Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo’llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko’rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.

Ekologik xavfsizlik.Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o’tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo’lga qo’yish mumkin.
Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o’tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo’lga qo’yish mumkin.
Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang’ich bosqichida viruslar va kompyuter xujumlarining boshqa turlari ta’siridagi zarar kam edi, chunki u davrda dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bog’liqligi katta emas edi. Hozirda, xujumlar sonining doimo o’sishi hamda biznesning axborotdan foydalanish va almashishning elektron vositalariga bog’liqligi sharoitida mashina vaqtining yo’qolishiga olib keluvchi hatto ozgina xujumdan kelgan zarar juda katta raqamlar orqali hisoblanadi.
Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2003 yilning birinchi choragida dunyo miqyosidagi yo’qotishlar 2002 yildagi barcha yo’qotishlar yig’indisining 50%ini tashkil etgan, yoki bo’lmasa 2006 yilning o’zida Rossiya Federeatsiyasida 14 mingdan ortiq kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan.

Korporativ tarmoqlarda ishlanadigan axborot, ayniqsa, zaif bo’ladi. Hozirda ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg’on axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga quyidagilar sabab bo’ladi: