Axborot tizimlari


 Neyron to’rlarini kompyuter dasturi sifatida namoyon bo’lishi



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

13.4. Neyron to’rlarini kompyuter dasturi sifatida namoyon bo’lishi 
Neyron to’rlarni loyixalash va yaratish borasida ko’plab kompyuter dasturlari 
ishlab chiqarilgan. Ular orasida MathWorks firmasi tomonidan yaratilgan MatLab 
kompyuter dasturi paketi ustunliklari bilan aloxida ajralib turadi. CHunki aynan shu 
dastur matematik yadroga va neyron to’rlar qism paketiga ega. Unda eng sodda 
neyron modelidan tortib, ixtiyoriy transfer funktsiyali ixtiyoriy arxitekturadagi 
murakkab neyron to’rlarni oson va tez yaratish mumkin.
Bundan tashqari paket tarkibiga teskari aloqali chiziqli boshqaruvchi, zavod 
kelajagini prognozlovchi va baxolovchi, funktsiyalarni approksimatsiyalovchi 
vositalar xam kiradi. Neyron to’rlarni o’rgatishning bir qancha algoritmlari xam 
paketda amalga oshirilgan.
MatLab dasturida neyron to’r modeli tuzilgach bu modelь ustida virtual 
laboratoriya sifatida foydalanib, jarayonni immitatsiya qilish mumkin. 
MATLAB dasturi matritsaviy amallarni qo’llashga asoslangan. Bu tizimni 
nomi MATrix LABoratory matritsaviy laboratoriyada o’z aksini topgan. MATLAB – 
kengayuvchi tizim, uni xar xil turdagi masalalarni echishga oson moslashtirish 
mumkin. 
Simulink –dinamik tizimlarni modellashtirish, imitatsiya va taxlil qilish uchun 
interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarning 
ishlashini tekshirish va loyixalarni mukammalashtirish imkoniyatlarini beradi.
Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos xolda 
guruxlarga bo’lib chiqilgan. Bular: signallar manbalari, qabul qilgichlar, diskret, 
uzluksiz, chiziqli bo’lmagan, matematik funktsiyalar, signallar va tizimlar. Simulink 
MATLAB bilan to’la integrallashgan.
13 -bob bo’yicha xulosalar 
Sun’iy neyron tabiiy neyronning funktsiyasini bajara oladigan matematik 
modelь, apparat yoki kompyuter dasturidir. Bunda signallarning qiymati (ya’ni 
amplitudasi)gina xisobga olinadi. Tabiiy neyronda esa nafaqat signalning qiymati, 
balki chastotasi xam xal qiluvchi axamiyatga ega bo’lishi mumkin. Ammo 
organizmlar miyasini bugungi o’rganilganlik darajasi juda past bo’lib, xozirgacha bu 
borada ilmiy natijalarga erishilmagan. 
Neyron deyilganda sun’iy neyron aniqrog’i, kompyuter dasturini nazarda 
tutiladi. 
Zinali transfer funktsiya barcha transfer funktsiyalar ichida eng funktsional 
kuchsizi, ammo birinchi neyron to’r(perseptron)da aynan mana shu funktsiyadan 
foydalanilgan. CHiziqli transfer funktsiyaning boshqa transfer funktsiyalardan 
afzalligi – chiqish doirasi katta, ammo shu bilan birga eng katta kamchiligi ixtiyoriy 
ko’p qatlamli chiziqli neyron to’rni bir qatlamli chiziqli neyron to’r bilan almashtirish 
mumkin. YA’ni faqat chiziqli transfer funktsiyalardan foydalanib neyronlarni ko’p 
qatlamlarga biriktirish ularning funktsional quvvatini oshirmaydi. 
Neyron to’rlarni o’rganish natijasida ularning bir qancha xususiyatlari ma’lum 
bo’ldi. Neyron to’rlardan prognozlashda, jarayonlarni boshqarishda, immitatsiya 
qilish va taxlil qilishda foydalanish yuqori samara beradi.


175 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin