Axborot tizimlari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

axborot 
mahsulotlari 
va 
xizmatlari
sanaladi. 
YA’ni 
axborot-kommunikatsiyalar 
texnologiyasi yordamida foydalanuvchilarga ko’proq axborot xizmatini ko’rsatish 
lozim. Axborot mahsulotlari mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinadi.
Axborot xizmatlari
- bu foydalanuvchilarning talablariga mos ravishda qaerda 
bo’lishlaridan qatьiy nazar axborot mahsulotlariga kirish, zarurlarini qidirish va 
takdim etishni ta’minlash demakdir.
Axborot xizmati turlarining vujudga kelishi axborot mahsulotlariga bo’lgan 
talabni yuksaltirib yubordi. CHunki ular foydalanuvchilarning shaxsiy talabidan kelib 
chiqqan holda ma’lumotlarni taklif qila boshlashdi va bu bilan ishlab chiqaruvchilar 
hamda foydalanuvchilarning axborot modellarini yaqinlashtirishga imkon yaratdi. 
SHunday qilib, axborot xizmatlari axborot mahsulotlar qatorida zamonaviy axborot-
kommunikatsiyalari texnologiyasi asosiy tavsiflovchilaridan bo’lib hisoblanadi. 
Telekommunikatsiya vositalari asosida ma’lumotlar bazasiga tezkor kirishning 
amalga oshganligi, interaktiv xizmatlar industriyasining jadal rivojlanishiga va 


27 
axborot iste’molchilariga yangi imkoniyatlarni yaratib berdi. Axborotlashtirish 
jarayonlari rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotiga faol ta’sir eta boshlagan 1970 
yillar boshida bu sohada tub o’zgarishlar yuz berdi. Dunyoda 1990 yillar boshida 
ma’lumotlar bazasiga kirishga imkon beruvchi yuzdan ortiq interaktiv xizmatlar 
mavjud edi. 
AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya va YAponiyada oxirgi yillarda 
«on-line» (real vaqt birligida ishlash) xizmatlari industriyasi iqti-sodiyotning axborot 
tarmog’idan mustahkam o’rin egalladi. Ommaviy foydalanuvchilar uchun 
mo’ljallangan «on-line» tarkibiga kiradigan ma’lumotlar bazasi 1979-1988 yillar 
oralig’ida 40 tadan 4000 tagacha etdi. Hozirgi kunda ularning soni 5000 dan ortib 
ketgan. 
Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va 
to’liqligi darajalariga yuqori talablar qo’ymoqda, chunki busiz samarali marketing, 
moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas. 
Dunyo miqyosida axborot xizmatlarining shakllanishi 50-yillar boshiga to’g’ri 
keldi. SHu bilan birga dunyodagi rivojlangan mamlakatlar bozorida asosan akademik, 
professional, davlat korxonalari, o’quv yurti, ilmiy-texnika jamiyatlari notijorat 
axborot xizmatlarini takdim etishdi. Bir vaqtning o’zida tijorat axborot xizmatlari 
ham shakllana boshlandi.
1970 yillar o’rtalariga kelib ma’lumotlarni uzatishning milliy va global 
tarmoqlarining tarkib topishi, foydalanuvchilarga uzoq masofada joylashgan 
ma’lumotlar 
bazasiga 
kirib 
muloqjt 
asosida 
kerakli 
axborotni 
qidirishga imkon yaratib berdi. Axborot mahsulotlarining ko’p qismini iqtisodiy 
axborot egallay boshladi. Ushbu davrda foqdalanuvchilarga tijorat asosida xizmat 
ko’rsatadigan axborot vositachilari keng faoliyat ko’rsata boshladi.
1980 yil boshlariga kelib axborot xizmatlari bozorida ma’lumotlar bazasini 
optik disklarda taklif etadigan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda 
telematn va videomatn xizmatlarini keng ko’lamda ko’rsatuvchi axborot markazlari 
paydo bo’la boshladi. SHu vaqtning o’zida ma’lumotlar bazasini shakllantirish 
yo’lida axborot xizmatlari, yirik nashriyotlar va tadqiqot firmalari o’z ishlarini 
boshladi. Axborot xizmatlariga bo’lgan talab darajasining o’sib borishi, ularning 
yuqori darajadagi rentabelligi ushbu biznes sohasida hisoblash texnikalari ishlab 
chiqarayotgan firmalar, nashriyotlar va davlat tashkilotlarining tadbirkorlik 
faoliyatini kuchaytirib yubordi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning markazdan uzoqda joylashgan rayonlarida 
axborot va telekommunikatsiya xizmatlari darajasining o’sib borishi aniq ijtimoiy va 
iqtisodiy foyda olishga zamin yaratmoqda. Interaktiv xizmatlar tarmoqlarga kirishga 
imkon bo’lgan fermerlar bozordagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlari haqida aniq 
axborotga ega bo’lishga; qishlok sharoitida yashayotgan kishilar esa teletibbiyot 
vositalari asosida shaharlik vrachlar maslahatlarini olish va qishloq bolalari axborot 
tarmoqlari asosida oldin ololmagan bilimlarga kirib, zarurlarini tanlab olish va 
foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishmokda. Bizning mamlakatimizda ham shunday 
imkoniyatga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
a) milliy iqtisodning turli tarmoqlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni 
rag’batlantirish; 


28 
b) barcha axborotdan foydalanuvchi va ularni etkazib beruvchilarga global 
kompyuter tarmog’iga erkin kirishlariga imkon yaratish; 
v) 
axborot-kommunikatsiyalar 
bozoridagi 
dinamik 
o’zgarishlarga 
moslashadigan me’yoriy-huquqiy bazani tarkib toptirish; 
g) taqdim etilayotgan xizmatlarning xilma-xilligini ta’minlash; 
d) intellektual mulk huquqini himoya qilish. 
Axborot-kommunikatsiyalar bozoriga o’z mahsulotlari bilan turli xildagi 
tashkilotlar, davlat agentliklari, tijorat firmalari, savdo assotsiatsiyalari va notijorat 
korxonalar ham chiqishi mumkin. 
O’zining 
axborot-kommunikatsiyalar 
infratuzilmasini 
shakllantirgan 
mamlakatlargina global iqtisodga kirib borishi mumkin. Ushbu jarayonlarga 
to’sqinlik qilgan mamlakatlar esa butun ishlab chiqarish faoliyatiga, tadbirkorlarga va 
umuman jamiyat rivojiga turli shaklda zarar keltirishi mumkin. SHuning uchun ham 
ko’pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi yoki axborot-
kommunikatsiyalar texnologiyalarini keng ko’lamda qo’llashga qaror qildi. CHunki 
ular qo’shimcha ish joylarini tashkil etish va xodimlarni qayta tayyorlashda chet el 
investitsiyalarini jalb qiladigan «yadro» bo’lib xizmat qiladi. 
Ko’pgina mutaxasisslar telekommunikatsiya industriyasini keng rivojlantirish 
kerakligi haqida fikr-mulohazalar berishmokda, lekin bu jarayon katta moliyaviy 
mablag’larni talab qiladi. Butunjahon banki hisob-kitoblariga qaraganda, XXI asr 
boshlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari kerakli axborotni 
yig’ish, uzatish, qayta ishlash va taqdim etish uchun zarur bo’lgan butunjahon 
axborot infratuzilmasini barpo etishga har yili 60 mlrd. AQSH dollari kerak bo’ladi. 
Jahon amaliyoti tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ishlab chiqarish sohasida mehnat 
resurslarining kundan-kunga axborot tarmog’iga ko’chib o’tish ten-dentsiyasi ortib 
bormokda. 1990 yil oxiriga kelib AQSH ning barcha mehnat bilan band aholisining 
yarmi, ya’ni 60-70 mln. kishi axborotni yig’ish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va 
interpretatsiya qilish bilan mashg’ul bo’lgan. G’arb iqtisodchilari axborot 
mahsulotlariga erkin kirishni erkin raqobat bilan bir qatorga qo’yadilar. Axborot 
mahsulotlari va xizmatlari bilan bog’liq bo’lgan faoliyatning jahon yalpi ijtimoiy 
mahsulot va milliy daromaddagi ulushi 10 % ni tashkil qilayotgani, shuning 90 % i 
AQSH, YAponiya va G’arbiy Evropa mamlakatlariga to’g’ri kelayotgani bejiz emas. 
Axborot asri ish joylarini zamonaviy hisoblash vositalari bilan jihozlash va 
tadbirkorlik muhitidagi iste’molchilarga aloqa xizmatlaridan joriy darajada 
foydalanishga imkoniyat yaratib berishi lozim. CHunonchi: 
a) har bir inson er sharining hoxlagan nuqtasidan turib ishdami, uy sharoitida 
yoki transportdan turib boshqa kishi bilan ulanish imkoniyatiga ega bo’lishi; 
b) uzatilayotgan axborot turining qanaqa bo’lishidan qat’iy nazar «bir kishi - 
boshqa kishi bilan» turidagi aloqaning amalga oshishi; 
v) kengash a’zolarining hohlagan shahar yoki mamlakatda bo’lishidan qat’iy 
nazar konferentsiya, ishbilarmonlik kengashlarini o’tkazish imkoniyati; 
g) ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan 
ma’lumotlar bankidagi turlicha axborotga kirish imkoniyatining tug’ilganligi; 
d) uydan turib tibbiy yordam, ko’rsatishning mumkinligi; 
e) elektron pochta va axborotni faksimil aloqa asosida uzatish. 


29 
SHunday qilib, jamiyatimizning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiyalar 
texnologiyalarini qo’llash iqtisodiy o’sish, mehnat unumdorligini yuksaltirish va 
aholi bandligini ta’minlash borasida katta imkoniyatlar tug’diradi. SHuningdek, 
mamlakatni axborotlashtirish darajasi uning iqtisod borasidagi raqobatbardoshligini 
va qudratini baholashning o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin