O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Axborot xavfsizligi" kafedrasi
Mustaqil ta’lim
Mavzu: KIBERJINOYAT VA KIBERHUQUQ
Guruh 104
Talaba Xudoyqulov Baxrom
Rahbar
___________________________
Samarqand
KIBERJINOYAT VA KIBERHUQUQ
Reja:
1. KIBERJINOYATCHINING HULQI
Kiberjinoyat - bu kompyuter tizimi yoki tarmog'idan foydalangan holatda axborot konfidensialligini buzish yoki unga qarshi qilingan har qanday (ruxsatsiz olish, buzish, o’g’rilash, firibgarlik va h.) jinoyatga aytiladi.
Kiberjinoyatchilik nisbatan yangi tushuncha bo'lsada, ko'plab davlatlar iqtisodiyotiga qimmatga tushayotgan muammo.
Jinoyat quroli – internet va eng so’nggi raqamli texnologiyalar. Mamlakatning harbiy, strategik tarmoqlarini ishdan chiqarish salohiyatiga ega.
Buzg’unchi-xakerlarni topib jazolash esa oson ish emas, chunki ular davlatdan doimo bir qadam oldinda.
Kiber-xavfsizlik har bir davlat uchun strategik masala. Avval asosan davlat sirlari va yuqori texnologiyalar nishonga olingan bo’lsa, hozir jinoyatchilar mo’ljalni kengroq olmoqda, deydi AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FBR) rahbari Robert Myuller.
“Google qidiruv tizimiga bo’lgan hujumlardan bilamizki, nafaqat hukumatlar, balki xususiy kompaniyalar ham bu tahdid oldida ojiz. Global iqtisodiy integratsiya bizga ko’p eshiklarni ochib berdi, jinoyatchilarga esa yangi imkoniyatlarni”, - deydi Myuller.
idiruv tizimi bilan mashhur Google korporatsiyasi yaqinda u yuritadigan sistemalar nishonga olingani haqida xabar topdi. Jinoyat Xitoydan turib amalga oshirilgan.
Gap intellektual mulk, mualliflik huquqi va uni o’zlashtirishga urinish haqida ketmoqda. Google qatorida Yahoo, Dow Chemical va Northrop Grumman kabi 20 dan oshiq boshqa yirik kompaniyalar ham xurujlardan shikoyat qiladi.
Internetda biznes yuritish xavfli bo’lib qolgan, deydi mutaxassislar.
“Masalani qay jihatidan olib qaramang, ustunlik buzg’unchi-jinoyatchilar tomonida”, - deydi ekspert Larri Klinton. “Qonunlar sust. Sohani yaxshi biladigan mutaxassislar kam. Xurujlarni uyushtirish oson va arzon. Qo’lidan kelgan odam katta mukofot oladi”.
Buning ustiga, o’tgan yillar ichida himoya texnologiyalari bobida uncha yangilik bo’lgani yo’q. Internet - xakerlar uchun cheksiz imkoniyatlar dunyosi.
“Vaziyat juda murakkab. Hisoblarga ko’ra o’tgan yili Amerika bizneslari qariyb bir trillion dollarga teng intellektual mulkidan ayrilgan. Internet sekinligi, eski texnologiyalar ham katta muammo”.
Ekspertlarning fikricha:
fishing orqali ma’lumotlarni o’g’irlash
maxfiy maqsadga ega mobil ilovalar orqali elektron qurilmalarga kirib borish va aloqaning himoya qilinmagan kanallarini tomosha qilish
Ushbu orqali bugun ko’pchilik internet foydalanuvchilari kiber jinoyatlarning qurboniga aylanmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda kiber jinoyatchilikda muayyan shaxsning yoki obyektning geografik joylashgan nuqtasi to’g’risida xabar tarqatish, shaxsiy ma’lumotlar bazasini buzib kirish kabi xizmatlar ommalashgan. Xakerlar bu kabi ma’lumotlarni internet va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan turli elektron resurslarga ularning foydalanish shartlarini o’qimasdan turib kirishlari evaziga olishmoqda.
Ya’ni, biz ijtimoiy tarmoqda duch keladigan «Necha yil yashaysiz?», «AQSh prezidenti siz haqingizda nima deydi?», «Qaysi Gollivud aktyoriga o’xshaysiz» kabi xizmatlar aslida fishing bo’lib, siz ulardan foydalanish chog’ida ularning shartiga rozi bo’lasiz va o’zingiz to’g’ringizdagi ma’lumotlarni ularga hadya qilgan bo’lasiz.
Mutaxassislarning fikricha, agar har bir internet foydalanuvchisi va xizmat ko’rsatuvchilar kiber olamda ham hayotdagi kabi ehtiyotkorlikni unutmasalar, aksariyat kiber jinoyatlarning oldi olingan bo’lar edi.
Kompyuter terrorizmi (kiber terrorizm) - kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalaridan (birinchi navbatda Internet) terrorizm maqsadida foydalanish.
Kiber terrorizm - bu davlat xavfsizligiga, shaxsga va jamiyatga xavf tug'diruvchi noqonuniy harakatlar majmui hisoblanadi. Buning oqibatida moddiy narsalarning shikastlanishiga, ma'lumotlarning buzilishiga yoki boshqa muammolarga olib kelishi mumkin. Kiber terrorizmning asosiy maqsadi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolarni hal (o’zining manfaati yo’lida) qilishda ustunlikka erishishdir.
Kiber terrorizmning harakatlari quyidagilarga qaratilgan:
kompyuter tizimlarini buzish, shaxsiy va bank ma'lumotlari
harbiy va davlat maxfiy ma'lumotlariga ega bo'lish
apparat va dasturiy ta'minotni o'chirib qo'yish, shovqinlarni yaratish, elektr tarmoqlarini buzish.
kompyuter tizimlarini buzish,
virusli hujumlar,
dasturiy ta'minotni o'g'irlash.
jamoat mulki bo'lgan maxfiy ma'lumotlarning tarqalishi
Olingan davlat sirlarini media kanallari orqali tarqalishi
aloqa kanallarining uzilishi
boshqalar
Kiberetika - bu kompyuterlar bilan bog'liq falsafiy soha bo'lib, foydalanuvchilarning xatti-harakatlari, kompyuterlar nimaga dasturlashtirilganligi, umuman insonlarga va jamiyatga qanday ta'sir ko'rsatishi. Kiberetika bilan bog'liq masalalarga misollar
Kiberetika bilan bog'liq masalalarga misollar:
Internetdagi boshqa odamlar to'g'risidagi shaxsiy ma'lumotlarni (masalan, onlayn holatlar yoki GPS orqali hozirgi joylashuvingiz va boshqalar) uzatish
Foydalanuvchilarni soxta ma'lumotlardan himoya qilish
Raqamli ma'lumotlarga kim egalik qiladi (musiqa, filmlar, kitoblar, veb-sahifalar va boshqalar) va foydalanuvchilar ular bilan nima qilish huquqiga egaligi.
Onlayn qimor va pornografiya qanday bo'lishi mumkin.
Internetga kirish har bir kishining asosiy huquqidir.
Kiber-jinoyatchilik nisbatan yangi tushuncha bo'lsada, ko'plab davlatlar iqtisodiyotiga qimmatga tushayotgan muammo.
Jinoyat quroli – internet va eng so’nggi raqamli texnologiyalar. Mamlakatning harbiy, strategik tarmoqlarini ishdan chiqarish salohiyatiga ega.
Buzg’unchi-xakerlarni topib jazolash esa oson ish emas, chunki ular davlatdan doimo bir qadam oldinda.
Bugungi hayotni zamonaviy texnologiyasiz tasavvur qilish qiyin. Uyali aloqa va internet dunyosidagi so’nggi kashfiyotlar uzoqni yaqin, og’irni yengil, biznes imkoniyatlarni esa kengaytirgan.
Biroq bu qulayliklar boshqa bir sohaga e’tibor qaratmoqda. Kiber-xavfsizlik har bir davlat uchun strategik masala. Avval asosan davlat sirlari va yuqori texnologiyalar nishonga olingan bo’lsa, hozir jinoyatchilar mo’ljalni kengroq olmoqda, deydi AQSh Federal Qidiruv Byurosi (FBR) rahbari Robert Myuller.
“Google qidiruv tizimiga bo’lgan hujumlardan bilamizki, nafaqat hukumatlar, balki xususiy kompaniyalar ham bu tahdid oldida ojiz. Global iqtisodiy integratsiya bizga ko’p eshiklarni ochib berdi, jinoyatchilarga esa yangi imkoniyatlarni”, - deydi Myuller.
Dostları ilə paylaş: |