Axborot tizimlari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

Ma’lumotnomaviy axborot
– tanishtiruvchi, yordamchi harakterga ega. 
Tavsiyali axborot
– maxsus marketing tadqiqotlari natijasida yoki bosma 
nashrlar va tijorat ma’lumotlari banklarida keltirilgan ma’lumotlarining tahlili asosida 
shakllantiriladi.
Me’yoriy axborot
– asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va o’z ichiga 
ishlab chiqarishning turli elementlarining me’yorlari va me’yornomalarini hamda 
me’yoriy qonunchilik hujjatlarini oladi. 
Signalli axborot
– odatda marketing muhiti ob’ektlarining haqiqiy hulqini 
rejalashtirilganidan chetga chiqishi paydo bo’lishini borishida vujudga keladi.
CHetda chiqishning sabablari belgilangandan keyin ularni bartaraf qilish 
maqsadida
tartibga soluvchi axborotda
aks ettirilgan tegishli tadbirlar bajariladi.
O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi, uning jahon integratsion 
jarayonlariga faol qo’shilishi xorijiy sheriklar foydalanilayotgan eng yangi 
texnologiyalarini tadbiq etishga majbur qilmoqda. Bugungi kunda butun jahon bozori 
kompyuter texnologiyalari bilan to’ladir.
Butun jahonda talab va taklif bo’yicha axborotlar ma’lumotlar bazasida 
saqlanadi, chunki bozor munosabatlari bozorni baholash bo’yicha huddi shunday 
axborot ta’minoti jihatdan qo’llab-quvvatlashga zaruriyat tug’iladi. Bu xususan, 
hammadan avval yo’ldoshli aloqa kommunikatsion tizimlari, ma’lumotlarning yirik 
banklariga qaratilgan global axborot tizimlaridir.
Axborotlarni tijoratli tarqatish sanoati va texnologiyalari. 
Zamonaviy 
kompyuter texnologiyalari bizning fikrimizcha axborot manbalariga jadal kirishga, 
ularni olishga, ishlab chiqishga va foydalanuvchi uchun kerakli axborotlarni 
belgilangan vaqtda va ko’rsatilgan shaklida ishlab chiqishga imkon beruvchi dasturiy 
texnik qurilmalar, kommunikatsiyalar orgtexnika va aloqa vositalaridir.
Kerakli marketing axborotlarini saqlash, ishlab chiqish va talab qilingan 
shaklida taqdim etishni ta’minlovchi vosita marketing axborot boshqaruv tizimi 
bo’ladi.
Axborotlar sohasi korxonalarida marketingning texnikasi va strategiyasini 
tadbiq etilishi nafaqat katta hajmdagi tadqiqot va hisoblash ishlari sababli, balki 


202 
shakllanayotgan axborot mahsulotlari va xizmatlarining tuzilishi, tarkibi va 
mazmunini rejalashtirishda bozor vaziyatlarini xuddi shunday hisobga olish 
maqsadida marketing tadqiqotlari jarayonida olingan dastlabki tahliliy axborotlarini 
talqin qilishning bir ma’noli emasligi va ularni o’zlashtirishning murakkabligi 
natijasida katta qiyinchiliklari bilan bog’liq. Ushbu holat axborot mahsulotlari va 
xizmatlari marketingiga zamonaviy kompyuter texnologiyalarini jalb qilishni talab 
qiladi.

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin