvirlanadi. Bunday model EHM operatsion tizimining, 
MBBT ning mohiyatiga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni axborotning 
ma’nosiga bog‘liq bo‘lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini 
ta’minlaydi. 

Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin