Axborot tizimlari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

 
1 bob bo’yicha xulosalar 
Jamiyatni axborotlashtrish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga 
bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari 
hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit ratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir. 
Axborotlashgan jamiyat – ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning 
oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga 
oshirish bilan band bo’lgan jamiyatidir. Axborot jarayonlarini tashkil etish uslublarini 
takomillashtirish hozirgi vaqtning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi, uni 
muvaffaqiyatli echimini topish iqtisodiy tizimlarni boshqarishning keyingi rivojlanish 
darajasini belgilaydi. Uni bozor uslublari bilan taraqqiy toptirilishi iqtisodiyotda 
katta ijobiy o’zgarishlarga olib borishi zarur. 
SHunday qilib, odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muammolarni hal 
etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotni o’z vaqtida to’plab, qayta ishlab, 
muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga etkazish kerak bo’ladi. Buning 
uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va mamlakatning 
axborot-kommunikatsiya infrotuzilmasini shakllantirish zarur.


30 
2 –bob. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy 
komponentlari 
2.1. Axborot tizimlari tushunchasi 
 
«Tizim» deganda bir vaqtning o’zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har 
qanday ob’ekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli 
elementlar majmui tushuniladi.
Ma’lumki, bugungi kunda ko’plab turli xil tizimlar yaratilgan bo’lib, ular o’z 
tarkibi va bosh maqsadlari bo’yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi 
jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan. 
2.1- jadval 
Tizim 
Tizim elementlari 
Tizimning bosh 
maqsadi 
Firma 
Odamlar,jixozlar,materiallar,binolar 
va boshqalar 
Tovarlar ishlab 
chiqarish 
Kompyuter 
Elektron va elektr mexanik 
elementlar, aloqa liniyalari va 
boshqalar 
Ma’lumotlarga 
ishlov berish 
Telekommuniktsiya 
tizimi 
Kompyuterlar, modemlar, 
kabellar,tarmoq dasturiy ta’minoti 
va boshqalar 
Axborot uzatish 
Axborot tizimi 
Kompyuterlar, kompyuter 
tarmoqlrai, odamlar, axborot va 
dasturiy ta’minot 
Professional 
axborot ishlab 
chiqarish 
«Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’plab ma’nolarda qo’llaniladi. 
Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va 
dasturlar to’plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb 
atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va 
hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham 
tizim deb hisoblash mumkin. 
Har bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat: 

kiritish; 

ishlov berish; 

chiqarish; 

teskari aloqa. 
Kiritish 
Ishlov berish 
Chiqarish 
teskari 
aloqa 


31 
Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq 
bo’lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi 
vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni to’plash, saqlash, ishlov 
berish, chiqarib berishni ta’minlaydi. 
Axborot tizimi – qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, 
saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va 
xodimlarning o’zaro bog’liq majmui. 
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov 
berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni 
ko’zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot 
tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash 
mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot 
foydalanuvchisi bo’lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin 
bo’lmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy 
timsolining o’zi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay qoladi. 
Tashkilot deganda umumiy maqsadlar yo’lida birlashgan va umumiy moddiy 
hamda moliyaviy vositalardan moddiy va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini 
ishlab chiqarish uchun foydalanadigan odamlar hamjamiyati tushuniladi. Matnda ikki 
so’z - «tashkilot» va «firma» so’zlari teng ma’nolarda qo’llaniladi. 
Kompyuterlar va axborot tizimlari o’rtasida farq mavjudligi ravshandir. 
Kompyuterlar ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan bo’lib, axborot 
tizimlari uchun texnikaviy baza va vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va 
telekommunikatsiyalar bilan ish olib boradigan xodimlar har qanday axborot 
tizimining majburiy tarkibi hisoblanadi. 
Axborot tizimlarining qo’llanish sohalari turli-tumandir. SHuningdek, har bir 
tizimga xos bo’lgan xususiyatlar va o’ziga xosliklar ham turli-tumandir. Muayyan 
axborot tizimining xususiyatlari majmuini belgilovchi ko’plab omillar orasida uchta 
asosiy omilni ajratib ko’rsatish mumkin, bular: tizimning texnik darajasi; ishlov 
berilayotgan axborot xarakteri; axborotning ishlatish maqsadlari, ya’ni ushbu tizim 
hal qilishda yordam berishi mo’ljallangan vazifalar doirasi. Sanab o’tilgan omillar 
ham tizimning o’zida, ham foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan axborot 
shaklining, axborotga ishlov berish jarayonlari xarakterining va tizimning tashqi 
muhit bilan o’zaro aloqasining, tizimning algoritmik va dasturiy ta’minoting tarkibini 
belgilab beradi.
Texnika darajasi bo’yicha axborot tizimlari kuyidagi tizimlarga bo’linadi: 

dastaki; 

mexanizatsiyalashgan; 

avtomatlashtirilgan; 

avtomatlashgan. 
Tizimni sanab o’tishi tartibi ular yaratilishining tarixiy ketma-ketligini aks 
ettiradi. 
Dastaki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari 
qo’lda bajariladi. Qo’lda ishlov beriladigan tizimlarning axborot massivlari hajmi 
uncha katta bo’lmaydi, ma’lumotlar turli tipdagi eltuvchilarda saqlanadi. Bunday 
tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. 


32 
Aslini olganda dastaki axborot tizimlari tizim emas, balki ma’lum belgilar majmui 
bo’yicha zarur axborotni qidirishni engillashtiruvchi qurilmalar hisoblanadi. Bu 
qurilmalar arzon, ular bilan ishlash oddiy, ularni ishlatish uchun oliy malakali xizmat 
ko’rsatuvchi xodimlar talab etilmaydi. 
Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborotga ishlov berish va qidirish 
uchun turli mexanizatsiyalashgan vositalardan foydalaniladi, ular orasida hisoblash-
perforatsiya mashinalari eng keng tarqalgandir. Mexanizatsiyalashgan axborot 
tizimlarida axborot eltuvchilari bo’lib, perfokartalar hisoblanadi. Bunday 
mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari tarkibiga perforatsiya mashinalari 
to’plami kiradi, ularning har biri muayyan bir vazifani bajaradi. Perforator yordamida 
axborot dastlabki hujjatlardan perfokartalarga o’tkaziladi. Saralovchi umumiy 
belgilarga ega bo’lgan perfokartalarni alohida guruhlar bo’yicha joylashtiradi. 
Avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlaridagi axborotni 
saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda kompyuterlarda axborotni 
to’plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni iste’molchiga chiqarib berish 
bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish uchun ham foydalaniladi. Bu tizimlar keng 
funktsional imkoniyatlarga ega va axborotning juda katta hajmlarini saqlash hamda 
ishlov berishga qodir. Bu erda axborot eltuvchilar kompyuterlarning xotira 
qurilmalaridir. 
Eng keng tarqalgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) ishida 
axborotga ishlov berish texnologik jarayonining turli bosqichlarida (axborotni 
to’plash va uni kompyuterga kiritishga tayyorlash, qidirish jarayonida) odam ishtirok 
etadi. Inson AAT ning tashqi muhit tomonidagi sherigi hisoblanadi va chiqadigan 
axborot tizimi aynan unga mo’ljallangandir. 
AATda barcha jarayonlar odam ishtirokisiz o’tadi. Odatda avtomatlashgan 
tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan ob’ektlar va texnologik 
jarayonlarni 
boshqarishning 
avtomatlashgan 
tizimlarida 
foydalaniladi. 
Avtomatlashgan tizimlarning «sheriklari» robotlar, dastur vositasida boshqariladigan 
stanoklar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish ob’ektlari va boshqalar hisoblanadi. 
Bunday tizimlarda kiritiladigan axborot signallar yoki biror-bir fizik kattaliklar 
shaklida taqdim etiladi, chiqadigan axborotdan esa boshqarish va sozlash uchun 
foydalaniladi. 
Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan ko’plab axborot-ma’lumot 
tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini 
qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday tizimlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, 
ularda so’rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida 
bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan 
o’ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Aeroflot va temir yo’l transportida 
joylarni oldindan band qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ana shunday axborot-
ma’lumot tizimi uchun misol bo’lib xizmat qiladi. Bu tizimlar operativ tizimlarning 
tipik misoli ham bo’la oladi, chunki tizimga deyarli har bir murojaat qilish axborot 
fondining joriy holati o’zgarishiga olib keladi (joylar band qilinadi, yangi reyslar 
qo’shiladi va h.k.). 
Axborot-ma’lumot tizimi so’rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida 
saqlanayotgan ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga 


33 
oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, shuning 
uchun ular axborot-qidiruv tizimlari (AQT) hamdir. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin